Tarix falsafasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teg: Mobil qurilma orqali
Added image to page
Teg: Mobil qurilma orqali
Qator 1:
[[File:Abu_Rayhon_Beruniy_2014-05-23_09-44.jpg|thumbnail|Abu Rayhon Beruniy]]
 
'''Tarix falsafasi''' - tarixni falsafiy sharlash va baholash. "T.f." atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon boʻlsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. T.f.ning quyidagi yoʻnalishlari bor: teologik (ilohiyot) T.f. — xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb hisoblaydi; metafizik T.f. — hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va koʻrinishga kiradigan tushunchalar tizimini T.f. deb biladi; idealistik T.f. — unda gʻoyalar, insonning axloqiy tushunchalari, maʼnaviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik T.f. uchun inson hissiyoti va tuygʻusi orqali olamni anglash, oʻtmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik T.f. — unda iqtisodiy omillarga katta eʼtibor beriladi; tarixni yoʻnaltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iqtisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qoʻyib yoki jamoani birinchi qoʻyib fikr yuritadigan T.f. ham mavjud. T.f.da, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, feʼlatvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi.