Tarix falsafasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
Qator 1:
'''Tarix falsafasi''' - tarixni falsafiy sharxlash va baholash. "T.f." atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. T.f.ning quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) T.f. — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb qisoblaydihisoblaydi; metafizik T.f. — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini T.f. deb biladi; idealistik T.f. — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviyruhiymaʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik T.f. uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik T.f. — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iktisodiyiqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan T.f. ham mavjud. T.f.da, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xattiharakatixatti-harakati, manfaati talqin etiladi.
 
T.f. ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli taʼsir koʻrsatdi.
 
18-a.gaXVIII asrga kelib T.f.ning yoʻnalishlari tubdan oʻzgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning taʼsiri, oʻrni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, maʼnaviyruhiymaʼnaviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondoshishlaryondashishlar mavjud edi. Chunonchi, LeybnitsLeybnis tarixda metafizik kuchlar va gʻoyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aklniaqlni ustun qoʻyadi. 19—20XIX-a.lardaXX asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm gʻoyalarini ilgari surdi.
 
Sharqda "T.f." tushunchasi oʻziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga koʻra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi xaqidagi taʼlimotini oʻz xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali oʻrgandi. U "Hindiston", "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondoshadiyondashadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni oʻrtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy taʼlimotga oʻtishda muhim hissa qoʻshdi.
 
Sharq T.f. bir necha yoʻnalishda koʻzga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pandnasihatlarpand-nasihatlar, yuksak axloqiy meʼyorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografikhududiygeografik-hududiy jihatdan yondoshiladiyondashiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshoxlarningpodshohlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi.
 
== Adabiyot ==