Qoraqum: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 19 × [[]]; + Turkum:Oʻrta Osiyo; - {{no iwiki}}
Qator 1:
'''Qoraqum''' — Osiyodagi[[Osiyo]]dagi eng katta qumli [[choʻl]]. [[Oʻrta OsiyoningOsiyo]]ning jan.da. Turkmanistonning[[Turkmaniston]]ning asosiy qismini egallaydi. Shim.da [[Sariqamish botigʻi]], shim.sharqda va sharqda [[Amudaryo]] vodiysi[[vodiy]]si, jan.-sharqda [[Qorabel]] va [[Bodxiz qirlari]], jan.da [[Kopetdogʻ]] etaklari, gʻarbda qad. daryo oʻzani [[Oʻzboʻy]] bilan chegaradosh. Mayd. 400 ming km2. Q.ning asosiy qismi yosh grabenda joylashgan pasttekislikdan iborat. Oʻrtacha bal. 100 m, jan.-sharqida 200—300 m, shim.-gʻarbida esa 30—50 m. Q.da [[paleogen]] davrining oxiri ([[oligotsen]])gacha dengiz rejimi hukm surgan. Dengiz chekingach, [[allyuviy|allyuvial]] yotqiziqlar toʻplangan. Q.ning shim. qismlari Amudaryo, jan. qismlari [[Tajan]], [[Murgʻob]] daryolari va Kopetdogʻdan oqib tushgan qad. daryo yotqiziqlaridan hosil boʻlgan. Q. tabiiy geografik jihatdan uch qismga: Ungʻuzorti Q. (shim.da), Markaziy (Past) Q. va Jan.-Sharqiy Q.ga boʻlinadi. Q.ning morfoskulptura relyefi juda murakkab. Unda toʻzima [[barxan]] qumlari, barxan zanjirlari, pastak kum tepalari, doʻng qumlar, qator tepa qumlari va koʻzanak qumlar kabi eol relyef shakllari keng tarqalgan. Pastqam yerlarda shoʻr, shoʻrxok va taqirlar uchraydi. Q.ning 9/10 qismi qumli yerlardan iborat. Qator tepa qumlari Markaziy Q. bilan Ungʻuzorti Q.ida keng tarqalgan. Ular meridianal yoʻnalgan, mustahkamlangan uzun qum tepalaridir. Jan.-sharq va markaziy qismlarida qator tepa qumlarining bal. 3—5 m dan 30 m gacha, ular orasidagi chuqurlik (joʻyak)larning eni 150—200 m. Qad. Amudaryoning [[miotsen]] va [[pliotsen]] gil-qum yotqiziqlaridan tuzilgan Ungʻuzorti Q.ida qator tepa qumlarining bal. 40—60 m, ular oraligʻi esa oʻrtacha 0,5 km boʻlgan qator shoʻrxok soyliklardan iborat. Ungʻuzorti platosi epigersin plitada joylashgan boʻlib, ustini qalin mezokaynozoy yotqiziqlari qoplagan. Platoning yuzasi nisbatan tekis boʻlib, koʻproq paleogen davrining qumtosh, mergel va gillaridan tashkil topgan. Bular orasida gips va oltingugurt qatlamlari uchraydi. Markaziy (Past) Q. chekka bukilmada joylashgan boʻlib, paleozoy jinslaridan iborat. Amudaryo Markaziy Q.dan (bundan taxm. 20—30 ming yil avval) oqmay qoʻygan. Hazar dengizi (taxm. 15—20 ming yil avval) Markaziy Q.da sathi 50 m mut-laq balandlikdagi keng qoʻltiq hosil qilganda, uning suvi shoʻr edi, chunki Amudaryo Xorazm botigʻi tomon oqqan.
 
Q.ning iqlimi keskin kontinental, quruq subtropikka xos xususiyatlari bor (moʻʼtadil havo massalari yozda tropik havo massalari bilan almashinib turadi). Shim.da yanvarning oʻrtacha t-rasi —5°, jan.da 3°, iyulniki shim.da 28°, jan.da 34°. Havo trasining sutkalik amplitudasi juda katta (50°gacha, tuproqda 80°gacha). Yillik yogʻin 60 mm dan 150 mm gacha (jan.da koʻproq). Yogʻinning 70% noyabr—apr. da yogʻadi. Vegetatsiya davri 220—275 kun. Yiliga 30—60 kun garmsel esadi. Q.ning shim.-sharqiy chegarasidan Amudaryo oqib oʻtadi; Tajan va Murgʻob daryolari qumga singib ketadi. Q. grunt suvlariga boy: Amudaryo yaqinida 3—6 m dan (bu daryo Q.dagi hamma yer osti suvlarining asosiy manbaidir), Qorabel qirlarida 300 m gacha chuqurlikda yotadi. Q.da boʻz qoʻngʻir (asosan, Ungʻuzorti Q.da), choʻl qum tuproqlari, shoʻrxoklar va taqir tuproqlar tarqalgan. Jan. va jan.-sharqiy qismlarida qisman boʻz tuproqlar uchraydi. Bahorda Q.ning barxan qumlaridan tashqari hamma hududi efemer va efemeroidlar bilan qoplanadi. Rang (iloq) qoʻylarning asosiy ozuqasi, oq va qora saksovul, butalardan qandim, quyon-suyak, chakanda, astragallar Q.ning tro-pik oʻsimliklaridir. Barxan qumlarini mustahkamlashda selin, quyonsuyak va qandim, cherkez katta ahamiyatga ega. Sut emizuvchi hayvonlardan jayran, qarsaq tulki, boʻri, barxan mushugi, dasht mushugi, kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan boyqush, toʻrgʻay, choʻl qargʻasi, chumchuqlar yashaydi. Sudraluv-chilardan ilonlar (charx ilon, oʻq ilon, dasht boʻgʻma iloni, koʻzoynakli ilon va b.), kaltakesaklar — aga-ma, gekkon, echkemar (uz. 1,5 m gacha), dasht toshbaqasi xos. Falanga, qoraqurt va chayonlar bor. Choʻlning koʻp qismi qoʻy va tuyalar uchun yil boʻyi yaylov. foydali qazilmalari: oltingugurt, neft, gaz. Q.ning jan. qismidan Qoraqum kanali oʻtgan. q. orqali Oʻrta Osiyo — Markaz gaz quvuri oʻtkazilgan. Q.da ekstensiv chorvachilik mavjud. Daraxtlar oʻtkazish va koʻchma qumlarni mus-tahkamlash hamda yaylov oʻsimliklari fitomelioratsiyasi boʻyicha ishlar amalga oshirilgan. Jan.Sharqiy Q.da Turk-maniston FAning Repetek qumli choʻl i.t. stansiyasi joylashgan.
Qator 9:
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Oʻrta Osiyo]]