Qoʻqon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
Qo'qonning 18-a.gacha boʻlgan siyosiy tarixi haqida maʼlumotlar juda oz. Qo'qon [[podsho Rossiyasi]] qoʻshinlari tomonidan zabt etilganda Qoʻqon xonligi [[arxiv]]ining koʻp qismi olib ketilgan. Qo'qon qadimda [[Hindiston]] va [[Xitoyga]] boriladigan [[karvon yoʻl]]ida joylashgan. 13-asrda moʻgʻullar tomonidan butunlay vayron qilingan. Shundan keyin 18-asrgacha Qo'qon kichik aholi turar joyi sifatida mavjud boʻlgan. [[1709]] yili Qoʻqon xonligi tashkil topgach, [[1711]] yili Eskiqoʻrgʻon qalʼasi oʻrnida hozirgi Qoʻqon shahriga asos solindi, istehkom va qalʼa barpo etildi. [[1732]] yili Abdurahimbiy bu ishni nihoyasiga yetkazdi va shaharni xonlik poytaxtiga aylantirdi. Shu davrdan boshlab shahar Qoʻqon deb atala boshladi. Shaharning mustahkam devori, 12 darvozasi (Xoʻjand, Gʻoziyogʻliq, Quduqliq, Sarmozor, Namangan, Chimyon, Soʻx, Margʻilon, Rishton, Moʻyimuborak, Qatagʻon, Isfara) boʻlgan. Qoʻqon hududi 12 maʼmuriy boʻlak (daha)ga taqsim qilingan. Shaharda 3 mingga yaqin xonadonda 31 ming kishi yashagan. [[Norboʻtabiy]] davrida (1766—98) ravnaq topdi, Sharqning savdo-sotiq va hunarmandchilik markazlaridan biriga aylandi. [[Olimxon]] hukmronligi davrida (1801 — 1810) esa Qo'qonning siyosiy mavqei kuchaydi. [[Umarxon]] (1810—22) va uning oʻgʻli [[Muhammad Alixon]] (1822—1842) hukmronligi davrida Qoʻqonda fan, madaniyat, adabiyot va sanʼat markaziga aylandi. 1842 yilda [[Buxoro Amirligi|Buxoro amiri]] [[Nasrulla (Buxoro amiri)|Nasrulloxon]] tomonidan bosib olindi. Qoʻqon xonligi rus qoʻshinlari tomonidan ishgʻol etilib, [[Turkiston general-guber-natorligi]]ga qoʻshib olingach (1876), Qoʻqon yangi tashkil etilgan [[Turkiston general-gubernatorligi]]ning [[Fargʻona viloyati]] maʼmuriy markazi boʻladi. Viloyat markazi [[Fargʻona|Yangi Margʻilon]]ga koʻchirilgandan keyin (1877 y. 27 apr.), [[Fargʻona viloyati (Rossiya imperiyasi)|Fargʻona viloyati]] uyezd shahri, soʻng vodiyning eng yirik shaharlaridan biri boʻlib qoldi. Qoʻqon qadimdan hunarmandchilik markazi boʻlgan. Qoʻqonda misgarlik, zargarlik, oʻymakorlik, qurolsozlik, kulolchilik, qogʻozgarlik, badiiy toʻqi-machilik, doʻppichilik, kashtachilik, temirchilik, koʻpriksozlik kabilar rivoj topgan. Qoʻqon gazmollari Sharqda va Rossiyada mashhur boʻlgan. Ayniqsa, Qoʻqon qogʻozi hunarmandchilikning alohida tarmogʻi sifatida nom qozongan. Rus tabiatshunosi A.P. Fedchenkoning taʼriflashicha (1871 y.da), [[Oʻrta Osiyo]]dagi eng sifatli qogʻoz Qo'qonda ishlab chiqarilgan. Shahar hayotida savdo muhim oʻrin tutgan va ichki hamda tashqi savdoga boʻlingan. Shahar rus qoʻshinlari tomonidan zabt etilgach, podsho Rossiyasi hukumati bu yerda Rossiya manfaati uchun zarur boʻlgan paxtachilik sanoatini rivojlantirishga ahamiyat berdi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlariga kelib shahar va uning atrofida 31 paxta tozalash, 5 yogʻ-moy, 7 pilla quritish va 2 ipak qurti urugʻi zavodlari bunyod etilib, ishchilar soni 3000 kishiga yetgan. Turkiston Umumrossiya tovar muomalasiga tortilishi natijasida bir qancha shaharlar, jumladan, Qo'qonda ham paxta xarid qilish va uni tashish bilan shugʻullanuvchi rus va chet el shirkatlari ("Andreyev shirkati", "Rossiya jamiyati", "Kavkaz va Merkuriy", "Eron savdo-sanoat shirkati", "Sharqiy jamiyat" va b.) tashkil qilingan. 1913 yilda Qoʻqonda 5 mingdan ortiq savdo doʻkoni, 44 karvonsaroy, 20 bozor, 10 bank, kasalxona, tugʻruqxona va 2 dorixona ishlab turgan. Xonlik davrida Qoʻqonda 52 madrasa faoliyat qoʻrsatib, ulardan dastlabkisi "[[Madrasai xishtin]]" (1729) boʻlsa, soʻnggi qurilgani "[[Soʻfiyon]]" (1891) madrasasidir. 20-asr boshida Qoʻqonda 120 ta eski maktab, oʻndan ortiq jadid maktabi, 3 ta rus-tuzem maktabi, t.y. va savdo-tijorat maktablari va boshqa oʻquv mas-kanlari bor edi. 20-asrning boshlarida Qoʻqonda "Sadoi Fargʻona", "Yangi Fargʻona", "Qoʻqon sadosi" gazetalari chop etila boshladi. 1917 yilning kuzida Qoʻqonda "Turkiston muhtoriyati eʼlon qilindi. Ammo koʻp vaqt oʻtmay bu ozodlik harakatining markazi Qoʻqon bolsheviklar tomonidan qonga botirildi (1918 y. fev.). Tarixiy maʼlumotlar boʻyicha bu qirgʻinda 10 mingdan ziyod kishi qurbon boʻlgan. 1918 y.da Qoʻqonda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi.
== Sovet davrida ==
 
