Barg: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
DastyorBot (munozara | hissa)
k imlo
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 10 × [[]]; + Turkum:Botanika
Qator 1:
'''Barg''' ([[lotin tili|lot.]] {{lang|la|folium}}, [[yunon tili|yun.]] phyllon) — yuksak o‘simliklarning[[o‘simliklar]]ning asosiy vegetativ organlaridan biri, [[fotosintez]], [[transpiratsiya]] va gaz almashinuvi vazifasini bajaradi. Ba’zi o‘simliklar barglari evolyutsiya davomida yashash sharoiti ta’sirida shakli o‘zgarib, oziq yoki suv g‘amlash, himoya qilish, ilashish kabi qo‘shimcha funksiyalarni bajarishga moslashgan. B.ning kattaligi turlicha, odatda 3—10 sm, ayrim o‘simliklar (mas, [[palmadoshlar|palma]], [[banan]]) B. 20 m ga yetadi. B.ning plastinkasimon kengaygan qismi yaproq, novdaga yopishish uchun xizmat qiladigan ingichka qismi B. bandi deyiladi. Bir qancha o‘simliklar ([[bug‘doydoshlar]], [[ziradoshlar]]) B. bandi kengayib, novdani o‘rab turadigan qinni hosil qiladi. Ba’zi o‘simliklar ([[yalpizdoshlar]])da B. bandi bo‘lmaydi, yaprog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri novdaga birlashadi. Bunday B. o‘troq deyiladi. B.ning fotosintez qiladigan sathi yaproqning shakli va kattaligiga bog‘liq. Yaproqning yassi bo‘lishi B.ning fotosintez qiladigan yuzasi sathini oshiradi.B. oddiy va murakkab bo‘ladi. Oddiy B. bandida bitta, murakkab B. bandida bir necha yaproq bor. Oddiy B. yaprog‘ining shakliga ko‘ra yumaloq, tuxumsimon, nashtarsimon, to‘g‘ri chiziqpi, ninasimon, yuraksimon, doirasimon va b.; qirrasining tuzilishiga ko‘ra tekis qirrali, tishli, kungurali; i. 1 mm2 barg yuzasida og‘izchalar soni 40 dan 500 gacha, ba’zan undan ham ko‘proq bo‘ladi. Og‘izchalar ayniqsa sernam joylarda o‘sadigan o‘simliklar bargi kutikula, yog‘simon moddalar yoki tuklar bilan qoplangan, barg plastinkasi kichik, ko‘pincha etli; barg orqali suvning ko‘p bug‘lanishiga imkon bermaydi. Epidermis ostida B. eti (mezofill) joylashgan. B. eti ko‘pchilik o‘simliklarda ustki epidermis ostida joylashgan 1 — 2 qator hujayralardan iborat ustunsimon to‘qima va uning ostidagi g‘ovak to‘qimadan tashkil topgan. B. eti hujayralari (ayniqsa ustunsimon to‘qima) B.ga yashil rang beruvchi xloroplastlarga boy. Xloroplastlar ishtirokida hujayralarda fotosintez sodir bo‘ladi. B. etidan tomirlar o‘tadi. Ular har xil shaklda bo‘lib, sistematik ahamiyatga ega. Ikki pallali o‘simliklar B. to‘rsimon yoki patsimon, bir pallalilar esa parallel yoki yoysimon tomirlangan. Tomirlar lub va yog‘ochlik tolalaridan hamda o‘tkazuvchi va to‘rsimon naylardan iborat. Tomirlar yaproquchun tayanch sinch vazifasini o‘taydi. O‘tkazuvchi naylar orqali suv va mineral oziq moddalar iddizdan barg mezofili hujayralariga to‘xtovsiz kelib turadi. B. hujayralarida sintezlangan mahsulotlar tomirlardagi to‘rsimon naychalar orqali o‘simlikning boshqa qismlari, ya’ni poya, ildiz, gul, mevalarga yetkazib beriladi. B. yuzasining keng bo‘lishi uning karbonat angidridni faol qabul qilishi, ko‘p miqdorda suv bug‘latishi va kislorod ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi. I ga maydondagi yashil o‘simliklar bir kecha-kunduzda 150 — 500 kg karbonat angidridni o‘zlashtirib, 60 — 400 kg kislorod ajratadi va 100 t gacha suv bug‘latadi. Bu jarayonda B. 75 — 250 kg gacha organik modda hosil qiladi. B.ning yashash muddati ham turlicha bo‘lib, ayrim o‘simliklar B. Bir necha hafta, boshqalari bir necha yilgacha (mas, lavr bargi 3 —4 yil, Yevropa archasi bargi 8—10 yil, Shrenka archasi bargi 30 yil) yashaydi. B. hayoti fotosintez va metabolitik jarayonlarning izchilligi bilan bog‘liq. Bu jarayonlar sekin kechadigan ninabarglilarning bargi nisbatan uzoq yashaydi. B. cheklangan o‘sish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan boshqa o‘simlik organlaridan farq qiladi. Yaproqning o‘sishi cheklanganligi, biroq B. bandning o‘sishi to‘xtovsiz davom etaverishi tufayli B. yaprog‘i yorug‘likka o‘girilish xususiyatiga ega bo‘ladi.O‘ktam Pratov.www.ziyouz.com kutubxonasi 110
 
== Adabiyotlar ==
Qator 6:
 
{{OʻzME}}
[[Turkum:Botanika]]