Fizioterapiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 5:
ga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki kashf etilishi tufayli F., asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi. Keyinchalik galvanik tok (galvanizatsiya, elektroforez), asimmetrik oʻzgaruvchi tok (franklinizatsiya), yukrri chastotali tok (darsonvalizatsiya, diatermiya) kabi fizik omillar kashf etilib, davo amaliyotida qoʻllanila boshlandi.
 
F. tibbiyotning ilmiyamaliy maxsus boʻlimi sifatida rivojlandi. I.M.Sechenov, N.Ye.Vvedenskiy, I. P. Pavlov ishlarida F.ning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy F.ning keyingi rivojiga Oʻzbekistonda M.Faybushevich, Ya.K.Moʻminov, R.A.Katsenovich, Z.DA.Dolimov va b.boshqalar katta qissa qoʻshdilar.
 
Keyingi yillarda Oʻzbekiston olimlari (N. M. Majidov, K. I. Yoʻldoshev, A.L.Alyavi, S.N. Bobojonov, G.A.Sodiqova, M.Yu.Aliaxunova, Z.R.Zunnunov va b.) tomonidan gidroaeroionizatsiya, ultratovush, quyosh va sunʼiy qizil impulsli hamda kogerent nurlari, iqlim, maʼdanli suvlar, bishofit, bentonit, magnit, shifobaxsh oʻsimliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy oʻrganish keng yoʻlga qoʻyildi. F.da davolash maqsadida tashqi muhitning tabiiy (landshaft, iklim, yoruglik, suv, peloidlar) va sunʼiy fizik omillari (elektr va mexanik energiyaning oʻzgartirilgan usuli) ishlatiladi.