Qadimgi Yunoniston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
Perikl hukmronligi davri (443— 429) Afina kuchqudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yu.ning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yu.da gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (431—404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi mil. av. 395—387y.lardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (mil. av. 371 yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tormor keltirishgan. 4-asr oʻrtasida Yu.ning shim.
 
da Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi FilippFilip II Xeroneya jangida (338) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yu.ni tobe etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (3—2-asrlar) Yu.da hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Mil. av. 197 yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yu.dagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Mil. av. 148 yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146 yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tormor etilgandan soʻng) Yu.Rimga tobe boʻlgan (mil. av. 27 yildan uning hududida Rimning Axaya provinsiyasi barpo etilgan), faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Mil. 4-asrdan Yu.Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.
 
Falsafasi. Antik falsafa falsafa tarixida muhim oʻrin tutadi. U avvalo, falsafa tushunchasining fanga kirib kelishiga sababchi boʻldi, hozirgi kungacha boʻlgan barcha falsafaga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatdi. Yuz yil davom etgan tayyorgarlik davridan soʻng yunon falsafasining mumtoz davri boshlandi. Uning gullab yashnashi mil. av. 7—6-asrlarga toʻgʻri keldi, taʼsiri esa ming yil mobaynida sezilib turdi. Vizantiya va islom mamlakatlarida yunon falsafasining hukmron taʼsiri keyingi ming yillikda saqlanib qoldi; keyinchalik, Renessans va gumanizm davrlarida, Yevropada yunon falsafasining uygʻonishi yuz berdi, bu esa Renessans davri platonizmi va aristotelizmidan boshlab Yevropa falsafiy tafakkurining butun taraqqiyotigacha boʻlgan davrdagi ijodiy yangilanishlarga olib kedsi.
Qator 17:
Aristotel tarafdorlarining katta qismi aniq fanlar bilan shugullangan, peripatetik deb nom olgan mashhur olimlar boʻlgan; qadimiy peripatetiklar bilan birga mashhur botanik Teofrast, musiqa nazariyotchisi Aristoksen (taxm. mil. av. 350), tarixchi va siyosatchi messinalik Dikearx; keyingi peripatetiklar orasida fizik Straton, geograf va astronom samoslik Aristarx (Stratonning shogirdi, taxm. mil. av. 250) va Klavdiy Ptolemey (taxm. mil. 150), vrach Galen, Aristotelning sharhlovchisi Rodoslik Andronik (taxm. mil.av. 70) boʻlgan.
 
Epikur asos solgan maktab keng yoyildi, bu maktabga boshqalar bilan birga Lukretsiy ham mansub edi. Skeptik maktabning vakillari (unga Akademiya vakillaridan koʻplari kirgan edi) Pirron va keyinchalik vrach Sekst Empirik edi. Stoya maktabi juda muhim falsafiydiniy harakatga aylandi, neoplatonizm va xristianlikning paydo boʻlishiga qadar mavjud boʻldi. Kitionlik Zenon asos solgan bu maktabni qadimiy Stoyada XrizippXrizip adabiy jihatdan pishitdi; oʻrta Stoyada boshqalar bilan birga Panetsiy Rodoslik va Posidoniy bor edi; bu maktabga tarixchi Polibiy ham yaqin turgan. Keyingi Stoya davrida, asosan, 3 Rim faylasufi — Seneka, Epiktet va Mark Avreliy asosiy rol oʻynadi.
 
