Hind: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 12 × [[]]; + Turkum:Daryolar, - {{no iwiki}}
Qator 1:
'''Hind''' (sanskritcha[[sanskrit]]cha Sindxu, [[pushtu tilidatili]]da Abba-Sin — daryolar otasi) — [[Xitoy]], [[Hindiston]] va Pokistondagi[[Pokiston]]dagi [[daryo]]. Uz. 3180 km, havzasining mayd. 980 ming km2. [[Kaylas]] tizmasi ([[Tibet togʻligi]])dan, 5300 m balandlikdan boshlanadi. Yuqori oqimida chuqur tektonik vodiyda qoyali daralar hosil qilib, oʻrta va quyi qismida Hindgang tekisligining gʻarbiy qismidagi keng vodiyda irmoqlarga boʻlinib oqadi va [[Arabiston dengizigadengizi]]ga delta (mayd. 8 ming km2km²) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: oʻngdan — [[Gilgit]] va [[Qobul|Kobul]], chapdan — [[Satlaj]]. H. togʻlarda erigan qor-muzlik suvlaridan, qolgan qismida musson yomgʻirlaridan toʻyinadi. Bahor va yozgi toʻlinsuv davrida suv sathi toglarda 10—15 m, tekisliklarda 5— 7 m gacha koʻtariladi. Suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida daryo oʻzani katta masofada marzalar bilan oʻralgan. Haydarobod sh. yaqinida suv sarfi 3850 mUsek., eng yuqorisi 30 ming m3/sek. dan ziyod. Quyi oqimida sugorishga koʻp suv sarflanishi va bugʻlanishi natijasida suvi kamayadi. Qurgʻoqchil yillar quyi oqimida Arabiston dengizigacha yetib bormay, baʼzan qurib qoladi. Daryo yiliga 450 mln. t oqiziq keltiradi. H. havzasida 11 mln. ga yer sugʻoriladi. Koʻplab toʻgʻon va b. irrigatsiya inshootlari qurilgan. Kobul daryosi quyilgan joydan boshlab vaqt-vaqti bilan kema qatnaydi. H. boʻyida Haydarobod, Sukkur sh.lari, deltasi yaqinida Karochi dengiz porti joylashgan.
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Daryolar]]