Brendi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
k it's brandewijn in Dutch
Qator 1:
'''Brendi''' (gollandcha brandewijnebrandewijn — haydalgan vino) — uzum vinosini haydab olinadigan yoki achitilgan meva, rezavor meva sharbatidan tayyorlanadigan kuchli alkogol ichimlik. 16-a.da Fransiyaning Sharanta viloyatida paydo boʻlgan. Tayyorlash usuli va kuvvatiga koʻra 3 turga boʻlinadi; oʻtkir B.— achigan sharbat va uzum turpini distillab olinadi, tarkibida spirt miqdori 80—90% ga boradi. Spirt qoʻshilgan vinolar tayyorlashda ishlatiladi. Grappa — sharbati presslab olingan uzum turpini havo kirmaydigan oʻralarda achitib, ikki marta haydash usuli bilan olinadi (spirt mikdori 70— 80%). Distillangan suv qoʻshib alkogol ichimlik tayyorlanadi. Ch i n B. (tarkibida spirt mikdori 57—72%) faqat vino yoki achitilgan sharbatlardan tayyorlanib, yetilishi uchun muayyan muddat saqlanadi. Ichimlikning bu turi koʻpgina mamlakatlarda B. nomi bilan mashxur. B.ni i. ch. texnologiyasi xom ashyo distillash usuli va texnikasi, saqlash sharoitlari, muddati va b. ga bogʻliq. Odatda, B. dub bochkalarda kamida 3 yildan, markalisi 7 yildan koʻproq saqlab turiladi. B. uchun asosiy xom ashyo sifatida uzum sharbati ishlatiladi, lekin boshqa meva sharbatlaridan ham tayyorlash mumkin. B. koʻpgina mamlakatlarda ishlab chiqariladi. Fransiya, Italiya, Gresiya, AQSH, Ispaniya B.ni eksport qiluvchi davlatlar qatoriga kiradi.
 
== Adabiyotlar ==