Turkiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 12:
ning oʻrtacha trasi pasttekisliklarda 5—10° dan ichki yassitogʻliklarda —15° gacha, sharqdagi togʻliklarda —35° gacha sovuq boʻladi. Iyulning oʻrtacha trasi dengiz sohillarida 22—32°, Jazira platosida 30° (gohr 40° dan ziyod). Yillik yogʻin oʻrtacha 1000—3000 mm. Yirik koʻllari: Van, Tuz, Beyshehir, Eyirdir. Daryolari: Qizil Irmoq, Furot, Saqarya, Araks, Dajla, Yashil Irmoq, Jeyxan. Tuprogʻi ichki yassitogʻliklardagi choʻllarda asosan boʻz va och qoʻngʻir tuproqdan, quruq dashtlarda kashtan, sohillarda jigar rang tuproq, botiqlar tubi esa shoʻrxok tuproqdan iborat. Tavr va Sharqiy Pontiya togʻlarida doim yashil va igna bargli oʻrmonlar, togʻlarning baland qismida all oʻtloqlari mavjud. Jazira platosi shuvoqboshoqli oʻtlar oʻsadigan chala choʻldan iborat. Togʻlarda yovvoyi qoʻyechkilar, toʻngʻiz, boʻri, chiyaboʻri, ayiq va b.lar yashaydi. Sohilga yaqin suvlarda turlituman baliq koʻp. T.da 12 milliy bogʻ bor. Yiriklari: OlimposBeydaglari, MunzurVodiysi, KyopryulyuKanon.
 
Aholisining 90% — turklar. Kurd, arab, uzbek, adigey, ubix, chechen, osetin, lezgin, grekyunon, arman, laz, gruzin, ozarbayjon, turkman, bolgar, albanlar ham yashaydi. Aholisining asosiy qismi islom dinining sunniy mazhabiga eʼtiqod qiladi. Rasmiy til — turk tili. Shahar Aholisi 69%. Yirik shaharlari: Istanbul, Anqara, Izmir, Koʻniya, Bursa, Gʻoziantep, Diyorbakir, Antaliya, Adana, Edirna.
 
Tarixi. Hozirgi T. hududida juda kadim zamonlardan boshlab yuksak madaniyatga ega boʻlgan davlatlar boʻlgan. Anadolu Xett podsholigi, Lidiya, Midiya, Axomaniylar davlati, makedoniyalik Aleksandr imperiyasi, Salavkiylar davlati, Pont podsholigi, Pergam, Qad. Rim, Vizantiya tarkibida boʻlgan. Turkiy elatlar bu hududga 11-a.dan koʻchib kela boshlagan. Oʻgʻuzturkman qabilalarining yoʻlboshchilari boʻlgan Toʻgʻrulbek va Chagʻribek boshchiligida Saljuqiylar davlatita asos solingach, islom dini tarqala boshlagan. Sulton Alp Arslon 1071 y.da Malazgirt jangida Vizantiya imperatori Roman IV Diogen armiyasini tormor etganidan soʻng , Saljuqiylar davlati nihoyatda kengaydi. Sulton Malikshoh zamonida (1072—92) saltanat gullabyashnadi. Bu hukmdorning oʻlimidan keyin saltanat parchalanib, Suriya saljuqiylari, Iroq va Xuroson saljuqiylari, Kirmon saljuqiylari va Anadolu saljuqiylari kabi kichikroq davlatlar paydo boʻldi. Ularning orasida Anadolu saljuqiylari davlati katta rol oʻynadi. 1243 y.gi Koʻsatogʻ jangi oqibatida moʻgʻullar bu davlatga barham berib, oʻlkani istilo qildilar. 13-a.
 
