Konfutsiylik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Chustiy (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
'''Konfutsiychilik''' - Xitoydagi axloqiy-siyosiy taʼlimot; keyinchalik eng taʼsirli 3 asosiy falsafiy-diniy oqimdan biri (daosizm va buddizm bilan birga). [[Konfutsiy]] asos solgan. K.ning ilk davomchilari — Men-szi (Mek Ke — mil. av. 371—289), Ven-szi (mil. av. 6-a.), Xan Fey-szi (mil. av. 233 y. v.e.), keyingi davrda Fan Chjen (6-a.), Xan Yuy (768—824) va b.
 
K. taʼlimotida insonparvarlik (jen), odob qoidalari (li), fazilat (de) tushunchasi muhim oʻrin egallaydi. Insonparvarlik tushunchasiga koʻra, odamlar axloqiy va ijtimoiy munosabatlarda yoshi ulugʻ, mavqei baland kishilarni xurmat qilishlari, podshohga sadoqatli boʻlishlari kerak. Odob kridalari tushunchasiga koʻra, u tufayli yuksak fazilatlar shakllanadi, jamiyat rivoj topadi, adolat tantana qiladi. Burchni ado etish tufayli in-son kamolotga erishadi. Uning negi-zida "sen oʻzing nimaga erishishni istasang , unga boshqalarning erishishiga koʻmaqlash", "sen nimani orzu qilmasang , uni boshqalarga ravo koʻrma" kabi hayotiy tamoyillar yotadi. "Buyuk taʼlimot" va "Oʻrtalik haqida taʼlimot" degan asarlarni Konfutsiy yozgan deb taxmin qilinadi. Bu kitoblarga koʻra, odamlarning birgalikda oqilona yashashi tartibining muhim shartini 5 ta oddiy va buyuk fazilat tashqil etadi: donolik; insonparvarlik; sadoqat; kattalarni hurmat qilish; jasorat. Bu fazilatlar oʻziga va b.ga xalollikni va chuqur hurmatni anglatadi. Faqat mumtoz va komil insonlargina bunday fazilatga ega boʻladi.