Bolgariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 42:
 
==Adabiyoti==
B. adabiyoti — slavyan adabiyotlarining eng qad.si boʻlib, u 9-a. ning 2-yarmida Kirill va Mefodiy tomonidan slavyan yozuvining joriy etilishi natijasida yuzaga keldi. 9—10-a. lardagi yozuvchilar — Kliment O[[x]]ridskiy, Konstantin Preslavskiy, Chernorizes Xrabr va b. ijodi diniynasihat ruhida boʻlgan. Qad. bolgar madaniyati Kiyev Rusi davrida sharqiy slavyanlarning maʼnaviy turmushiga taʼsir oʻtkazdi, ularning adabiyoti vujudga kelishiga koʻmaklashdi. B.ning Vizantiya hukmronligi (1018—1187) ostida boʻlishi milliy adabiyot rivojlanishiga toʻsqinlik qildi. Ikkinchi bulgʻor podsholigi (1187—1396) davrida u yana ravnaq topdi. 14—15-a.lardagi taniqli yozuvchilar — Feodosii Tirnovskiy, Yevfimiy Tirnovskiy, Grigoriy Samblak. 18-a. 2-yarmida boshlangan B. milliy uygʻonishi adabiyotning rivojlanishiga zamin yaratdi. Bu davr ruhi Paisiy Xilendarskiy, Sofroniy Vrachanskiy asarlarida aks etdi. 19-a.da D. Popskiy, K. Ognyanovich, P. Protich va b. ijod etdilar. Tarjima asarlari taʼsirida sentimental poeziya paydo boʻldi. Milliy ozodlik harakatining kuchayishi (19-a.ning 50—70-y.lari) poeziya, proza va dramaturgiyaning rivojiga turtki boʻldi. Realistik asarlarning paydo boʻlishi L. Karavelov, P. R. Slaveykov, X. Botev nomi bilan bogʻliq. I. Vazovning "Zulm ostida" romani, "Unutilganlar epopeyasi" lirik turkumi, P. P. Slaveykovning "Konli qoʻshiq" dostoni shu davrning eng baquvvat asarlaridir. 19-a.ning 90-y.larida tanqidiy realizm yetakchi oqimga aylandi. Ijtimoiy ziddiyatlar, dehqonlarning norozilik kayfiyatlari haqqoniy tasvirlandi (T. Vlaykov, X. Maksimov, Yelin Pelin, A. Strashimirov). I. Vazovning "Darbadarlik qoʻshiqlari" sheʼrlar toʻplami, P. Yavorovning "Ekinzorda", "Doʻl" dostonlarida haqqoniyat uchun kurash gʻoyasi aks etdi. Karshilik koʻrsatish harakati davrida (1941—44) N. Vapsarov, S. Spasov, X. Kirpachev kabi yozuvchilar ham qalam, ham qurol bilan kurashib, yuksak gʻoya yoʻlida halok boʻddilar. 2-jahon urushidan keyin S. Dichevning "Ozodlik uchun", D. Talevning "Temir chiroq", "Prespan qoʻngʻiroqlari", S. Daskalovning "Yoʻl", D. Angelovning "Hayot va oʻlim evaziga" romanlarida tari[[x]]iy oʻtmish yangi davr ruhi asosida talqin etildi. A. Gulyashka, P. Vejinov, K. Kalchev, D. Dimov, G. Karaslavov, E. Stanev kabi adiblarning roman va qissalarida kishilarning yangicha insoniy munosabatlari uz aksini topdi. Shoirlardan Ye. Bagryana, D. Gabe, M. Isayev, V. AndreevAndreyev, B. Dimitrova ijodiyoti bolgar poeziyasida salmoqli oʻrin egallaydi. Insoniylik, a[[x]]loq masalalari O. Vasilev, K. Zidarov, G. Genov dramatik asarlarining asosini tashkil etadi.
 
==Meʼmorligi==