Chingizxon: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Chustiy (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Chingizxon''' (asl ismi Temujin, Temuchin) (taxm. 1155, Oʻnon daryosi yaqinidagi Delpun Boʻldan mavzei — 1227.25.8) — [[Moʻgʻullar davlati]] asoschisi, sarkarda. Moʻgʻul qabilalari ittifoqi — tayjiutlar sardori Yasugay bahodirning Oʻelun Fujin (xotun)dan tugʻilgan toʻngʻich farzandi. 13 yoshyda otasidan yetim qolgan Ch. 27 yil davomida bir qancha urugʻ va qabilalarni tayjiutlar atrofida birlashtirish maqsadida harbiy harakatlar olib borgan. 1195—1204 y.larda Ch. keraitlar boshligʻi Vanxon Toʻgʻril (Oʻnxon) bilan ittifoqsa merkit, nayman, kuralas, ikiras, durban, tatar va h.k. qabilalarni boʻysundiradi. Biroq, keyinchalik ular orasiga adovat tushgan. 1204 y. Oʻnxon bilan boʻlgan jangda gʻalaba qozongan Ch. xonlik taxtini egallaydi. 1206 y. moʻgʻul aslzodalari, noʻyonlari ishtirokida buyuk qurultoyda "chingiz" (tengiz — dengiz, okean) unvoni bilan sarafroz etiladi (Ulugʻxon maʼnosida) va barcha qabila, urugʻ, elatlarning buyuk xoni deb eʼlon qilinadi. Davlatning ichki va tashqi siyosatini tartibga solishda Ch. tomonidan eʼlon qilingan qonunlar toʻplami — yaso (yasoq) muhim rol oʻynaydi. Ming kishilik shaxsiy gvardiya hamda yuz ming jangchidan iborat otliq armiyani shakllantirgan Ch. Sibirdagi bir nechta qabila va elatlarni (1207), Shim. Xitoyni (1211 — 15), Oʻrta Osiyoni (1219—21), Xuroson, Eronni (1221—24) oʻz tasarrufiga kiritadi. Moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan hududlar vayron qilingan, aholisi qyrib tashlangan, qullikka mahkum etilgan. 1224 y. Ch. Moʻgʻullar davlatini 4 oʻgʻli — Joʻji, Chigʻatoy, Oʻqtoy va Tulilarga taqsimlab bergan. Shim. Xitoydagi tangut qabilalarining Sisya davlati (10—13-a.lar)ga qarshi yurish qilgan vaqtida Ch. ogʻir dard tufayli vafot etadi. Uni Moʻgʻulistondagi Burxon—Xaldun togʻ etagida dafn etishadi.
 
== Adabiyot ==
Qator 30:
Temuchin otadan 13 yoshida yetim qolgan paytda otasiga tobe boʻlgan koʻpgina qabilalar ularni tashlab ketdi va shu bois u keyinchalik koʻpincha murakkab hamda xavfli sharoitlarni boshidan kechirdi. Oʻzaro qabilaviy janglarda faol qatnashgan Temuchin keyinchalik oʻz atrofiga 13 ming kishilik lashkar ham toʻplay oldi. Soʻngra ularning soni ortib bordi. Tez orada Temuchin Nayman, Totor, Ungʻut, Oʻygʻur, Keroyit qabilalarini oʻziga buysundirishga erishadi va [[1205]]-yillarga kelib u Moʻgʻuliston hududidagi eng qudratli hukmdorga aylandi. Rus muallifi M.Ivanin Temuchinni taʼriflab, oʻzining „Chingizxon va [[Amir Temur]]“ kitobida shunday jumlalarni keltiradi: Chingizxon xonlik davrining boshlarida 13 ming atrofdagi oʻtov yoki oilaga ega boʻlgan boʻlsa, umrining oxirlarida turli tillarda soʻzlovchi va turli dinlarga mansub boʻlgan 720 ta xalq unga tobe edi. Uning oʻgʻillari va nabiralari hozirgi [[Xitoy]], [[Hindiston]]ning bir qismi, Quriya, butun [[Markaziy Osiyo]], hozirgi [[Rossiya]]ning hamda [[Janubiy Osiyo]]ning Hinddan Furotgacha boʻlgan deyarli barcha qismiga hukmronlik qilishgan, bu hududlar esa atigi 60-70 yil davomida bosib olingan.
[[1206]]-yilda Onon daryosi buyida maxsus chaqirtirilgan qurultoyda Temuchin butun [[Moʻgʻuliston]]ning Hoqoni deb eʼlon qilindi. Shu joyda unga Chingizxon (kuchli baquvvat degani) laqabi berildi. Chingizxon shu tariqa Manchjuriyadan to Irtishgacha Baykaldan Tanggʻutgacha hududlarda koʻchib yuruvchi koʻp sonli qabilalarning yagona hukmdoriga aylandi. Davlatning diniy, siyosiy ijtimoiy faoliyatining barcha qirralari [[1206]]-yildagi oʻsha yirik yigʻinda „Yaso“ qonunlari toʻplamida yanada asoslanib, mustahkamlandi. Qoraqurum qal’asi poytaxt qilib tanlandi.
1207-1208-yillarda Enasoy (Enisey) havzasi, Yettisuv viloyatining shimoliy qismi bosib olinib, u yerdagi uygʻurlar ham toʻliq buysundirildi. [[1209]]-yilda Chingizxon Xitoyning shimoli-sharqiydagi Tonggʻut mamlakatiga hujum qilib, katta oʻlja va koʻplab odamlarni qul qilib, Moʻgʻulistonga olib ketdi. 1211-1215-yillar davomida esa avval Xitoyga hujum qilib, qudratli Szin armiyasiga qattiq zarbalar berdi, soʻngra esa Pekin shahrini ishgʻol qildi. Szin sulolasi agʻdarilib, Shimoliy Xitoy Moʻgʻullar davlatiga qoʻshib olindi. Moʻgʻulistonda qudratli davlatni tashkil qilgan Chingizxon oʻz eʼtiborini endi Markaziy Osiyo tomonga qarata boshladi va nihoyat [[1218]]-[[1219|19]]-yillarda Jetisuvni, [[1219]]-[[1221|21]]-yillarda Markaziy Osiyoni batamom oʻz imperiyasining qarmogʻigaqaramogʻiga qoʻshib oldi.
 
== Havolalar ==