Milliy stadioni: Versiyalar orasidagi farq

tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
[[Germaniya]]ning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008-yil boshlangan va keyinroq toʻxtab qolgan edi. Bunga „Bunyodkor“ jamoasining muassisi, [[Gulnora Karimova]]ga tegishli ekani aytiladigan „[[Zeromaks]]“ shirkatining yopilishi sabab boʻlgan edi. Shundan soʻng toʻxtab qolgan qurilish [[Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi]]ning 5-apreldagi qaroridan soʻng yana boshlandi.
 
Stadionning dastlab 45 ming odamni sigʻdira oladigan [[Markaziy Osiyo]]dagi eng katta sport kompleksi boʻlishi haqida aytilgan edi. [[Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi|OʻFF]] sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar oʻrindiqlari soni 34 ming boʻlib, majmua ikki qavatdan iborat boʻldi.<ref>[http://www.ozodlik.org/content/article/24655645.html "Bunyodkor" stadioni 28 avgustdan ishga tushadi]</ref>
 
Bunyodkor stadioni 34 000 oʻrinli boʻlib, shundan 1700 tasi VIP-oʻrinlar hisoblanadi. Bu yerda shuningdek, yer osti avtomobillar toʻxtash joyi, konferens zal, muzey, tibbiyot shoxobchalari, umumiy ovqatlanish joylari va savdo doʻkonlari xizmat koʻrsatadi.