Warren Buffett: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 18:
'''Warren Edward Buffet''' ({{talaffuz|Uorren Edvard Baffett}}; {{uzb-kirill|Уоррен Баффетт}}; 30-avgust, 1930) Amerikalik [[biznesmen]] [[magnat]], investor va saxovatpesha (philanthropist). U dunyodagi eng omadli investorlardan biri deb keng tan olingan. Koʻpincha uni "„Warren Buffet-afsonaviy investor“ deb ataydilar. U Berkshire Hathaway kompaniyasining asoschisi, aksioneri va direktori. U dunyodagi eng badavlat insonlar roʻyxatida oʻz oʻrniga ega. <ref>[http://www.milliarder.uz/uorren-baffet-warren-edward-buffet/ Uorren Baffet (Warren Edward Buffet)]</ref>
 
[[2008]]-yil dunyoning eng boy odami deb eʼtirof etilgan boʻlsa, [[2011]]-yilga kelib dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatining 3-oʻrniga tushib qoldi. Buffetni „Omaha sehrgari“, „Omaha bashoratchisi“ yoki „Omaha donishmandi“ deb ham ataydilar ([[Omaha]]-oʻzi tugʻilgan joy nomi). Warren oʻzining falsafiy [[investitsiya]] qiymatiga ishqibozligi va oʻzining ulkan boyligiga qaramasdan shaxsiy (tugʻma) qobiliyati bilan mashhur. Shuningdek, Buffet yana koʻzga koʻringan sahovatpeshalardan ham biri hisoblanadi. Uning fikriga ([[falsafa]]siga) koʻra baxtning 99  %i xayrli ishlardan kelib chiqadi. U yana Grinell Kollejining moliya boshqaruvchisi aʼzosi sifatida ham xizmat koʻrsatgan.
==Biografiyasi==
Buffet [[1930]]-yili [[Nebraska]] shtatining [[Omaha, Nebraska|Omaha]] shahrida tugʻilgan. 3 farzandning ikkinchisi va oiladagi yagona oʻgʻil. Buffet ilk taʼlimni [[Omaha]]dagi Rose Hill boshlangʻich maktabida oladi. [[1942]]-yili uning otasi [[AQSH]] Kongressiga saylanganidan keyin ularning oilasi [[Washington]] DC ga koʻchib oʻtadi. Keyinchalik Warren Alice Deal 7-oʻsmirlar oʻrta maktabiga kiradi va [[1947]]-yil Woodrow Wilson yuqori maktabini bitiradi. Buffet kichkinaligidayoq pul jamgʻarishni boshlagan. U eshikma-eshik yurib saqich, [[Coca-Cola]] yoki haftalik jurnallarni sotish bilan shugʻullangan. Bir qancha vaqt davomida bobosining baqqollik doʻkonida ham ishlagan. Yuqori sinflarda oʻqib yurgan kezlarida gazetalar tarqatish, [[golf]] koptoklari, [[marka]]lar sotish va mashinalarni tuzatish orqali ancha-muncha pul yigʻadi. [[1945]]-yil universtitetning 2-kursdaligida Buffet va uning doʻsti mahalliy sartaroshxonaga oʻrnatgan pinball mashinasi uchun $25 sarflagan. Buffet bolalik paytidanoq [[aksiya]] bozori va [[investitsiya]] kiritishga qiziqgan. Shahar xizmatining imtiyozli [[aksiya]]laridan 11 yoshida oʻzi va singlisi uchun 3tadan sotib oladi. Universtitetda oʻqish davomida [[biznes]]ga pul tikadi va otasiga qarashli fermani sotib olib, ijarachi fermer sifatida faoliyat yuritadi. Kollejni bitirish arafasida Buffet $90,000 dan koʻp pul toʻplagan.
Qator 36:
<references/>
==Havolalar==
 
[[Turkum:Milliarderlar]]