Narniya yilnomalari: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
 
Ularda bolalarning [[Narniya]] nomli dunyodagi sarguzashtlari haqida soʻylanadi.<br />
[[НарнияNarniya]] — bu boshqa dunyodagi sehrli mamlakat, u yerda ayrim hayvonlar soʻzlasha oladi, [[sehrgarlik]] hech kimni hayratga solmaydi, [[yaxshilik]] esa doimo [[yomonlik]]ka qarshi kurashadi. '''''Narniya xronikalari''''' yosh oʻquvchilarga tushunarli tarzda bayon etilgan [[xristianlik|xristian]] gʻoyalariga koʻpgina ishoratlarni saqlaydi ([[Clive Staples Lewis]] Oksford kollejida ilohiyot oʻqituvchisi boʻlib ishlagan), ammo bu asarlarni faqatgina sarguzashtlar, yorqin obrazlar va [[asotir|asotirlar]] uchun oʻqish juda qiziqarli.
 
Shuning uchun ular ham bolalar, ham kattalar, ham xristianlar, ham xristian boʻlmaganlar tomonidan sevib oʻqiladi. Xristian mavzulariga qoʻshimcha holda, Lewis [[yunon asotirlari|yunon]] va [[rim asotirlari]], anʼanaviy britan va irland [[ertak]]lari personajlaridan foydalangan.<br />