Neoplatonizmda, uning asoschisi Plotin fikricha, Rim, Afina, Aleksandriya, Siros, xristian falsafiy maktablari bir-biridan farq qiladi. Plotin bilan birga Porfiriy, Prokl, ayolfaylasuf Gipatiya, Yamvlix, imperator Yulian Apostat (332—363), ensiklopedist Marsian Kapella (5-asrning 1-yarmi), Boetsiy mashhur neoplatonchi boʻlishgan. [[El[[li[[nizm]] davrida gʻarb va sharq dini hamda falsafasini oʻzida birlashtirgan gnostika rivojlandi. Bobil gnostikasidan moniylik va uning yorugʻlik hamda zulmat olami haqidagi taʼlimoti paydo boʻldi. Milodning birinchi yuz yilligi falsafasi uchun Filonning Bibliyani majoziy, platonchastoikcha talqini jiddiy taʼsir koʻrsatdi. U Aleksandriya maktabiga asos soldi, uning anʼanalarini aleksandriyalik Kliment va Origen davom ettirdi, bu esa gʻarb falsafasiga koʻproq taʼsir koʻrsatgan xristian falsafasining boshlangʻich holati edi. Yunon falsafasining turli xil koʻrinishlari islom falsafasida mavjud, uning taʼsirini hind falsafasida ham payqash mumkin.
 
Adabiyoti. Yu.da yozma badiiy ijodning ilk namunalari taxm. 2700—2800 yillar muqaddam paydo boʻla boshlagan. Bu adabiyot mil. av. 3-asrda Rim madaniyatining barpo etilishida, tarkib topishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. "Iliada" hamda "OdisseyaOdiseya" dostonlari yunon yozma adabiyotining bizga qadar yetib kelgan eng qadimiy namunalaridir. Bu kabi yuksak badiiy asarlar uzoq muddatli adabiy harakatning davomi, uning yetuk mahsuli sifatida maydonga kelgan. "Odisseya" dostonida Demodok kabi ajoyib baxshilar — rapsodlar botirlik haqida dostonlar aytib, davra ahllarini rom qilgan. Platon, GerodotHerodot kabi allomalar va shu zamonning baʼzi yozuvchilari Homerdan ilgari Orfey degan shoir yashab oʻtganligini xabar qiladilar. Biroq bu shoirning goʻzal navolari haqida afsonaviy rivoyatlardan boshqa tarix sahifalarida bironta ham misra saqlanib qolmagan.
 
Yunon xalqi oʻrtasida keng tarqalgan rivoyatlarda Orfeydan tashqari yana bir qancha shoirlar: Muze, Evmolp, Tamir, Olen va boshqalar tilga olinadi.
Qator 37:
Yevropa xalqlari oʻz taraqqiyotlari davomida katta ishtiyoq bilan necha bora yunonlar hamda rimliklar yaratgan sanʼat va adabiyotga murojaat etib, ular asosida qalblarini bezovta qilgan tuygʻu va gʻoyalarni hal etishga uringanlar. Uygʻonish davrining buyuk allomalari qoʻlida antik (qadim) dunyoning ilmu fani, sanʼat va adabiyoti, falsafiy taʼlimotlari eng kuchli qurol boʻlib xizmat qilgan. "Uygʻonish" soʻzining dastlabki maʼnosi ham qadimgi madaniyatni qayta tiklash, yangidan oyoqqa turgʻizish demakdir.
 
17-asr Yevropa klassitsizm adabiy oqimi ham 100—150 yil davomida antik dunyo badiiy ijodiga taqlid shiori ostida rivojlandi, bu davr mobaynida qariyb butun Yevropa sahnasi, asosan, Yunon va Rim tragediyalari mavzulari bilan yashadi. EllinElin madaniyati Oʻrta Osiyo madaniyatining ravnaq topishiga samarali taʼsir etgan. Salavkiylar va YunonBaqtriya podsholigi hukmdorlari davrida Oʻrta Osiyo, Eron va boshqalar oʻlkalar aholisining faol ishtirokida sharqiy ellinizm madaniyati vujudga keldi, u yunon madaniyatini ham boyitdi (yana q. [[El[[li[[nizm]]).
 
