Quyosh tizimi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Shrikarsan (munozara | hissa)
Removing Link FA template as it is now available in wikidata
Tahrir izohi yoʻq
Qator 19:
Q.sdagi deyarli barcha jismlar uchun baʼzi umumiy qonuniyatlar oʻrinli: barcha sayyoralar Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga (olamning shimoliy qutbidan qaralganda soat mili harakatiga tes-kari tomonga) harakatlanib aylanadi (bu toʻgʻri harakat deyiladi). Venera va Urandan boshqa barcha sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi. Kosmik uchishlar Q.s.ni oʻrganishda yangi imkoniyat yaratdi. Uchirilgan kosmik zondlar Q.sdagi sayyoralarning ichki tuzilishlarini jadallik bilan tadqiq qilmokda. Kosmik zondlar Oy, Venera, Mars va b. sayyoralarga yumshoq qoʻndi. AQSH astronavtlari birinchi marta Oyga qadam qoʻydi (1969), "Pi-oner—10" va "Pioner—11" kosmik zon-dlar kichik sayyoralardan oʻtib, Yupi-ter sayyorasi yaqinida aylandi (1972— 74). 1997 y. oktyabrda uchirilgan "Gyuy-gens" kosmik zondi (NASA va Yevropa kosmik agentligi bilan birgalikda loy-ihalangan) Saturn sayyorasining yoʻldoshi Titanga tushirildi (2005 y. yanvar). Tadqiqotchilar Titanni Yer bilan taqqoslashmoqda. Kosmik uchishlar yordamida Q.s.ni yanada batafsilroq oʻrganish uchun yaqin kelajakda boshqa sayyoralarga parvoz qilish, uzoq kos-mosga ilmiy apparatlar yuborish, as-teroid va kometalarga qoʻnib, sayyoralararo ilmiy sayohat qilish ishlari moʻljallanmoqda.
 
 
Salohitdin Nuritdinov.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->