[[2-jahon urushi|2-jahon urushi yillarida]] [[mehnatkashlari frontga kiyim-kechak]], [[oziq-ovqat]], [[dori-darmon joʻnatib turdilar]]. Shahar aholisi front uchun 10,7 mln. soʻm pul jamgʻarib berdi. Qoʻqonlik jangchilardan 2 ming 682 tasi sobiq Sovet Itshfoqining orden va medallari bilan mukofotlandi, 12 tasi Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻldi. Qoʻqon [[Fargʻona viloyati]]ning (Fargʻona sh.dan keyin) 2- oʻrindagi sanoat, transport va madaniy markazidir. Shaharda 22 i.ch. korxonasi mavjud. Shulardan 2 paxta tozalash zavodi, "Ulugʻbek", "Qoʻqonadyol", "Shohi-atlas toʻqish", "Koʻnchi", "Zilol", "Qoʻqonyogʻmoy", "Qoʻqonnon", "Qoʻqongoʻsht", "Qoʻqonspirt", "Mastona" korxonalari, motor taʼmirlash, marmar, mexanika, "Elektromash" z-dlari, mashinasozlik, gʻisht, i.ch., superfos-fat, "Qoʻqon" i.ch., mebelsozlik, qurilish mahsulotlari korxonalari, ip yigiruv, paypoq-toʻquv, poyab-zal, trikotaj-tikuvchilik f-kalari ishlab turibdi.
 
Qator 15:
 
19 kutubxona, 7 klub muassasasi, 6 ta muzey (shu jumladan, oʻlkashunoslik muzeyi), drama teatri, xalq teatri ishlab turibdi. 4 bolalar sport maktabi, 3 stadion, sport zallari va b. sport inshootlari bor. Q. shoir, sanʼatkorlar shahri sifatida tanilgan. Qadimda "Qoʻqon adabiy muhi-ti" mashhur boʻlgan. Shahardan bir qancha adabiyot namoyandalar: Amiriy, Gul-xaniy, Xon, Gʻoziy, Maxmur, Muhyi, Zoriy, Muqimiy, Qoriy, Komiy, Furqat, Haziniy, Nasimiy Hoʻqandiy va b.; Hamza, Ibrohim Davron, Ashurali Zohiriy, Mirzoi Hoʻqandiy, Poʻlatjon Qayumiy kabi maʼrifatpar-var ijodkorlar yetishib chiqqan; Nodi-ra, Dilshod, Barno, Anbar otin,- Layli xonim, Mahzuna, Mushtariy kabi ayol ijodkorlar ham shu yerda kamol topgan. 20-a. oʻzbek adabiyotiga Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Usmon nosir, Amin Umariy va b. ijodkorlar katta hissa qoʻshgan. Q. tarixiga doir koʻplab tarixiy asarlar mavjud ("Tarixi jahonnoma", "Shohnomai Umarxon". "Muntaxob ug-tavorix", "Ansob us salotin vatavorixul-havokin" va b.). Q. meʼmorligining shakllanishi 18-a.dan boshlanadi. Shu davrda shaharda madrasa, masjid, maqbara, karvonsaroy, koʻprik va b. binolar bunyod etildi. Monumental inshootlar Oʻrta Osiyoning qad. shaharlari binolarining tuzilishi taʼsirida qurildi. Q.dagi yirik meʼmoriy yodgorliklardan xapq orasida Madrasai Mir nomi bilan mashhur boʻlgan Norboʻtabiy madrasasitr (1798), undan tashqari Daxmai shohon ansambli (1825), Xudoyorxon oʻrdasi (19-a.ning 2-yarmi), Jome masjid (19-a. 1-choragi), Kamol qozi madrasasi (1941) va b. ham saqlangan.
== Mustaqillik yillari ==
 
Mustaqillik yillarida shaharda yangi binolar qad koʻtardi, obodonlashtirilib, xiyo-bon va bogʻlar, yangi maydonlar barpo etildi, maktab, gimnaziya, litsey, kasb-hunar kollejlari qurildi. 2 tele-studiya, ("Muloqot", "Yolqin") ishlaydi, 4 gaz. chop etiladi. K.dan Fargʻona rik shaharlariga va viloyatning yiavtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.