Hasharotlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 14 x [[]], imlo; + Turkum:Hayvonlar
Qator 1:
'''Hasharotlar''' (1shes1a{{lang|la|Insecta}}<!--1шес1а-->) - [[boʻgʻimoyoqlilar|boʻgʻimoyoqli]] [[umurtqasizlar|umurtqasiz hayvonlar]] sinfi[[sinf]]i. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi[[tur (biologiya)|tur]]i maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. H. sinfi [[oyoqdumlilar]], [[qoʻshdumlilar]], [[qoʻngʻizlar]], [[tuyaboʻyinlar]], [[toʻrqanotlilar]], [[kapalaklar]], [[burgalar]], [[termitlar]], [[qandalalar]] kabi 34 turkumga[[turkum]]ga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm — 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va b.ga xos. Soʻruvchi H.da esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va b. sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli H.ning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. H.ning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot — imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. H.ning hayot sikli boʻgʻin (avlod)lar soni, mavsumiy dinamika (oʻzgarish)ning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.
 
Tabiatda H. turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. H. xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. H.ning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham H.ning roli katta (q. [[Entomofaglar]]); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa man-bai. H. xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali H.dan amaliyotda foydalanish va zararkunanda H.larga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi.
Qator 8:
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
[[Turkum:Hayvonlar]]