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati. Yunon meʼmorlari va tasviriy sanʼat namoyandalari koʻp asrlar osha turli xalqlar uchun goʻzallik, uygʻunlik, yuksak did namunasini oʻtagan sanʼat yodgorliklarini yaratgan. Asarlar asosan sodda afsonaviy mavzularga asoslangan boʻlsada, borliq va inson muvozanatini his etib, tabiiy muhit, inson tanasining tabiiy goʻzalligi va uygʻunligini anglab aks ettirdi. Bu nisbatlar meʼmorlikda ham aniq ifodasini topgan. Yunon badiiy yodgorliklari Bolqon ya.o. dagina emas, shuningdek, Kichik Osiyo, Janubiy Apennin ya.o., Oʻrta dengiz orollari hamda Shim. Qora dengiz sohillarida ham saqlangan.
Qator 49:
Ibodatxonalar bilan bir qatorda turli vazifalarni bajaruvchi jamoat binolari (teatr, stadion, palestr va boshqalar) bunyod etilgan. Inshootlar toshdan qurishga oʻtilgach, order turlari shakllandi (q. Meʼm[[orlik orderlari]]), ibodatxonalar boʻrtma tasvirlar, haykallar bilan bezatildi; dahshatli maxluqlar bilan olishayotgan xudolar va qahramonlar (Gerakl, Tesey, Persey va boshqalar)ning qatʼiy tasvirlari yaratildi; ularning hajmdorligi ibodatxonalardagi meʼmoriy shakllar bilan uygʻun. Ioniy uslubidagi ibodatxonalarning haykaltaroshlik frizlari dinamikasi va murakkab kompozitsiyasi bilan ajralib turadi. Dastlabki oʻzaro bogʻlanmagan kam shaklli frizlardan oʻzaro uygʻun va koʻp shaklli yaxlit kompozitsiyalarga oʻtish kuzatiladi, ilk frontonlardagi relyeflar (Kerkira o.dagi Artemida ibodatxonasi) dumaloq haykallar bilan almashadi.
 
Haykaltaroshlikda kichik bronza haykallar ("Fivalik ApollonApolon", mil. av. 7-asr 1-yarmi)dan yalangʻoch oʻsmir (kuros)lar va uzun koʻylakli qiz (kora)lar shaklini yasashga oʻtildi. Harakatsiz shakllar oʻrniga harakatlarni shartli ifodalash yuzaga keldi ("Delosli Nike", mil. av. 6-asr oʻrtalari). Haykaltaroshlar inson mimikasini ifoda vositasi sifatida kam qoʻllasalarda, ayni vaqtda boy hajm, kiyimlar burmalarining goh qatʼiy, goh nafis talqini bilan ifodali obraz qurilishiga erishdilar. Arxaika haykallarida ayrim mahalliy farklar kuzatiladi: ioniy uslubidagi kora va kuroslar lirik va hayotbaxsh obrazlari, shakllarning mayinligi bilan qatʼiy qiyofali va keskin shaklli doriy uslubidagi haykallardan ajralib turadi. Bu davrda yunon koʻzalari (amfora va boshqalar) tugal shakllandi, buyumlarga butun yuzasi qoplab gilama usulida mujassamotlar yaratildi, shartli qatʼiy chiziqlar va geometrik uslubdagi naqshlar oʻrnini syujetli sahnalarning tez-tez qoʻllanishi egalladiegaladi. Korinf, keyinroq Afina (7—6-asrlar)da qora shaklli uslub qaror topdi (Klitiy, Eksekiy, Amasis va boshqalar), qora shakllishakli uslubdan qizil shakllishakli uslubda koʻzalar yasashga oʻtish yuzaga keldi (Andokid va boshqalar).
 
Klasika (mil. av. 5-asr — 4-asr 3-choragi)da shaharlar rivojlandi, muntazam tarhli shahar tipi shakllandishaklandi (Milet, Pirey), shaharlarni toʻgʻri burchakli koʻchalar toʻri bilan qismlarga boʻlish, turar joylarni majmua tarzida qurish kabi asosiy qoidalar yuzaga keldi. Polislarning oʻziga xos ramzi boʻlgan ibodatxonalarning tipik xususiyatlari individuallik bilan qoʻshilib ketgan, bir tipdagi qurilishlarda yagona order tuzilishidagi nisbat va koʻlamlarnigina oʻzgartirib takrorlanishi bilan har bir shahar — davlat bosh inshootlarida oʻziga xos meʼmoriy qiyofalar yaratishga erishildi. Shu jihatdan umumiy tarhli va order elementlari boʻlgan [[Afina]] Afayi (taxm. mil.av. 500—480, Egin o.da), Gera II ("Poseydon ibodatxonasi", mil.av. 5-asr 2-choragi, Poseydoniyada[[Poseydon]]iyada), [[Zevs]] (mil. av. 468—456, Olimpiyada) ibodatxonalari oʻziga xos sifatlari bilan bir-biridan farqlidir.
 
