Qorabuloq (Sayram tumani): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Manba qaytarildi
manba yo'q
Qator 62:
Qadimda Qorabuloq hududi deganda [[sharq]]dan [[Mashat oʻzani]], [[Gʻarb]]dan Oqtan-oga-Oqsuv, [[shimol]]dan Tuyatosh oʻzanidan to [[janub]]dagi Isfijob ([[Sayram]]) yaqinidagi Tassay oʻzanigacha oraliqdagi yerlar tushunilgan. Qorabuloq — Isfijobning shimoli-sharqidagi eng katta kent. Katta [[Buyuk Ipak yoʻli]]dagi gavjum, mashhur hududda boʻlgan.
 
Tarixiy dalillar shuni koʻrsatadiki<sup>manba kerak</sup>, Oqsuv (Boyzo) daryosi Sagʻanoqdan oqqan, Karvon yoʻli [[Isfijob]]dan chiqib, Oqsuavlot (Xanjuk) tepasida Kultepa, Shoʻrtepa, Qulon, (Qaynarboshi) orqali [[Taraz]], [[Xitoy]]ga, Qorasuv boʻylab Begjaota, Xonqoʻrgʻon, Oqmasjid orqali Oʻtrorga borgan. Domotdix yuqorisida Oqsulot, Xanjuk, Shoʻrtepa oʻrnida Sharob, Qaynarboshida Kulonkent, Begjaota hududida Oqqoʻrgʻon, Madaniyda Xonqoʻrgʻon, [[Koʻlkent]], Oqsaroy kabi kichik shahar va koʻpgina qishloqlar boʻlgan. 10 joyda avliyo, 7 joyda katta bozor, karvonsaroylar oʻrinlari saqlangan.
 
Qorabuloq tarixda Xitoylik, Turonlik, Eronlik va slavyan savdogarlari uchrashadigan markaziy gavjum hudud boʻlgan.