Shvetsiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Varlaam (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Shvetsiya_info}}
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Shvetsiya''' (Sverige), Shvetsiya Qirolligi (Konungariket Sverige) — Shim. Yevropada, Skandinaviya ya.o. ning sharqiy qismidagi davlat. Mayd. 450 ming km2. Aholisi 9, 517 mln. kishi (2012). Poytaxti — Stokgolm shahri. Maʼmuriy jihatdan 24 len (gubernya)ga boʻlynadi. Stokgolm lenga tenglashtirilgan mustaqil maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan.
 
 
== Davlat tuzumi ==
Sh. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1975 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligʻi qirol (1973 yildan Karl XVI Gustav). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni riksdag (1 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 18 ⟶ 15:
da tundra oʻsimligi oʻsadi. Tuproqlari podzol, chimli podzol, qoʻngʻir oʻrmon, togʻ podzol, togʻ tundra va botqoq tuproqlar. Sh.da oʻrmon hayvonlari va suv parrandalari koʻproq uchraydi. Abisku, Muddus, SarskShyoffallet milliy bogʻlari va koʻrixonalar bor.
 
Aholisining 91% shvedlar. Shuningdek, saamlar, finlar, norveglar, danlar ham yashaydi. Rasmiy til — shved tili. Dindorlari — xristianlar (asosan, lyuterchilar). Shahar aholisi 83,1%. Yirik shaharlari: Stokgolm, [[Gyoteborg ]], Malmyo.
 
 
== Tarixi ==
Qator 30 ⟶ 26:
Sh. intensiv q.x.ga ega yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 30,5%, qishloq va oʻrmon xoʻjaliginiki 2,2%, xizmat koʻrsatish tarmogʻiniki 67,3% ni tashkil etadi.
 
Sanoatida qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik (kemasozlik, avtomobilsozlik, aviasozlik, elektrotexnika va radioelektronika), yogʻochsozlik va sellyuloza qozoz sanoati yetakchi tarmoqlardir. Kimyo, toʻqimachilik, oziqovqat (sut va goʻsht ishlab chiqarish) rivojlangan. Temir rudasi va rangli metallar qazib olinadi. Energetikasi gidroenergiya resurslari va chetdan keltiriladigan yonilgʻiga asoslangan. Yiliga oʻrtacha 142,9 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi, uning 1/2 qismi GES larga, 1/2 qismi AESlarga toʻgʻri keladi. Asosiy sanoat markazlari: Stokgolm, Gyoteborg , Malmyo, Vesteros, Linchyoping .
 
Qishloq xoʻjaligi sermahsul boʻlib, oziqovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning 80% ni taʼminlaydi. Chorvachilik yetakchi tarmoq hisoblanadi va u goʻshtsut yetishtirishga ixtisoslashgan; qoramol, choʻchqa, shim. bugʻusi boqiladi. Dehqonchilikda yemxashak ekinlari, gʻalla (arpa, suli, bugʻdoy), qand lavlagi, kartoshka ekiladi. Boltiq va Shim. dengizlardan baliq ovlanadi. Oʻrmonda yogʻoch tayyorlanadi.
 
Transportida t.y. uzunligi 10,9 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 136,2 ming km. Dengiz savdo flotining tonnaji 2,74 mln. reg . brutto t. Yirik portlari: Gyoteborg . Stokgolm, Luleo, Malmyo. Daniya,Finlyandiya, Germaniya bilan temir yoʻl, paromlar orqali bogʻlangan. Sh. chetga qogʻoz, karton, sellyuloza, yogʻoch, mashina va jihozlar, temir rudasi, kimyoviy mahsulotlar chiqaradi; chetdan sanoat mahsulotlari, xom ashyo, oziqovqat mollari oladi. Tashqi savdoda Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Norvegiya bilan hamkorlik qiladi. Xorijiy sayyohlik rivojlangan (yiliga 6 mln. kishi kelib ketadi). Pul birligi — shved kronasi.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 40 ⟶ 36:
 
Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari. Mamlakatda 7 yoshdan 9 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan boʻlib, u 3 bosqich (3+3+3) dan iborat. 9 yillik maktabni tugatganlar oʻqishni gimnaziyada davom ettiradi. Sh.da ZOdan ortiq oliy oʻquv yurti bor. Yiriklari: Upsala universiteti, Stokgolm universiteti, Gyoteborg unti (1891), Stokgolmdagi Qirollik oliy texnika maktabi (1827), Gyoteborgdagi Politexnika unti (1829). Sh.dagi mashhur ilmiy muassasalar: Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi, Muhandislik akademiyasi (1919), Upsaladagi qirollik gumanitar fanlar jamiyati (1889), Upsaladagi qirollik tabiiy fanlar jamiyati (1710), Gyoteborgdagi qirollik sanʼat va fan jamiyati (1778), Stokgolmdagi tibbiyotjarrohlik inti, Stokgolmdagi Sh. akademiyasi (1786). Yirik kutubxonalari: Stokgolmdagi qirollik kutubxonasi, Upsala, Gyoteborg untlarining kutubxonalari, Stokgolm va Gyoteborg shahri kutubxonalari. Muzeylari: Milliy muzey, hozirgi zamon sanʼat muzeyi, ent. muzeyi, Stokgolm shahri muzeyi, Tarix muzeyi, Shim. muzey, Milliy dengiz muzeyi, Kronan qalʼasidagi harbiy muzey, arxeologiya muzeyi va boshqalarMatbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Sh.da bir qancha gaz. va jur. nashr etiladi. Yiriklari: "Arbetet" ("Mehnat", kundalik gaz., 1887 yildan), "Aftonbladet" ("Kechki gazeta", kundalik kechki gaz., 1830 yildan), "Vi" ("Biz", haftalik ijtimoiysiyosiy bezakli jur., 1913 yildan), "Gyotebergsposten" ("Gyoteborg pochtasi", kundalik gaz., 1858 yildan), "Dagens nyuxeter" ("Kun yangiliklari", kundalik gaz., 1864 yildan), "Kvellsposten" ("Kechki pochta", kundalik kechki gaz., 1948 yildan), "Metallarbetaren" ("Metallurg", haftalik jur., 1888 yildan), "Svenska dagbladet" ("Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gaz., 1884 yildan), "Syudsvenska dagbladet snellposten" ("Janubiy Shvetsiya haftalik gazetasi", kundalik gaz., 1848 yildan), "Ekspressen" ("Ekspress", kundalik kechki gaz., 1944 yildan). Sh. telegraf byurosi 1921 yil tuzilgan; Sh.dagi gaz.larning aksiyadorlik jamiyati. Sh. radiosi hamda Sh. televideniyesi aksiyadorlik jamiyatlari sifatida 1993 yil tashkil etilgan. Sh.da radioeshittirishlar 1924 yildan, telekoʻrsatuvlar 1956 yildan olib boriladi.
 
 
== Adabiyoti ==
Qator 46 ⟶ 41:
 
larida K.Yu.L.Almkvistning realistik qissalari yuzaga keldi. 70-y.larda Yu.A.Strindberg tanqidiy realizm asoslarini yaratdi. 20-asr boshlarida tanqidiy realizm Ya. Syoderberg , Ya.Bergman, P.S.Siverts ijodida yorqin namoyon boʻldi. D.Anderson, M.Kox. Yu. Chelgren, I.LuYuxanson, M. Martinson proletar adabiyoti vakili sifatida maydonga chiqdilar. P.F. Lagerkvist oʻz asarlarida murakkab axloqiy va falsafiy muammolarga toʻxtalib oʻtdi. Sheʼriyatla A.Esterling , N.Ferlin realistik yoʻnalishda ijod qildilar. 30-y.lar va 2-jahon urushi yillari Sh.da antifashistik adabiyot shakllandi (E. Yunson, V. Muberg , M.Martinson asarlari). 50—70-y.larda realistik nasr anʼanalarini P.A.Fogelstryom, S.Lidman, P.Rodstryom, L.Gustafson va boshqalar davom ettirdi. Hujjatli nasr rivojlandi (A.Lundkvist, S.Lidman, Ye.Palma va boshqalarning ayrim asarlari). A.Lindgrenning bolalar uchun kitoblari jahonda shuhrat qozongan. Adiblardan B. Setterland, L. Forshel, B. Xokanson, Yo.Sunnevi, S. Okesson, Yo. Palma mashhur.
 
 
== Meʼmorligi ==
11 —12-asrlarda roman uslubida cherkovlar, 13—15-asrlarda gotika uslubida ibodatxonalar qurildi. 16-asrda Uygʻonish davri meʼmorligi uslubida qasrlar bunyod etildi. 17-asrda barokko va klassitsizm uslubida shahar saroylari, shahardan tashqarida bogʻli qarorgohlar qurildi (Ritsarlar uyi, 1641—71, meʼmorlar S. de la Valle, J. de la Valle va boshqalar; birja, 1767—76, meʼmorlar K.Yu.Krunstedt va boshqalar; ikkalasi ham Stokgolmda). 19-asr meʼmorligidagi klassitsizm eklektikaga oʻrin boʻshatdi. 20-asr boshlarida milliy romantizm belgilari paydo boʻldi (meʼmorlar F. Buberg , K. Bergsten). Neoklassitsizm (Stokgolmdagi shahar kutubxonasi, 1924—27, meʼmor Ye.G.Asplund), neoromantizm (Stokgolmdagi ratusha, 1911—23, meʼmor R. Estberg) yoʻnalishlari, funksionalizm va organik meʼmorlik gʻoyalari uygʻunlashgan zamonaviy meʼmorlik maktabi (Stokgolmdagi Vellingbyu turar joylari, 1951—55, meʼmorlar S.Markelius va boshqalar; Eksilstundagi Freslund turar joy majmui va savdo markazi, 20-asr oʻrtalari, meʼmorlar Ya. Geyer, S. Yungkvist) shakllandi. Keyingi yillarda yaratilgan yirik inshootlar: "VennerGren" ilmiy markazi binosi (1959—61, meʼmorlar S.Lindstryom, A. Byuden), teleminora (1964—67, meʼmorlar X. Borgstryom, B. Lindros; ikkalasi ham Stokgolmda), Gyoteborg shahridagi savdo markazi (1967, meʼmorlar X.Klemming Klemming, E. Telaus), Stokgolmdagi madaniyat uyi (1974, meʼmor P. Gelsing).
 
