Surxondaryo (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 20 × [[]]; + Turkum:Daryolar, - {{no iwiki}}
Olaf Studt (munozara | hissa)
k + 1 × [[]]
Qator 1:
{{Maʼnolari|Surxondaryo (maʼnolari)}}
'''Surxondaryo''' — [[Surxondaryo viloyatidagiviloyati]]dagi dare, [[Amudaryo]]ning oxirgi oʻng irmogʻi. [[Qorovultepa]] qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda [[Toʻpolondaryo]] bilan [[Qoratogʻdaryo]]ning qoʻshilishidan hosil boʻladi. [[Boysun]] va [[Bobotogʻ]] tizmalari oraligʻidan jan.gʻarb tomon oqib borib, Termiz sh. yonida Amudaryoga quyiladi. Uz. 175 km (Toʻpolondaryoning boshlanish joyidan esa 297 km), havzasining mayd. 13500 km², togʻli qismi 8230 km². S. havzasi shim.da Hisor togʻ tizmasi, gʻarb va jan.gʻarbda Boysun togʻlari va sharqda Bobotogʻ bilan chegaralangan, jan.da esa Amudaryo vodiysi bilan qoʻshilib ketgan. Eng yirik va sersuv irmoqlari Hisor togʻ tizmasidan boshlanadi. Suv sarfi oʻrtacha 120 m³/ sek., yillik suv hajmi 3,8 mlrd. m³, shuning 2,7 mlrd. m³ (yoki 70%) Hisor tizmasi yon bagʻirlarida hosil boʻladi. S.ning yirik irmoqlari — Toʻpolondaryo bilan Qoratogʻdaryo ham Hisor tizmasidan oqib tushadi. S.ga yirik irmoklardan yana [[Sangardakdaryo]] bilan [[Xoʻjaipok]] daryolari qoʻshiladi. Bir qancha mayda irmoklaridan tashqari yozda deyarli qurib qoladigan soy va jilgʻalar ham bor. Ulardan eng yiriklari [[Vaxshivordaryo]] (24 km), [[Konikon]] (32 km), [[Oqqopchigʻay]] (61 km), [[Okjarsoy]] (51 km) va [[Boysun]] (82 km) soylaridir.
 
S. Boysun togʻlari bilan Bobotogʻ oraligʻida eni 30 km keladigan keng Surxon[[Sherobod]] vodiysi boʻylab oqadi. S. oʻzani hamma qismida tez yemiriluvchan yumshoq jinslardan tuzilgan. Shu sababdan S.ning oʻzani teztez oʻzgarib turadi. Quyi qismida daryo keng qayir boʻylab "daydib" oqadi, natijada eski oʻzan va ular orasidagi orollar yoʻqolib, yangilari paydo boʻladi. Qirgʻoqlari yemirilishi va oʻpirilib tushishi sababli koʻp joylarda tik jarlik shaklini olgan.