Chirchiq (daryo): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 30 × [[]]; + Turkum:Daryolar, - {{no iwiki}}
to`g`ri uzunligi
Qator 2:
'''Chirchiq''' (qad. nomi Parak, "Boburnoma"da Chir, keyingi kichraytirilgan nomi Ch.) — [[Toshkent viloyati]]dagi [[daryo]]. [[Sirdaryo]]nint yirik oʻng irmogʻi. Daryo havzasi jan. va sharqda [[Qurama tizmasi]] va [[Chatqol tizmasi|Chatqol togʻ tizmalari]], shim.
 
da [[Talas Olatovi]] va uning gʻarbiy tarmoklari bilan chegaralangan. Gʻarbiy [[Tyan-Shan|Tyanshan togʻlari]]dagi qor va muzliklardan [[Chatqol]], [[Koʻksuv]] va [[Piskom]] daryolari boshlanadi. 1971 y. gacha Ch. [[Chorvoq]] soyligida Chatqol va Piskom daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlar edi. Endilikda daryo Chorvoq suv omboridan boshlanadi va [[Chinoz]] qishlogʻi yonida Sirdaryoga quyiladi. Uz. 454154 km, havzasining mayd. 14240 km². Ch. tez oqadigan tipik togʻ daryosi, togʻli qismida chuqur, tor va nishab oʻzanda tez oqadi. [[Ugom]] daryosi qoʻshilgandan soʻng Ch. vodiysi kengayadi. Ch. ga bir necha irmoqlar kelib quyiladi. Eng yiriklari Ugom daryosi va [[Oqsoqotasoy]]. Qolgan mayda irmoqlari (Qizilsuv, [[Shoʻrobsoy]], [[Ozodboshsoy]], [[Oqtoshsoy]], [[Tovoqsoy]], [[Qorangkoʻlsoy]], [[Gʻolibasoy]], [[Oltinbeksoy]], va b.)ning baʼzilari yoz va kuz oylarida qurib qoladi. Vodiyning tekislik qismida daryoga birorta ham irmoq qoʻshilmaydi. Ch. qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Suv sarfi [[Xoʻjakent]] qishlogʻi yaqinida 221 m³/sek., Chinoz qishlogʻi yonida 62 m³/sek. Eng koʻp suv sarfi 2160 m³/sek. (1959 y. 8 aprel) va 1452 m³/sek. ga (1914 y. 14 may) yetgan. Bunday katta suv sarfi Ch. daryosi uchun xos emas. Eng kam suv sarfi 22m3/sek. boʻlgan (1956 y. fevral). Ch. Sirdaryoga yiliga 164 m3/sek. suv quyadi. Suv oqimining 52,4% mart—iyun oylarida, 32,1% iyul—sent. va qolgan 15,5% okt.— fevral oylarida oqadi. Yanv.—fevral oylarida suvi kamayib, 52 m3/sek. dan oshmaydi. Ch.da loyqa oqiziqlar kam. Togʻlardan chiqib tekislik boʻylab oqqanda suvi koʻplab irrigatsion tarmoqlar orqali sugʻorishga olinadi. [[Zaxariq]], [[Boʻzsuv]], Qorasuv, [[Shim]]. Toshkent kabi kanallar Ch. daryosidan suv oladi. Daryodan gidroenergetikada ham keng foydalaniladi. [[Qodiriya]], Tovoqsoy, [[Oqqovoq]], Oqtepa, [[Salor]] va uchta Quyi Boʻzsuv, Chorvoq (quvvati 600 ming kVtsoat, Gʻazalkent) GESlar kaskadi shular jumlasidandir. Ch. suvi, asosan, Toshkent viloyati hududidagi ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi (Ch. — Boʻzsuv sistemasi Oʻzbekiston hududida 100 ming gektardan ziyod yerni sugʻoradi), shuningdek, [[Toshkent]], Chirchiq, [[Yangiyoʻl]], [[Gʻazalkent]] sh.larini va koʻp qishloqlarni suv bilan taʼminlaydi. Ch. oʻrta oqimida uning oʻng sohilidagi terrasalarda Toshkent sh. joylashgan.
 
{{stub}}