Mil. av. 6—5-asrlar chegarasida tasviriy sanʼatda keskin oʻzgarishlar roʻy berdi, haykaltarosh va rassomlar inson qiyofasi va uning harakatini mukammal ifoda etdilar, fronton, frizlarda koʻp shaklli lavhalarni dadil bajardilar. Klasika boshida yuzaga kelgan "qatʼiy uslub" hususiyatlari koʻzalarga ishlangan tasvirlarda aniq ifodasini topdi (Epiktet, Yevtimid, Yefroniy). Qizil shakllar uslubida ijod qilgan Brig afsonaviy mavzular bilan bir qatorda maishiy lavhalar (bazm, maktabdagi mashgʻulotlar, stadiondagi atletlar)ni ham yaratdi. "Qatʼiy uslub" mil. av. 5-asr 1-yarmidagi haykaltaroshlikda ham koʻzga tashlanadi; Egin o.dagi Afina Afayi ibodatxonasi frontoni, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi fronton va metoplari kabi sanʼat durdonalari yaratildi. Klassikaning ilk davrida qahramonlar obrazlari bilan bir qatorda koʻtarinki ruhdagi real obrazlar ham yuzaga keldi (Miron va boshqalar). Inson tanasini mukammal ishlanishi yunon sanʼatiga umrboqiy gʻoyalar (goʻzallikning xunuklik ustidan gʻalabasi)ni ifodalash imkonini berdi. Mil.av. 5-asr oʻrtalarida klassika sanʼati ("yuksak klassika" deb nomlangan) gullab yashnadi. Perikl davrida Afina Elladaning siyosiy va badiiy markaziga aylandi. Vayron boʻlgan Akropolda Fidiy boshchiligida mohir meʼmorlar va haykaltaroshlar ishladi: tasviriy ansambllar hosil qilindi, yangi ibodatxonalar bunyod etildi, haykallar oʻrnatildi, goʻzallik va uygʻunlik tarannum etildi (maʼbudlarning yuksak mavqei, tantanalarda viqor bilan yurishlari, kentavrlar bilan olishuvlari va boshqalar). Ozod ellin fuqarolik ruhi, gʻoyaviy, axloqiy va jismoniy mukammalligi Fidiy asarlarida, Parfenon bezaklarida, Poliklet haykallari, Polignot koʻzalari, freskalar, terrakota haykallari, relyef va tangalarda yorqin ifodalangan.
Qator 57:
Mil.av. 4-asr boshlarida yunon polislari demokratiyasi inqirozi bilan ayrim shaxslar xohishi polislar xohishini siqib chiqardi. Diniy inshootlar qurish oʻrnini insonning kundalik hayoti bilan uzviy bogʻliq boʻlgan inshootlar (palestr, teatr va boshqalar) qurish egalladi (jumladan, Epi davrdagi teatr, mil. av. 350—330 va boshqalar).
 
Vazifasiga mos aniq kompozitsiyali yunon teatrlari jahon meʼmorligidagi tomosha inshootlarining keyingi taraqqiyotigataraqiyotiga asos boʻldi. Memorial ansambllarda inson shaxsini abadiylashtirish anʼanalari yuzaga keldi (mas, Galikarnasl&t maqbara, taxm. mil.av. 353). Tasviriy sanʼatda inson xarakteriga qiziqishning ortishi haykaltaroshlik portretlarini rivojlanishini taʼminladi. Afsonaviy kompozitsiyalarda kurash dramatizmi, insonning ruhiy qudrati va jismoniy shijoatini tasvirlagan Skopas ijodida voqelikdagi qarama-qarshiliklar oʻtkir ifodasini topdi, bu jihatdan Praksitel haykallari, Lisipp asarlari diqqatga sazovor.
 
