Qadimgi Misr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k hoz. → hozirgi
Sf7.uz (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 30:
Texnika va fani. Nil vodiysida paleolit davridayoq mehnat qurollari ishlangan. Keyinchalik neolit davrida (mil. av. 5ming yillik) aholi ovchilikdan chorvachilik, soʻngra dehqonchilikka oʻtishi bilan tosh, suyak va yogʻochdan ishlangan dastlabki q.x. asboblari— choʻkich, oʻroq va b. paydo boʻlgan. Mil. av. 4ming yillikdan boshlab, mis ishlatila boshlangan, kulolchilik dastgohi paydo boʻlgan. 3ming yillikdan shishasozlik rivojlana boshlagan. 2-ming yillikdan jezdan foydalanila boshlangan. Temirdan yasalgan ilk buyumlar mil. av. 2-ming yillik oʻrtalariga oiddir. Misrliklar oltin va kumushdan haqiqiy sanʼat asarlarini yaratganlar. Sunʼiy sugʻorishdan keng foydalanilgan, kanal va toʻgʻonlar bunyod etilgan. Yuqoriga suv chiqarish uchun laylak (havoza-shaduf), chigʻir (sakkis)dan foydalanishgan. Ilk podsholik davrida omoch paydo boʻlgan.
 
Qad. Misrda asosiy qurilish materiali sifatida loy va qamishdan foydalanilgan. Firʼavnlar saroyi va qalʼalar qurilishida xom gʻisht ishlatilgan. Toshlarga sayqal berishda misrliklar ajoyib yutuklarga erishganlar. Ehromlar qurishda ishlatiladigan katta tosh plitalarni yuqoriga richag , havoza yordamida koʻtarganlar. Mat., astronomiya taraqqiy etgan. Kohinlar va mirzalar oddiy asboblar (chizgich, tosh bogʻlangan ip) yordamida sayyoralar va yulduzlarning holatini belgilashgan. Vaqtni belgilash uchun quyosh va suv so-atlari (klependralar)dan foydalanganlar. Sodda geografik haritalar va shahar loyihasi rejalari tuzilgan. M.liklar planimetriya, ayniqsa, [[stereometriya]] sohasida bilimli boʻlishgan; toʻgʻri toʻrtburchaklar, uchburchaklar, aylanalar yuzasi, oddiy va kesik piramidalar sirti va hajmini hisoblab chiqishgan. Yil 3 mavsum (toshqin, oʻrim, qurgʻoqchilik) va 12 oyga boʻlingan. Har oy 30 kundan iborat boʻlgan, yil oxirida qoʻshimcha 5 kun kiritilgan, bu har 4 yilda astronomik yil bilan kalendar yili oʻrtasidagi 1 kunga farq qilinishiga imkon bergan. Jarrohlik rivojlangan, tabiblar bosh miyani ochganlar, tishlarga plomba qoʻyganlar. Jasadlarni mumiyolashda turli anvoi xushboʻyliklar, doridarmonlar, boʻyoqlar va b.ni tayyorlashgan.
 
M.liklarning turli sohalardagi bilimlari jahon fanining rivojiga muhim hissa qoʻshgan. Yunonlar M.ni qad. donishmandlar yurti deb, M.liklarni esa oʻz ustozlari deb hisoblab kelishgan.