Sergey Lavrov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"{{Shaxsiyat |ismi = Sergey Viktorovich Lavrov |tasvir = Sergey_Lavrov_17.03.2010.jpeg |eni = 220px |tavsif = Rossiya Tashqi ishlar..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi
(Farq yoʻq)

22-Iyun 2014, 14:48 dagi koʻrinishi

Sergey Viktorovich Lavrov (ruscha: Серге́й Ви́кторович Лавро́в, 21-mart, 1950-yil, Moskva, Rossiya) — 2004-yildan Rossiya Tashqi ishlar vaziri, Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi.

Sergey Viktorovich Lavrov
Tavalludi 21-mart 1950-yil (1950-03-21) (74 yosh)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Mariya Lavrova
Bolalari Yekaterina Lavrova

Biografiyasi

Otasi gruzin, onasi rus edi[1][2]. 1972-yilda Moskva davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan. Ingliz, fransuz, singal tillarini biladi. 1972-1976-yillarda — SSSRning Shri Lankadagi elchixonasi attashesi. 1976-1981-yillarda SSSR Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo’limi xodimi. 1981-1988-yillarda — Rossiyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi maslahatchisi. 1988-1992 — SSSR Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro iqtisodiy aloqalar bo’limi boshlig’i. 1992-1994 – Rossiya Tashqi ishlar vazirining o’rinbosari. 1994-2004 – Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili. 2004-yil 4-martda Prezident Vladimir Putin tomonidan Rossiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan[3]. 2008-yilda Prezident Dmitriy Medvedev uni yana shu lavozimga tasdiqlagan. 2012-yilda Prezident Vladimir Putin tomonidan yana Rossiya Tashqi ishlar vaziri etib tayinlangan[4][5]. 1991-yilgacha KPSS a’zosi bo’lgan.

Manbalar

Havolalar


Avval kelgan:
Igor Ivanov
 
Rossiya Tashqi ishlar vaziri

2004-yildan
Keyin kelgan:<br./>