Qorabuloq (Sayram tumani) — versiyalar orasidagi farq

(→‎Tarixi: бекор ёлгон гаплар)
 
== Tarixi ==
Qorabuloq qishlogʻi hududida, ayrim manbalarda yozilishicha odamlar miloddan avvalgi yillardan boshlab yashay boshlagan. Oʻrta Osiyoni arablar bosqinchiligidan keyin, Somoniylar sulolasi qoʻlga oldi. 893-yili Qorabuloq [[Somoniylar davlati]] tarkibida, 990-1141 yilgacha [[Qoraxoniylar davlati]] tarkibida boʻldi. Oʻrta Osiyosi [[Chingizxon]] boshchiligidagi [[moʻgʻullar]] bosib olguniga qadar (1219-1221) Qorabuloq [[Xorazmshohlar davlati]] tarkibida boʻldi (1141-1219). Qorabuloq 1221-yildan to 1370-yilgacha [[Chigʻatoy ulusi]] tarkibida, 1370-1501 yil oraligʻida [[Temuriylar davlati|Temuriylar imperiyasi]], 1501-yildan boshlab [[Shayboniylar]] boshchiligidagi [[Buxoro xonligi]] tarkibida boʻldi. Keyinchalik 1598-yili [[TavekelxonTavakkal|Tavakkal xon]] bir qancha shaharlar bilan qoʻsha Qorabuloqni ham bosib oldi, va Qorabuloq [[Qozoq xonligi]]ning qoʻliga oʻtdi. 1784-yilgacha Qorabuloq gohida oʻzbeklar qoʻliga oʻtsa, gohida qozoqlar qoʻliga oʻtib turdi. 1784-yil Qorabuloqni [[Yunusxoʻja]] boshchiligidagi Toshkent davlati bosib oldi, va nihoyat 1809-yili Toshkent davlatini Qoʻqon xonligi boʻysundirdi. 1809-yildan 1876-yilgacha Qorabuloq [[Qoʻqon xonligi]] tarkibida boʻldi<ref>[http://qulnoma.wordpress.com/2010/07/23/turkistonning-uch-xonlikka-bo%E2%80%98linishi-e-tarix-uz/ Turkistonning uch xonlikka bo‘linishi]</ref>. 19-asrning oʻrtasiga kelib [[Rossiya imperiyasi]] hozirgi [[Oʻrta Osiyo]] hududini bosib ola boshlagan. 19-asrning oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keluvchi yerda hukm surgan barcha uch xonlikni qoʻlga kiritgan.<ref>Fierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.</ref> [[Xiva xonligi]] 1873-yil magʻlub boʻlgan. [[Buxoro xonligi]] 1866-yil bosib olingan. Qoʻqon xonligi boʻlsa 1876-yil Rossiya imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan.
 
== Iqtisodi ==
Anonim foydalanuvchi