Vikipediya:Qoida va koʻrsatmalar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Kirish soʻz
Tahrir izohi yoʻq
Qator 16:
=== Til va uslub ===
Maqolalar adabiy [[Oʻzbek tili|oʻzbek tilida]], ilmiy uslubda yozilishi lozim. Maqolalar faqat uchinchi shaxs nomidan yozilishi mumkin. Oddiy tildagi va [[sleng]]dagi soʻzlarni qoʻllab boʻlmaydi. Maqolalarga imzosini qoʻyish va maqolalar ichida oʻz fikrini bildirish mumkin emas: buni munozara sahifalarida yoki matn ichida <nowiki><!-- berkitib --></nowiki> qilish mumkin.
[[Turkum:]]
 
=== Xolis mulohaza bilan va obyektiv tarzda yozing ===
[[Ensiklopediya]]da har qanday hissiyotlar oʻrinsiz. Hamma hodisalarni [[VP:BNN|betaraf nuqtai nazardan]] ifodalang: agar maqoladagi fikr tortishuvli yoki umum qabul qilinmagan boʻlsa, u holda bu fikrga boʻlgan manbani koʻrsatish zarur. Agar qandaydir predmet yoki hodisaga har xil qarashlar mavjud boʻlsa, ularni hammasini maqolada ifodalash maqsadga muvofiq yoki hech boʻlmasa ularning mavjud ekanligini qayd etish kerak. Ayniqsa, [[Vikipediya:Tortishuvli maqolalar|tortishuvli maqolalarni]] hotirjamlik va diqqat bilan tahrirlang.
 
=== Maqola strukturasi ===
Maqolalarda bayonotni oʻquvchi uchun qulay boʻlgan ketma-ketlikda olib boring.
 
Maqolalarning koʻpchiligi mustahkam boʻlgan shablonga ega. Shuning uchun, bir maqolani yoza boshlaganingizda, shu mavzuda boʻlgan boshqa maqolalardan shablonni ishlating.