Poya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Birlashtirish andozasi almashtirildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 4 × [[]]; + Turkum:Botanika, - {{no iwiki}}
Qator 1:
{{birlashtirish|Tana}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
'''Poya''', tana ({{lang|la|caulis}}) — [[oʻsimliklar|oʻsimlikning]] [[shox]], [[barg]] va gullari[[gul]]lari joylashgan asosiy oʻqi. Boʻgʻim (barg oʻrni) va boʻgʻim oraliqlaridan iborat. P. ildiz bilan barglar ora-sida moddalar harakatini taʼminlaydi. Baʼzi oʻsimliklarning poyasi metamor-fozlashgan (shakli oʻzgargan) boʻlib, suv va oziq moddalarni toʻplash (kartoshka), himoya (doʻlana va yantoklarning tikanlari), ilashish (tok va oshkrvoklarning jingalagi), vegetativ koʻpayish (ajriq, qulupnay poyalari) vazifalarini baja-radi. Bir yillik va koʻp yillik, yer ustki va yer ostki, yoyuchlangan va yogochlanmagan P.lar bor. P. silindrsimon, koʻp kir-rali, yassi, gadir-budur yoki silliq boʻladi. Asosan, uchidagi oʻsish konusi hujayralarining boʻlinishidan P. boʻyiga oʻsadi; baʼzi usimliklar (mas, gʻalladoshlar) P.si boʻgʻim oraligʻining uzayishidan ham usadi. P.ning buyi, yugʻonligi turlicha. Yusinlar P.sining uzunligi bir necha sm, diametri bir necha mm, sekvoyyalar poyasining uz. 150 m, diametri 10—12 m. Lianalar P.si 200—300 m keladi.
 
Poyaning anatomik tuzilishi sistematik guruxlariga kura, sodda yoki murakkab buladi. Mas, tuban yusinlar P.si faqat bir xil parenxima hujayralaridan, poyabargli yusinlar P.si qobiq va suv oʻtkazuvchi toʻqimadan, pla-unlar poyasi esa ksilema va floemalyan iborat utkazuvchi toʻqimadan tuzilgan. Qirqboʻgʻimlar poyasining ichi gʻovak boʻlib, oʻtkazuvchi toʻqimalar aylana joylashadi. Qirqqulokdar P.sining marka-zi narvonsimon joylashgan traxeidalardan tuzilgan ksilema elementlaridan iborat; uni floema pardasi oʻrab turadi. Bundan tashqarida bir necha kavat hujayralardan tuzilgan peritsikl joylashgan. Mana shu markaziy silindr birlamchi qobiq, tashqi tomondan epidermis bilan oʻralgan. Birlamchi qobiqning eng ichki — peritsikl bilan chegaradosh qavati endoderma deb ataladi.
Qator 12:
 
{{stub}}
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
[[Turkum:Botanika]]