Xurmo: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ 29 × [[]]; +Turkum:Ikki pallali oʻsimliklar, -{{no iwiki}}
Olaf Studt (munozara | hissa)
+ {{Maʼnolari|Xurmo palmasi}}
Qator 1:
{{Maʼnolari|Xurmo palmasi}}
'''Xurmo''' ({{btname|Diospyros}}) — [[xurmodoshlar]] [[oila (biologiya)|oila]]siga mansub subtropik [[daraxt]] yoki [[buta]]lar [[turkum]]i, ekiladigan [[mevali oʻsimliklar|meva daraxti]]. [[Tropik mintaqalar|Tropik]] va [[subtropik mintaqalar]]da 500 ga yaqin [[tur (biologiya)|tur]]i uchraydi. [[Xitoy]], [[Yaponiya]], [[Oʻrta dengizboʻyi oʻlkasi|Oʻrta dengiz boʻyi]] [[mamlakat]]lari, [[Avstraliya]], [[AQSH]], [[Kavkaz]], [[Oʻrta Osiyo]]da ekiladi. Mevasi uchun, asosan, sharq X., sovuqqa chidamli virginiya X.si ({{btname|D. virginiana}}), shuningdek, Kavkaz X.si ({{btname|D. lotus}}) oʻstiriladi. Oʻzbekistonda ekiladigan sharq X.si ({{lang|la|''D. kaki'' Tpip.}})ning vatani — Xitoy. Daraxti 8—12 m, chiroyli, shoxshabbasi dumaloq yoki piramidasimon. 100 —400 yil, baʼzan undan ham koʻproq yashaydi, lekin 50— 60 yilgacha yaxshi meva beradi. X. —15, —20° gacha sovuqqa chidaydi, yorugʻsevar oʻsimlik. [[Barg]]i yirik tuxumsimon, usti toʻq yashil, orqasi tukli, ketmaket joylashgan, toʻkilish oldidan qizgʻish rangga kiradi.