ning oxirlariga kelib, moʻgʻullar zaiflashgach, bir qancha mustaqil beyliklar (bekliklar) tashkil topdi va mamlakat taraqqiyotga yuz tutdi. 14-a.ning boshlarida Usmon I boshchiligidagi Usmon beyligi koʻpgina beyliklarni birlashtirib, poytaxti Bursa boʻlgan markazlashgan kuchli davlatni — Usmonli turk imperiyasini barpo etishga muvaffaq boʻldi. Usmoniylar tez orada Yevropaga oʻtib, Vizantiya imperiyasi hududini egallay boshlashdi. Anqara jangitsatp magʻlubiyatdan soʻng oʻzini oʻnglab olgan usmonli turklar Sulton Mehmed II Fotih boshchiligida Konstantinopol (hoz. Istanbul)ni egallab (1453 y. 29 may), Vizantiya imperiyasini tugatishdi. Sulton Salim I Ya vuz va Sulaymon I Qonuniy davrida saltanat hududlari yana ham kengaydi Birok, 17-a.dan imperiyaning harbiy va iqtisodiy qudrati astasekin zaiflasha boshladi. Asr oxirlariga kelib, Yevropa mamlakatlari T.ga qarshi birgalikda urush harakatlarini boshladilar. 1683 y.da Vena sh. yaqinidagi jangda turk qoʻshini Polsha, Avstriya va germanOlmon qoʻshinlaridan yengildi. 1684 y.da T.ga qarshi Avstriya, Polsha, Venetsiya (1686 y.dan Rossiya) "Muqaddas ittifoq" tuzdilar. Ittifoqchilar T.ga bir necha bor qattiq zarba berdilar. Biroq T. 1711 y.da Prut jangida Pyotr I boshchiligidagi rus qoʻshinini tormor qildi. Qurshovdagi Pyotr I vaʼdalar evaziga qutulishga muvaffaq boʻldi. Asr oxirida imperiya sharqda Ozarbayjon, Dogʻiston, Jibal, hatto Gilondagi mavqeini yoʻqotdi, gʻarbda Dunay jan. ga chekinishga, shim.da Astraxonga qadar boʻlgan yerlarni Rossiyaga topshirishga majbur boʻldi va jahon siyosatidagi mavqeini yoʻqota boshladi. 18-a. da yanada koʻproq talofotlar berildi.
 
1768—74 y.lardagi RossiyaT. urushidan keyin T. Qora dengiz va Bolqon ya.o.dagi mavqeini boy berdi. 1774 y.gi KuchukQaynarja sulh shartnomasiga muvofiq Qrim xonligi T.dan ajratib olinib, mustaqil deb eʼlon kilindi. Biroq 1783 y. Rossiya Qrimni bosib oldi. 1787—91 y.lardagi urushda T. yana Rossiyadan yengildi, natijada Rossiya chegarasi Dnestr daryosigacha kengaydi. T. Moldova va Valaxiyaning Rossiya homiyligiga oʻtganligini tan olishga majbur boʻldi.
Qator 24:
Bu davrda T.da Yevropa madaniyati, iqtisodiyotiga qiziqish kuchaydi, banklar ochildi, sanoat rivojlana boshladi. Taraqqiyparvar ziyoli, jurnalist, yozuvchi, maʼmur va b. yetishib chikdi. Sulton Abdulaziz saltanati davri (1861—76)da Tanzimat harakati qiyinchilik bilan boʻlsada, davom ettirildi. Bu davrda Usmoniylar davlati bironbir xalqaro urushda katnashmadi. Biroq imperiyaning Bolqon ya.o.dagi qududlarida isyonlar yuz berdi. Mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy ahvolini yaxshilash, konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatish gʻoyasi tarafdori boʻlgan Yosh usmoniylar harakati kengaydi. Bu davrga kelib kitob, jurnali va gaz.lar chop etila boshlandi. Sulton Abdulhamid II (1876—1908 y.larda boshkargan) taxtga chiqqan yili ilk Asosiy Qonun eʼlon qilindi (1876 y. 23 dek.). Sulton hukumatni tanqid ostiga olgan parlamentni 1879 y. fev. da tarqatib yubordi, yosh usmoniylarning koʻpchiligini taʼqib ostiga oldi. 1877—78 y.lardagi RossiyaT. urushida T.ning yengilishi bilan Bolqon ya.o.da T. hukmronligi tugatildi. 1881 y. Fransiya Tunisni, 1882 y.da Buyuk Britaniya Misrni bosib oldi. Mamlakatda yosh turklar harakati tobora kuchaydi, ular tomonidan tuzilgan yashirin "Ittihod va taraqqiy" tashkilotining kuchli taʼsiri ostida Sulton 1908 y. 23 iyulda yana konstitutsiyaviy tuzum oʻrnatishini eʼlon qilishga majbur boʻldi. 1914 y.dan butun hokimiyat yosh turklarning yoʻlboshchilari boʻlgan Mehmet Talʼat posho (1874— 1921), Ahmad Jamol posho (1872— 1922) va x.arbiy nozir Anvar posho (1881 — 1922) qoʻliga oʻtdi. 1jahon urushida Usmoniylar davlati Germaniya tomonida turib urushdi. 1918 y. 30 okt.da T. Antanta davlatlariga taslim boʻldi. Antanta davlatlari T.ni ishgʻol qildilar. Turk xalqi orasida milliy ozodlik harakati boshlandi. T.da Ozodlik urushi (Kurtulish savashi) deb atalgan bu umummilliy harakatga Mustafo Kamol posho (Otaturk) boshchilik qildi. Ozodlik urushi avj oldi. 1921 y.gi Inoʻnoʻ va Saqariya janglari natijasida Gretsiya qoʻshinlari ustidan gʻalaba qozonildi. 1922 y. 9 sent.da Izmir ozod qilindi. 1922 y. 1 noyab.da T. Buyuk Millat Majlisi (TBMM) sultonlikni bekor qilish va xalifalikni saltanatdan ajratish toʻgʻrisida qonun qabul qildi. Lozanna sulh shartnomasi (1923 y. 24 iyul) ga muvofiq, T.ning chegaralari belgilandi, T.ning siyosiy, iqtisodiy mustaqilligi eʼtirof etildi. 1923 y. 29 okt.da T. respublika deb eʼlon etiddi. 1924 y. 3 martda esa xalifalik bekor qilindi. 1924—34 y.larda davlat qurilishi, huquqiy munosabatlar, madaniyat va turmushga oid qator islohotlar oʻtkazildi, jumladan, Konstitutsiya qabul qilindi, arab alifbosidan lotin alifbosiga oʻtildi. Eng avvalo, davlat va din birbiridan ajratiddi, maktab va taʼlimtarbiya ishlari davlat ixtiyoriga olindi, shariat sudlari bekor qilinib, yangi sud tizimi shakllantirildi, qonunlar yangidan ishlab chiqildi, ayollarga saylov huquqi berildi. Iktisodiyot sohasida ham oʻzgartirishlar amalga oshirildi.
 