Ellin davri (mil.av. 4-asr oxiri — 1-asr) yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi uning Aleksandr davlati va uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan oʻzaro qoʻshilishi bilan belgilanadi (q. [[El[[li[[nizm]]). Afina badiiy hayot markazi mavqeini yoʻqotdi. Kichik Osiyoning yirik shaharlari yangi qarash (nuqtai nazar)larni yaratuvchiga aylandi, qurilish beqiyos darajada oʻsdi, koʻplab muntazam tarhli yangi shaharlar yuzaga keldi (Istanbul va boshqalar), yirik inshootlar qurildi (Istanbuldagi Faros mayogʻi), mahobatli meʼmoriy ansambllar bunyod etildi (Pergamdagi Akropol) oddiy uydan bosh saroygacha boʻlgan turar joy tipi shakllandi, anʼanaviy ichki hovli tarhli uylar ustunlar bilan oʻralgan peristilga aylantirildi. EllinElin haykallaridagi qiyofalar qoʻrquv, davrni fojiaviy anglash bilan yoʻgʻrilgan. Ellin davri sanʼatiga mintaqaviy maktablar, yoʻnalishlarning hamda badiiy obrazli masalalarning rangbarangligi xos: haykal portretlar rivojlandi, klassikaning inson — fuqaro uygʻunligi oʻrniga buyuklarni ulugʻlash qaror topdi. Ijtimoiy kelib chiqishi har xil boʻlgan odamlarga, ularning yoshidaga xarakterli xususiyatlarga qiziqish ortdi. Yunoniston Rim tomonidan zabt etilishi bilan ellinlar sanʼati gʻoliblar madaniyatining rivojlanishi bilan qoʻshilib, uni oʻzining koʻp asrlik anʼanalari bilan boyitdi, shuningdek, oʻzining mustaqilligini ham yoʻqotib bordi.
 
