Kishinyov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Kishinyov''' — [[Moldava|Moldaviya Respublikasi]] poytaxti. Bik daryosi (Dnestrning oʻng irmogʻi) sohilida. T. y. stansiyasi Yanv.ning oʻrtacha t-rasi —3,5°, iyulniki 21,5°. Aholisi 700 ming kishi (1990-y.lar oxiri; shahar maʼmuriyatiga boʻysoʻngan aholi punktlari bilan birga). K.da 3 shahar tumani bor.
 
Hozirgi K. oʻrnida katta qishloq boʻlganligi haqidagi dastlabki maʼlumot 1466 y.ga mansub. 17-a.ning 2-yarmida K. shaharga aylangan. 16-a. boshlaridan 1812 y. gacha Moldaviya knyazligi tarkibida Turkiyaga qaram boʻlgan. 1812 y.da Rossiya imperiyasi Bessarabiyani bosib olgan. 1818 y.dan K. — Bessarabiya viloyati markazi. 1873 y.dan yangidan tuzilgan Bessarabiya gubernyasi tarkibiga kirgan. K.da 1918 y. 1(14) yanvar da shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yili yanvarda shahar Ruminiya tasarrufiga oʻtdi. 1940 y. 2 avg .da Moldaviya Sovet Respublikasi toʻzilgach, K. uning poytaxti, 1991 y.da shoʻrolar imperiyasi qulagach, mustaqil Moldaviya Respublikasi poytaxti boʻldi.