2-jahon urushi (1939—45) davrida T. Fransiya va Angliya bilan shartnoma tuzib, iqtisodiy yordam olishga muvaffaq boʻldi. U Sovet Ittifoqining T.ga qarshi hujum qilish xavfini oldini olib, 1941 y. 25 martda SSSR bilan shartnoma imzoladi. GermaniyaOlmoniya bilan ham u Sovet Ittifoqiga hujum qilishidan bir necha kun oldin xuddi shunday shartnoma tuzildi. 1945 y. fevralda T. AQSH, Angliya va SSSRga qoʻshilib, GermaniyaOlmoniya va Yaponiyaga qarshi urush eʼlon qildi. 1945 y. 5 martda T. SanFransisko konferensiyasiga taklif etildi va BMT ni barpo etgan aʼzolar qatoridan joy oldi.
 
T. 1952 y. NATO ga aʼzo boʻldi. Bu davrda T. Koreya urushida ishtirok etdi. 1954 y.dan keyin iqtisodiy ahvol ogʻirlashib, inflyatsiya kuchaydi, talabalar namoyishlari boʻlib oʻtdi, tanglik ortdi. Vaziyatdan xavfsiragan harbiylar 1960 y. 27 mayda davlat toʻntarishi qildi. 1961 y. 9 iyulda demokratik erkinliklarni koʻzda tutgan yangi konstitutsiya qabul qilindi. 1965 y.gi saylov natijasida Sulaymon Demirel hokimiyat tepasiga keldi. 1971 y.dan koalitsion hukumatlar davri boshlandi, hukumatlar ketma-ket almashinib turdi. Mamlakatda iqtisodiy tanglik, oziq-ovqat, yonilgʻi tanqisligi roʻy berdi, terror avj oldi. Bu vaziyatda general Kenan Evren boshchiligidagi harbiylar 1980 y. 12 sent.da hokimiyatni egallab, TBMM va hukumatni tarqatib yubordi, qamal holati eʼlon qildi, partiya rahbarlarini nazorat ostiga oldi. 1982 y. 7 noyab.dagi referendum natijasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi, Kenan Evren prezident boʻldi. 1983 y. 24 apr.dan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Oʻsha davrdan siyosiy faoliyatini boshlagan Turgʻut Oʻzal Ona vatan partiyasini tuzdi. Bu partiya 1983 y. 24 noyab. dagi saylovda muvaffaqiyat qozonib, hokimiyat tepasiga keldi. Turgʻut Oʻzal qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Eksport va import erkinlashtirildi, eksportni ragʻbatlantiruvchi ochiq iqtisodiy siyosat olib borildi. Natijada ishlab chiqarish. eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va T. iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm misli koʻrilmagan darajada taraqqiy topdi. Turgʻut Oʻzal 1989 y. 9 noyab.da prezident etib saylandi. 1991 y. Sovet Ittifoqi tugatilgandan soʻng Kavkaz va Oʻrta Osiyoda tashkil topgan mustaqil davlatlar bilan yaqin va doʻstona munosabatlar oʻrnatildi. Turgʻut Oʻzal vafoti (1993)dan soʻng Sulaymon Demirel prezident etib saylandi. T. OʻzR suverenitetini 1991 y. 16 dek.da tan olgan va 1992 y. 4 martda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami —29 okt. — Respublika kuni (1923).