Vengriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link GA template as it is now available in wikidata
Qator 57:
 
== Tasviriy sanʼati ==
V. hududida sopol haykallar (neolit davri), kelt va skiflarning sanʼat yodgorliklari saqlanib qolgan. Rim davri manzilgohlarida turli rasmlar, haykalchalar, guldonlar topilgan. Oʻrta asrlardagi rassomlik, haykaltaroshlik (Avliyo Georgiyning otga minib turgan haykali, bronza, 14-a., Marton va Derd Kolojvarlar ishlagan) hamda badiiy hunarmandlik buyumlari saqlangan. Uygʻonish davrida (15-a. o[[x]]irlari, 16-a. boshlari) V. sanʼati yuksak bosqichga koʻtarildi. Oʻtmish anʼanalari turklar hukmronligi davrida ham mahalliy tusda davom etdi. Bu narsa yozma kitoblarni bezashda, amaliy-bezak sanʼatida namoyon boʻldi. 17-a. o[[x]]iri, 18-a. boshlarida barokko uslubidagi portret rassomligi rivojlandi (A. Manoki). 19-a. da portret (M. Barabash), manzara (ota-bola Markolar), rassomlik, haykaltaroshlik (I. Ferensi), suratkashlik (M. Zichi) rivojlandi. 1848—49 y.lardagi inqilobdan keyin ozodlik gʻoyalari bilan sugʻorilgan tari[[x]]iy kartinalar yaratildi (V. Madaras, B. Sekey). Mashhur rassom M. Munkachi esa ijtimoiy hayotni ifodalovchi chuqur gʻoyali kartinalar yaratdi. 19-a. o[[x]]iri, 20-a. boshlarida I. Reves, A. Fenesh, Ya. Tornyai, K. Kerishtok, D. Rudnai kabi rassomlar venger rassomligi anʼanalarini davom ettirdilar. M. Ijo, A. Shtrobl kabi haykaltaroshlar realistik asarlar yaratdilar. Shu davr V. sanʼatida Sh. Xolloshi asos solgan Nadban realistik rassomlik maktabi katta rol oʻynadi. V. ning 20—30-y.lar sanʼatida Dyula Derkovich va Ishtvan Deshi-Xuber kabi mashhur rassomlar ijod qildilar. Fashizm tartibi oʻrnatilgandan keyin koʻpgina taraqqiyparvar rassomlar chet ellarda ishladilar, mamlakatda qolganlari ijtimoiy oʻtkir taʼsirchan asarlar yaratdilar. Rassomlardan Bertalan Por, Aurel Bernat, Ishtvan Syoni, haykaltaroshlardan Beni Ferensi, Jigmond Kishfaludi-Shtrobl, Yojef Shomodi, Tamash Viga, Dyord Shegeshdi, Ferens Kovach va b. VengriyaMojariston tasviriy sanʼatini boyitdilar. V. da amaliy sanʼat ham qad. anʼanalarga ega; Noemi Ferens yaratgan gobelenlar, Margit Kovach yaratgan sopol buyumlar eʼtiborli.
 
 
== Musiqasi ==