OzodWiki: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Kirish
Qator 7:
Qisqa vaqt ichida OzodWiki rukni ostida berilgan materiallarning Oʻzbekcha Vikipediyaga ijobiy taʼsir qilayotgani kuzatildi.<ref name="OzodWiki10.04.2014">{{cite news|title=OzodWiki has Increased Visits to the Uzbek Wikipedia by 300 percent|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25328141.html|accessdate=20 April 2014|newspaper=RFE/RL|date=10 April 2014|language=Uzbek}}</ref> OzodWiki eshittirishi boshlanganidan keyin roʻy bergan oʻzgarishlarning barchasi faqat OzodWiki eshittirishi taʼsirida boʻlgani ehtimoldan xoli boʻlsada, oʻzgarishlarning aksari aynan shu loyiha doirasidagi eshittirishlar boshlanganidan soʻng yuz berdi.
 
2014-yil yanvar oyida Oʻzbekcha Vikipediyaning [[bosh sahifa]]siga 20 368 marta tashrif qilingan boʻlsa, shu yilning mart oyiga kelib bu koʻrsatkich 56 274 ga yetdi.<ref name="OzodWiki10.04.2014"/> 2013-yil martida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 20 403 ni tashkil qilgan edi. 2014-yil mart oyida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni boʻlsa 136 592 ni tashkil qildi.<ref>{{cite web|title=Wikipedia article traffic statistics|url=http://stats.grok.se/uz/201404/Bosh_Sahifa|work=Wikipedia article traffic statistics|accessdate=22 May 2014}}</ref> 2013-yil aprelida bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 12 134 ni tashkil qilgan edi.
 
Yanvar oyiga qaraganda fevral oyida Oʻzbekcha Vikipediyada faollik sezilarli darajada oshdi. Yanvarda taxminan 1 400 marta tahrir tugmasi bosilgan boʻlsa, fevralda 2 200 atrofida tahrir qilindi.<ref name="OzodWiki10.04.2014"/> Boshqacha qilib aytganda, fevralda avvalgi oyga qaraganda tahrirlar soni 59 foizga oshdi. Yanvar oyida dekabrga qaraganda tahrirlar soni 32 foizga ozaygani eʼtiborga olinsa, bu sezilarli oʻsishdir.