Alisher Usmonov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 24:
 
== Omadli tadbirkor ==
Alisher Usmonov katta daromadlarini ilk bora [[Moskva Davlat Insituti]]ni tamomlagach, 80-yillarning oxirida yelim xaltalarni ishlab chiqarish orqasidan topgan.<ref>[http://www.milliarder.uz/alisher-usmonov-ozbek-milliarderi/ Alisher Usmonov  — Oʻzbek Milliarderi]</ref> Xom-ashyoning arzonligini bilib va yelim xaltalar bozorining katta boʻlishiga koʻzi yetgan Alisher Usmonovning sof daromadi uning kelajakdagi [[tadbirkor]]liklari mevasining ilk koʻrinishi edi. Usmonov, orttirgan daromadlarini toʻplab, oʻsha vaqtda koʻpchilikning nazariga ilinmaydigan va endigina rivojlanishni boshlayotgan [[Gazprom]] korxonasiga tikadi. Usmonov, Gazpromning kundalik ishlari bilan yaqindan shugʻullanishni boshlaydi va keyinchalik Gazpromning metal ishlarini boshqaruvchi MetalloInvest kompaniyasiga doʻsti Vasiliy Anisimov bilan birgalikda asos soladi. Xozirda MetalloInvest Rossiyaning bir qancha koʻzga koʻringan konlari va konchilik korxonalarini oʻz qoʻl ostiga olgan.
Alisher Usmonov [[Gazprom]] qoshidagi GazpromInvestHolding deb nomlangan korxona rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayapti. GazpromInvestHolding Gazpromning „eng yirik, muhim va nozik“ oldi-berdilarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi korxona hisoblanadi.
 
[[2006]]-yilning oʻrtalaridan boshlab, Alisher Usmonov ommaviy-axborot vositalari va telekom korxonalariga oʻz sarmoyasini sarflashni boshlaydi. Shu yilning oʻzida u $200 millionga [[Kommersant]] oynomasini sotib oladi. Keyinchalik [[Rossiya]]ning taniqli kanallaridan boʻlgan 7TV va MUZ-TV larning ham yirik sarmoyadorlaridan biriga aylanadi. [[Rossiya]]ning kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turuvchi Megafon telefon operatorini ham katta qismini sotib olgan.
 
Usmonov keyinchalik [[Digital Sky Tehcnologies]] (DST) deb nomlangan firmaga tadbirkor sherigi [[Yuriy Millner]] bilan birgalikda asos soladi. Alisher Usmonov DST ning eng asosiy sarmoyadori hisoblanadi. DST dagi sarmoyalarining asosiy qismi jahonning eng yirik va eng koʻp foydalaniladigan vebsayt va portallariga sarflangan. Mail.ru, Odnoklassniki.ru, Vkontakte.ru lar shular jumlasidandir. 2009-2010-yillarda Alisher Usmonov va [[Yuriy Millner]] kattaroq korhonalarga pul tikishni boshlaydilar. Shular qatorida  — Facebook.com ning qariyb 1.96  % ulushini DST $200 million miqdordagi pulga sotib oladi va Facebook.com tarmogʻining $10 milliardga baholanishiga sabab boʻladi. Oʻsha paytta koʻpchilik Alisher Usmonovning Facebook.com ni bu qadar yuqori baholab, shaxsiy pulining shunchasini ajratishining sababini tushunishmagan edi.
Alisher Usmonov yana boshqa, xozirda kunda juda taniqli boʻlgan Twitter.com, Groupon.com vebsaytlari va internet oʻyinlarini ishlab chiqaruvchu Zynga kompaniyalarining ham ilk sarmoyadorlaridan hisoblanadi. [[2010]]-yilda, yuqorida aytib oʻtilgan qilingan sarmoya va topilgan daromadlar tufayli, Usmonovning sherigi [[Yuriy Millner]] ham [[Forbes]] ning milliarderlari reytingidan joy oldi.
 
Qator 36:
[[2013]]-yil Alisher Usmonov [[Apple]]ʼning 100 million dollarlik aksiyalarini sotib oldi.<ref>[http://kun.uz/2013/04/30/applesher/ Alisher Usmonov Appleʼning 100 million dollarlik aksiyalarini sotib oldi]</ref> Ishbilarmon aksiyalarni qachon sotib olganiga aniqlik kiritmagan, biroq, kompaniyaning qiymati 100 milliard dollarga arzonlashganidan soʻng, Appleʼning qimmatli qogʻozlarini sotib olish yaxshi fursat kelganini qayd etib oʻtgan.
=== Sportdagi faoliyat va homiylik ===
Usmonov sport tashkilotlari bilan ham bogʻlangan: u Xalqaro Qilichbozlik Federatsiyasi (FIE) prezidenti. [[2012]]-yili ikkinchi marta Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi  — FIE prezidenti etib saylangan.<ref>[http://www.bbc.co.uk/uzbek/lotin/2012/12/121210_latin_alisher_usmanov_fencing.shtml Alisher Usmonov yana xalqaro qilichbozlik tashkiloti prezidenti etib saylandi]</ref>
Federatsiya kongressi Moskvada bo‘lib o‘tgan. U ilk bor Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga 2008 yilda saylangan edi. Ovoz berishda janob Usmonov federatsiyani uzoq vaqt boshqargan frantsiyalik Rene Rok ustidan g‘alaba qozongan edi. Janob Rok qilichbozlik federatsiyasining faxriy prezidenti lavozimini egallagan.
 
Qator 71:
 
{{commonscat|Alisher Usmanov|Alisher Usmonov}}
 
[[Turkum:Milliarderlar]]
 
{{bio-stub}}