Chatqol tizmasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
Yangi maqola yaratildi
 
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 60 × [[]] + Turkum:Togʻlar, + Turkum:Oʻrta Osiyo; - {{no iwiki}}; {{stub}}→{{geo-stub}}
Qator 1:
'''Chatqol tizmasi''' - Gʻarbiy [[Tyan-Shan|Tyan shandagi]] togʻ tizmasi. [[Qirgʻiziston]] va [[Oʻzbekiston]] hududlarida. [[Fargʻona vodiysi|Fargʻona]] va [[Chatqol vodiysi|Chatqol vodiylarini]] birbiridan ajratib turadi. Jan.gʻarbdan shim.sharqqa 220 km choʻzilgan. Shim.sharqiy qismida [[Talas OlatovidanOlatovi]]dan Terekbel dovonining gʻarbrogʻida ajralgan, jan.gʻarbda [[Chirchiq vodiysidavodiysi]]da tugaydi. Bal. 3000—3500 m, eng baland joyi 4503 m. Ch.t. da birbiridan daryolar bilan ajralgan bir kancha togʻ massivlari bor. Bulardan yiriklari [[Surenota]], Qizilnura, Uchtosh, [[Arashon]], [[Sargardon]], Qumbel va b. Ch.t. asimmetrik tuzilishga ega. Shim. va shim.gʻarbiy yon bagʻirlari [[Chatqol]] daryosi vodiysidan tik koʻtarilgan. Jan. va jan.sharqiy yon bagʻirlari esa kiyaroq. Suvayirgʻich qismida koʻplab tik koʻtarilgan choʻqqilar bor. Yon bagʻirlari zich daryo vodiylari bilan kesilgan, denudatsion yuzalar tarqalgan.
 
Tektonik jihatdan gersin burmalanishi davrida shakllangan antiklinoriy. Hoz. balandligiga bugungi kunlarda ham davom etayotgan yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilgan. Ch.t., asosan, [[paleozoy]] davri choʻkindi, metamorfik, otqindi togʻ jinslari ([[slanetslar|slanets]], [[ohaktoshlar|ohaktosh]], [[granit]], [[granodiorit]], [[porfir]] va b.)dan tashkil topgan. Etaklarida [[paleogen]], [[neogen]], [[Toʻrtlamchi sistema geologiyasi|toʻrtlamchi]] davr [[shagʻal]], [[gil]], [[konglomerat]], [[lyoss]] katlamlari uchraydi. Suvayirgʻich va unga yondosh qismlarida qad. muzliklar[[muzlik]]lar qoldirgan muzlik yotqiziqdari (morenalar) ham tarqalgan. Iqlimi kontinental, kishi sovuq, yozi salqin, sernam. Yiliga 1000 mm dan ziyod yogʻin tushadi (gʻarbiy qismida yogʻingarchilik kamroq). Tuproqoʻsimlik qoplami balandlik mintaqalari boʻyicha togʻdasht mintaqasidan boshlanib, abadiy qorlar bilan qoplangan nival mintaqada tugaydi. Tizmaning etaklarida boʻz tuproqlar tarqalgan. Ularda [[lola (gul)|lola]], [[lolaqizgʻaldoq]], rang , [[qoʻngʻirbosh]], oq kavrak, [[bugʻdoyiq]], [[chalov]], [[betaga]], [[taktak]], [[boʻtakoʻz]], butalardan [[doʻlana]], [[togʻolcha|togolcha]], [[achchiqbodom]] va b. oʻsadi. Yuqoriroq qismlarida qoʻngʻir togʻoʻrmon, kashtan tuproqlarda baland boʻyli oʻtlar, tikanli [[bodom]], doʻlana, [[zirk]], [[archa]], [[yongʻoq]], [[qoraqaragʻay]], [[zarang]] , [[qayin]] va b. uchraydi. 3000 m balandlikda subalp, alp oʻtloqdari mavjud. TTGuningdek, [[mushukquyruq]], alp lolasi, [[yovvoyi piyoz]], kiziltikan, kavrak va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan [[qobonlar|qobon]], [[boʻrsiq]], [[olmaxon]]; tizmaning baland qismlarida kiyik, [[qor qoploni]], [[silovsin]], [[boʻri]], [[ayiq]], [[tulki]] va b.; qushlardan [[kaklik]], [[kaptarlar|kaptar]], [[bulbul]], [[qirgʻiylar|qirgʻiy]], [[lochin]], [[kalxatlar|kalxat]] va b. uchraydi.
 
CH.t. hududida [[Sarichelak qoʻriqxonasi]] va [[Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi|UgomChatqol davlat tabiat milliy bogʻi]] tashkil etilgan. Ch.t.ning tabiiy resurslaridan eng muhimlari: qazilma boyliklar, suvenergiya resurslari, shifobaxsh iqlimi, mevali va dorivor oʻsimliklaridir.
 
Murod Mamatqulov.
 
{{geo-stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Togʻlar]]
[[Turkum:Oʻrta Osiyo]]