Teleskop: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
CoderSIBot (munozara | hissa)
k Boshqa maʼnolari qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 2:
'''Teleskop''' (tele... va ...yun. skopeo — qarayman) — osmon yoritqichlarini vizual, fotografik, fotoelektrik va spektral usullarda kuzatish uchun moʻljallangan astronomik optik asbob. T. Oy, sayyoralar va yulduzlarning tasvirini kattalashtirib koʻrsatadi. Ishi osmon yoritqichlari tarqatadigan elektromagnit nurlanishlarni tutishga asoslanadi. T.lar gamma T., rentgen, ultrabinafsha, optik, infraqizil va radioteleskop kabi turlarga boʻlinadi. Optik tizimiga koʻra, refraktor, reflektor, koʻzgulinzali tizim va b. deb ataladi (linzalardan yigʻilgan obʼyektivli T. refraktor, botiq koʻzgulardan yigilgan obʼyektivli T. reflektor deyiladi). T. obʼyektivi tushiradigan tasvirning masshtabi obʼyektivning fokus masofasiga, yaʼni yorugʻlik yigʻuvchi obʼyektiv bilan yoritqich tasviri hosil boʻladigan nukta orasidagi masofaga mutanosib boʻladi. Oʻzbekiston FA Astronomiya intida Oʻrta Osiyoda yagona, koʻzgusining diametri 1,5 m boʻlgan T. va koʻp uyali yorugʻlik matritsasiga ega boʻlgan Quyosh T.i bor (2004).
 
{{Commons|Telescope}}
{{stub}}
{{no iwiki}}