Olmaota: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Qator 79:
== Iqtisodi ==
[[File:Night Almaty.jpg|300px|thumb|Tungi Almati]]
[[File:Alfar3.jpg|thumb|200px|Al FarobiyFarabi shoh koʻchasidagi biznes markaz]]
Shaharda mashinasozlik va metallsozlik sanoati („Porshen“, stanoksozlik, mexanika-tajriba, past voltli apparatura ishlan chiqarish) korxonalari yetakchilik qiladi. Almatida Qozogʻiston yengil sanoat korxonalari mahsulotining 28 % ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik va moʻyna, ip-gazlama k-tlari, ip-yigiruv, trikotaj, poyabzal, tikuvchilik fabrikalari faoliyat koʻrsatadi. Oziq-ovqat sanoati (goʻsht-konserva, un-yorma, makaron fabrikasi, sut, shampan vinosi, meva-konserva, qandolatpazlik, choy qadoqlash, likyor-araq, vino, pivo, achitqi zavoddlari) korxonalari mahalliy xom ashyo asosida ishlaydi. Elektrotexnika zavodi ham faoliyat koʻrsatadi. Qurilish materiallari, yogʻochsozlik, temir-beton konstruksiyalari va qurilish detallari zavodlari bor. Almatining yoqilgʻi-energetika bazasi [[Qaragʻandi]] havzasining koʻmiri, koʻmir va mazut bilan ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari, Katta Olmasoy daryosidagi GES kaskadlari, Ili daryosidagi Qopchigʻay GESdir. Almatida tijorat banklari, qoʻshma va kichik korxonalar faoliyat koʻrsatmokda.