 
== Tasviriy sanʼati ==
Boxuslendda jez davrida ishlangan qoyatosh rasmlari saqlangan (ov, jang lavhalari). Temir davrida (mil. av. 6-asr — mil. boshlari) tosh stelalar tayyorlangan, metall va yogʻochga oʻyib naqsh, tasvirlar ishlangan. Oʻrta asrlarda bezak rassomligi, haykaltaroshlik, miniatyura rivoj topdi. 18-asrda haykaltaroshlik (Yu.T. Sergel), rassomlik (N.Lafrensen, P.Xillestryom), portret sanʼati (A.Roslin, K.G.Pilo, G.Lundberg) yuksak darajaga koʻtarildi. 19-asr ning 1-yarmida tasviriy sanʼatda romantizm tarqaldi. 19-asrning 2-yarmi — 20asr boshlarida A.Sorn, E.Yusefson portret va maishiy kartinalarda realizmni rivojlantirdilar. 20-asr haykaltaroshligida K.Milles, B.Yurt, B.Marklundning monumentalbezak asarlari, rassomlikda S.Derkert, E.Yulli, A.Amelin asarlari ajralib turadi. Rassomlar I.Gryunevald, V.Nilson, S.Xalstryom kartinalari maishiy mavzuga bagʻishlangan. F. fan Shans, K.Du, L. Lindebergning grafik asarlarida sanʼatkorlarning yuksak mahorati yaqqol koʻzga tashlanadi. 20-asr Sh tasviriy sanʼatida syurrealizmdan popart va giperrealizmgacha boʻlgan turli modernistik oqimlar keng tarqaldi. Xalq sanʼati anʼanalarga boy. Kulollik, metall va charmga badiiy ishlov berish, suyak va yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Skandinaviya musiqa madaniyati oqimida rivojlandi. Xalq cholgʻulari — lur (choʻpon burgʻusi), qoʻngʻiroqcha, keyinchalik skripka, klarnet, fleyta, arfa, akkordeon. 11-asrdan professional cherkov musiqasi rivojlandi. Dunyoviy musiqa madaniyatini tarqatuvchilar — skaldlar (13-asrgacha) va sayoq musiqachilar (16-asrgacha) boʻlgan. 14—15-asrlarda ballada qoʻshiqlar paydo boʻldi. 16-asrda protestant xorali tarqaldi. 1526 yil Stokgolmda saroy kapellasi tuzildi [dastlab Dyuben oilasi boshchiligidagi nemis musiqachilari, 18-asrdan Yu.X.Rumen (birinchi professional kompozitorlardan biri) va F.Uttini (birinchi shved operasi muallifi, 1773, opera truppasi asoschisi, 1773, uning negizida qirollik operasi tuzilgan)]. 1771 yil Stokgolmda qirollik musiqa akademiyasi tashkil etilgan (19-asr oxiridan konservatoriya, 1940 yildan Oliy musiqa maktabi, 1971 yildan Davlat oliy musiqa maktabi). 18asr oxiri — 19-asr kompozitorlari oʻrtasida Yu. G.Nauman, F.A.Bervald, K.Stenborg mashhur boʻlgan. 19-asr boshlari romantizm taʼsirida milliy musiqa folkloriga qiziqish ortdi. 19-asr 2-yarmida kompozitorlar xalq kuylaridan foydalandilar. Shved vokal maktabi jahonda shuhrat qozondi (Ye.Lind, K.Nilson, E.Gulbranson va boshqalar). 20-asr 1-yarmida milliy kompozitorlik maktabi asoschisi V.PetersonBerger ijod qildi (musiqali dramalar, 5 simfoniya, cholgʻu asboblari asarlari muallifi). 20-asrning oʻrtalarida kompozitorlardan K.M.Atterberg , yil Nyustryom (cholgʻu asarlari), X.Rusenberg va boshqalar samarali ijod qildilar. 1950—70-y.lar kompozitorlari ijodiga avangardizm oqimi taʼsir qoʻrsatdi. Ijrochilar oʻrtasida dirijyorlar S.Erling , S.Vesterberg , X.Blumstedt; xonandalar N.Gedda, R.Syoderlyof, B.Nilson, L.Anderson; balet artistlari I.Brosse, M.Lang mashhur. Sh.da 10 simfonik orkestr, xorlar, Stokgolm, Gyoteborg , Malmyoda opera teatrlari ishlaydi.
 
 
== Teatri ==
Qator 64 ⟶ 56:
 
laridagi yetakchi aktyorlar: T.Xammaren, I.Xedkvist, L. Xanson, E.Dalbek, G.Volgren, Ya. Kulle, S.Miliander, M. Ekstryom K. Xanning , U. Palme.
 
 
== Kinosi ==