Singapur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 7:
 
== Tabiati ==
 
== Tarixi ==
S.ning ilk tarixi maʼlum emas. 14-a.ga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik (yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275 y. S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349 y. Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 y.dan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-a. boshlarida esa Tan davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor sultonligi kuliga oʻtgan. 1819 y. orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan. 1826—1946 ylarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. 2-jahon urushi vaqtida S.ni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 y.dan Hamdoʻstlik tarkibidagi "oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 y.larda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 y. 9 avg .da undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 y. sentdan BMT aʼzosi. OʻzR suverenitetini 1992 y. 2 yanv.da tan olgan, 1997 y. 8 apr.da diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avg . — Milliy kun (1965).
 
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980 y. tuzilgan; S. xalq partiyasi, 1994 y. tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954 y. asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957 y. guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974 y. 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan.
 
 
== Xoʻjaligi ==