Qorabuloq (Sayram tumani) — versiyalar orasidagi farq

95.161.227.254 tomonidan qilingan 1618665 tahriri qaytarildi (mun.)
(95.161.227.254 tomonidan qilingan 1618665 tahriri qaytarildi (mun.))
== Tarixi ==
Qorabuloq qishlogʻi hududida, ayrim manbalarda yozilishicha odamlar miloddan avvalgi yillardan boshlab yashay boshlagan. Oʻrta Osiyoni arablar bosqinchiligidan keyin, Somoniylar sulolasi qoʻlga oldi. 893-yili Qorabuloq [[Somoniylar davlati]] tarkibida, 990-1141 yilgacha [[Qoraxoniylar davlati]] tarkibida boʻldi. Oʻrta Osiyosi [[Chingizxon]] boshchiligidagi [[moʻgʻullar]] bosib olguniga qadar (1219-1221) Qorabuloq [[Xorazmshohlar davlati]] tarkibida boʻldi (1141-1219). Qorabuloq 1221-yildan to 1370-yilgacha [[Chigʻatoy ulusi]] tarkibida, 1370-1501 yil oraligʻida [[Temuriylar davlati|Temuriylar imperiyasi]], 1501-yildan boshlab [[Shayboniylar]] boshchiligidagi [[Buxoro xonligi]] tarkibida boʻldi. Keyinchalik 1598-yili [[Tavakkal|Tavakkal xon]] bir qancha shaharlar bilan qoʻsha Qorabuloqni ham bosib oldi, va Qorabuloq [[Qozoq xonligi]]ning qoʻliga oʻtdi. 1784-yilgacha Qorabuloq gohida oʻzbeklar qoʻliga oʻtsa, gohida qozoqlar qoʻliga oʻtib turdi. 1784-yil Qorabuloqni [[Yunusxoʻja]] boshchiligidagi Toshkent davlati bosib oldi, va nihoyat 1809-yili Toshkent davlatini Qoʻqon xonligi boʻysundirdi. 1809-yildan 1876-yilgacha Qorabuloq [[Qoʻqon xonligi]] tarkibida boʻldi<ref>[http://qulnoma.wordpress.com/2010/07/23/turkistonning-uch-xonlikka-bo%E2%80%98linishi-e-tarix-uz/ Turkistonning uch xonlikka bo‘linishi]</ref>. 19-asrning oʻrtasiga kelib [[Rossiya imperiyasi]] hozirgi [[Oʻrta Osiyo]] hududini bosib ola boshlagan. 19-asrning oxiriga kelib Rossiya imperiyasi hozirgi Oʻzbekiston hududiga toʻgʻri keluvchi yerda hukm surgan barcha uch xonlikni qoʻlga kiritgan.<ref>Fierman, William. „Uzbekistan.“ Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.</ref> [[Xiva xonligi]] 1873-yil magʻlub boʻlgan. [[Buxoro xonligi]] 1866-yil bosib olingan. Qoʻqon xonligi boʻlsa 1876-yil Rossiya imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan.
 
Tarixda Qorabuloq asosan [[oʻzbeklar]] istiqomat qilgan joy boʻlishiga qaramay, hozirgi Qozogʻiston tarkibiga kiritilgan. Ruslar [[Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi]]ni avtonom oblastlarga parchalayotganda Qorabuloqni [[Qirgʻiz Avtonom Sotsialistik Sovet Respublikasi|Qirgʻiz ASSR]] tarkibiga kiritgan. Keyinchalik esa [[Qozoq SSR]] qilib qayta tuzilgan. [[SSRI]] parchalanganidan keyin Qozoq SSR Qozogʻiston boʻldi. Shu asnoda milliy tarkibi faqat oʻzbeklardan iborat Qorabuloq [[Qozogʻiston]] tarkibiga qoʻshildi.
 
Baʼzi manbalarga koʻra, sovetlar atayin chegaralarni milliy guruhlarning tarixiy yashash joyiga mos kelmaydigan qilib chizishgan. Bunday qilishdan maqsad ushbu hududlarning tarixiy egalarini butunlay [[Moskva]]ga tobe boʻlishlarini taʼminlash va shu yoʻl bilan ularni boshqarishni osonlashtirish boʻlgan.<ref name=LP>{{cite book|last=Mayhew|first=Bradley|title=Lonely Planet Central Asia|year=2000|publisher=Lonely Planet Publications|isbn=0-86442-673-9|pages=34, 159|edition=2|coauthors=Richard Plunkett, Simon Richmond}}</ref><ref name="FPM">{{cite web|url=http://frontpagemag.com/2012/01/10/central-asia-lessons-for-the-middle-east/| first=Steven| last=Plaut|title=Central Asia: Lessons for the Middle East |work=FrontPage Magazine |accessdate=10 January 2012|coauthors=Nodir Ataev}}</ref> Bu manbalarga koʻra, alohida mamlakatlar yaratishdan maqsad Oʻrta Osiyoda [[Panturkizm|panturkistik]] va [[Panislomizm|panislomistik]] oqimlarning oldini olish boʻlgan.<ref name=Transformation>{{cite book|title=Soviet Central Asia: The Failed Transformation|year=1991|publisher=Westview Press|location=Boulder|isbn=0-8133-7907-5|pages=17|editor=William Fierman}}</ref> Bu strategiyani baʼzilar [[Iosif Stalin]]ning „boʻl va boshqar“ siyosati deb nomlashadi.<ref name=Transformation/><ref name="LP"/><ref name="FPM"/> Hozirda Qozogʻistonda mahalliy aholisi asosan oʻzbeklardan iborat boʻlgan koʻplagan aholi punktlari bor. [[Oʻrta Osiyo]]da yashayotganlarning koʻpi aslida boshqa mamlakat tarkibida boʻlishlari kerakligiga ishonishadi.<ref name="LP"/> Ayrim olimlarning fikriga koʻra, sovetlar Oʻrta Osiyo mamalakatlari chegaralarini belgilayotgan paytda bu yerlarda koʻp millat vakillari birga yashagani uchun milliy va hududiy chegaralarini aniq boʻlishning iloji boʻlmagan.<ref name=Tishkov>{{cite book|last=Tishkov|first=Valeriy|title=Ethnicity, Nationalism and Conflict in and after the Soviet Union: The Mind Aflame|year=1997|publisher=Sage Publications|location=London|isbn=978-0761951858|page=30-31}}</ref>
 
== Iqtisodi ==