Angren — versiyalar orasidagi farq

27 bayt qoʻshildi ,  7 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
k (yanv. → yanvar)
'''Angren''' ([[Tojik tili|toj.]] Ohangaron, ya’nitojik tilidagi "te-mirchilar" atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941 — 46 y.larda shaharcha). Jiga-riston, Jartepa, Teshiktosh, Qo‘yxona qishloqlari o‘rnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi bo‘yida. Toshkentdan 120 km jan.-sharqda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining tog‘li qismida. A.ni shim.-g‘arbdan Chatqol tizmasi, jan.-sharqdan Qurama tog‘ tizmalari o‘rab tu-radi. Iyulning o‘rtacha t-rasi 27°, qishi ancha sovuq, yanvarning o‘rtacha t-rasi — 2°. Bahorda jala yog‘ib, qattiq shamollar bo‘lib turadi. Shamolning tezligi 3 — 6 m/sek, ba’zan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida o‘rta a.larda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik b-n shug‘ullangan. 1934 y.dan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940 y. A.da dastlabki ko‘mir shaxtasi barpo qilinib, 1942 y. ishga tushirildi. A. qurilishida ayrim xato-larga yo‘l qo‘yildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari usti-ga qurilib qolgan bo‘lib, keyinchalik 485shaharni boshqa joyga ko‘chirishga to‘g‘ri keddi. 1956 y. martida yangi loyiha tas-diklanib, yangi shahar eskisi o‘rnidan 7 — 8 km jan.-g‘arbda, Dukantsoy b-n Qorabovsoy va Toshkent — Qo‘qon yo‘li yoqasida ko‘mirdan xoli bo‘lgan joyda qad ko‘tardi.A. O‘rta Osiyoda katta ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘mir va energetika sanoati mar-kazi. Urush yillarida O‘zbekistonning ko‘pgina sanoat korxonalari A. ko‘miri b-n ta’minlanib turdi. A.da oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. A.ning eng yirik sanoat kor-xonasi "O‘zbekko‘mir" k-tidir. A.da chiqariladigan ko‘mirning 2/3 qismidan ko‘prog‘i ochiq usulda qazib olinadi. A.da ko‘mirning bir qismi "Yerostigaz" st-yasida yer qa’rida gazga aylantirilib An-gren GRES va Yangi Angren GRESlarini gaz b-n ta’minlab turadi. Kon uskunala-rini tuzatish, sement, temir-beton bu-yumlari va yig‘ma temir-beton, tajriba-mexanika, avtomobil ta’mirlash, "An-gren rangli metallar", non, sut zavodlari, "Sanoatkartonsavdo" hissadorlik ja-miyati, "Angrenkulol" hissadorlik ja-miyati, "O‘zbekrezinatexnika" i.ch. bir-lashmasi, oltin boyitish f-kasi, "Ka-olin" (kaolin boyitish f-kasi) O‘zbek-Germaniya qo‘shma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Oblik, noruda materiallar kareri, uysozlik k-ti ishlab turibdi. 1941 y. Toshkent b-n A. o‘rtasida 114 km li t.y. o‘tkazildi. Toshkent — Angren — Ko‘qon — Namangan — Andijon — O‘sh avtomobil yo‘li o‘tadi.A.da ped. instituti, texnika kolleji, tex-nika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, turk, texnika, ped. litseylari, yosh texniklar st-yasi, 3 musiqa maktabi, sport makta-bi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasal-xona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klub-kinoteatr, o‘lkashunoslik muzeyi, surat-lar galereyasi bor. 1996 y. 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi ma-daniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. "Angren haqiqati", "Angrenskaya pravda" gaz.lari nashr qilinadi.
 
== Adabiyotlar ==
Anonim foydalanuvchi