Teatri — yunon dramasi va teatri Dionis sharafiga oʻtkaziladigan qishloq xoʻjaligi bayramlaridan boshlangan. Uning asosida tabiatning qishki oʻlik mavsumi va bahorgi uygʻonish davri bilan bogʻliq qadimiy yer egalarining oʻyinlari yotadi. Mil.av. 4—1-asrlargachaYunon teatri. 1. Getera niqobi. 2. Tropik kahramonniqobi. 3. Andromedaning teatr libosidagi tasviri (vazadagi rasm). 4. Tragik aktyor (fil suyagidan ishlangan haykalcha).
Qator 65:
dramatik chiqishlarda xor asosiy rol oʻynagan. 6-asrning 2-yarmida alohida ijrochi — aktyor (dramaturgning oʻzi) paydo boʻldi. Esxil sahnaga 2 aktyorni olib kirdi. Sofokl esa sahna dekoratsiyasida tasviriy bezaklardan keng foydalandi, fojialarda 3 aktyor paydo boʻldi. Aktyorlar, asosan, niqob kiyib oʻynaganlar. Teatr yunonlar hayotida alohida oʻrin egalladi. Ayniqsa, quldorlik davri gullagan paytda teatr ahamiyati yanada ortdi. Teatr, asosan, 3 qism: orxestr, tomoshabinlar uchun joy va chodirdan iborat boʻldi. Bulardan eng qadimiysi orxestryumaloq maydon boʻlib, unda aktyor va xor ijrochilari tomosha koʻrsatganlar. Dastlab barcha tomoshabin orxestr atrofida oʻtirganlar, keyinchalik omma uchun alohida joylar ajratilgan. Teatr binolaridan qadimiysi Afinadagi Dionis teatri binosi hisoblanadi. Keyingi eng katta Afina teatri mil.av. 4-asrning 2-yarmida qurildi. Teatrda tragediya va komediyadan tashqari mifologik syujetga ega satirik spektakllar ham qoʻyilgan. Dastlab ayollar rolini erkaklar niqob kiyib ijro etgan, Esxil, Sofokl, Yevripid, Aristofan kabi buyuk dramaturglarning ijodida Yu. quldorlik demokratiyasining ravnaqi va ziddiyatlari aks etdi. Mifologik syujetli pantomimik raqslar keng tarqaldi. Ularda ayol aktyorlar ham qatnashdi. [[El[[li[[nizm]] davrida (mil. av. 3—1-asrlar) teatr Sharqda yunon madaniyatini targʻib qilishda asosiy vositalardan biriga aylandi. Teatrlar nafaqat yirik savdo markazlarida, balki kichik shaharlarda ham qurila boshladi. Dionis sharafiga oʻtkaziladigan bayramlarda tragediya va komediyalar namoyish etildi. Qishloq komediyasi yoʻqola bordi. Yangi komediyalar (Menandr, Filemon va boshqalar) oʻzaro hayotiy munosabatlarni, inson ichki kechinmalarini aks ettirdi. Mil. av. 5-asrda Yu.da mimlarmaishiy va hajviy harakterdagi kichik sahnalar yuzaga keldi. [[El[[li[[nizm]] davrida ilk bor professional aktyorlar ijod qildi. Aktyorlar uyushmasi paydo boʻldi. Bu davrda aktyorlar katta hurmatga, yuridik huquqga ega boʻlganlar. Tomosha koʻrsatish uchun aktyorlar hatto urush paytlarida ham xohlagan yerlariga borish, oʻzlari va narsalariga daxlsizlik huquqi berilgan. Aktyorlarning oʻzlari esa har qanday harbiy xizmatdan ozod etilganlar (mil. av. 3-asr boshlarida bu haqda maxsus qonun qabul qilingan). Yu. teatri jahon teatrining rivojlanishida muhim rol oʻynadi.
 
Musiqasi. Yu. musiqasini badiiybadiy (mas, "Iliada" "Odiseya") va ilmiy ([[Platon]], [[Aristotel]], [[Pifagor]], [[Aristoksen]]) meros hamda tasviriy sanʼat yodgorliklari orqali tasavvur qilish mumkin. Yu.da musiqa sanʼati ijtimoiy hayotda muhim oʻrin olib, uni oʻrganish yoshlar tarbiyasi tizimiga kiritilgan, qoʻshiqchilik va sozandalik boʻyicha turli musobaqalar oʻtkazilgan. Turli xalq qoʻshiqlari — georgik (dehqonchilik bilan bogʻliq), epitalama (nikoh toʻylarida aytiladigan), trenos (yigʻi), embateriy (harbiy) kabi janrlar, ApollonApolon (pean), Dionis (difiramb, fallik^) va boshqalar xudolarga bagʻishlangan aytimlar keng oʻrin olgan. Shoirxonanda (aed, rapsod — GomerHomer va boshqalar)lar oʻzi yaratgan epik qoʻshiqlar va dostonlarni cholgʻu (torlitirnama forminks va boshqalar)larni chalib ijro etgan. Musiqaning odamlarga sehrli taʼsiri, mashhur xonanda va sozandalar (Olimp, Marsiy, Orfey va boshqalar) faoliyatiga doir bir necha rivoyat va afsonalar bizgacha yetib kelgan.
 
Olimp avlos chalish yoʻllarini hamda garmoniya (enarmonika) qonunlarini, lesboslik Terpandr kifarani kashf qilganlar. Olimpning shogirdi kritlik Talet xor qoʻshiqchiligini kiritgan. Musiqa, ayniqsa, xor qoʻshiqchiligi katta ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib, vatanparvarlik ramzi darajasiga koʻtarilgan. Harbiy (marshsimon) kuylari bilan birga lirika yoʻnalishidagi janrlar (mas, Sapfoning ishqiy qoʻshiqlari, Pindarning gimn va odshtari, elegiya) rivoj topgan.