Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 1:
{{Birlashgan Qirollik_info}}
'''Buyuk Britaniya''', Britaniya, ({{lang-en|Great Britain}}) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya QoʻshmaBirlashgan Qirolligi ({{lang-en|United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland}}) — Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Buyuk Britaniya oroli (mamlakat hududining 90 %i shu orolda) va Irlandiya orolining shimoli-sharqiy qismida hamda ularga yondosh mayda orollar (Anglsi, Uayt, Normand, Orkney, Gebrid, Shetlend va boshqalar)da joylashgan. Gʻarbdan [[Atlantika okeani]], sharqaan Shimoliy dengiz oʻrab turadi. Buyuk Britaniya mamlakat asosiy qismining nomi bilan koʻpincha Angliya deb ataladi. Maydoni 244,1 ming km<sup>2</sup>. Aholisi 63.23 mln <ref name=cia>{{cite web|url=https://www.cia.gov/library/publications/the-world-factbook/geos/uk.html|title=Великобритания|accessdate=2011-11-03|work=[[The World Factbook]]|publisher=CIA}}{{ref-en}}</ref> kishi (2012-yil). Poytaxti — [[London]] shahri. Tarixan tarkib topgan va milliy jihatdan har xil boʻlgan 4 maʼmuriy siyosiy qism (Angliya, Uels, Shotlandiya va unga yondosh orollar, Shimoliy Irlandiya) dan iborat. Men va Normand orollari mustaqil maʼmuriy hudud hisoblanadi.
 
== Davlat tuzumi ==
Qator 25:
1066 y. Angliyani Normandiya gersogi Vilgelm I istilo qilgandan soʻng mamlakatda feodal yer egaligi paydo boʻlib, dehqonlarni tutqinlikka (krepostnoylikka) aylantirish avj oldi. 10—11-a.larda hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi tusini olgan shaharlar paydo boʻla boshladi. 12—13-a.larda markazlashgan moliya va sud muassasalari yuzaga keldi. 1265 y. paydo boʻlgan Parlament bojlarni tasdiqlash va qonunlar joriy etish huquqini oldi;hokimi mutlaqlik tizimi (monarxiya) barpo boʻldi. Angliya bilan Fransiya oʻrtasida boʻlib oʻtgan Yuz yillik urush (1337—1453) oqibatida soliqlarning koʻpayishi va 1348—49 y.lardagi vabodan soʻng aholi ahvolining ogʻirlashishi Uot Tayler (1381) boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻoloniga sabab boʻldi. Qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchragan boʻlsada, dehqonlarning barshchinadan qutulishiga turtki boʻldi. 15-a.da Angliyada dehqonlarning tutqinligi batamom yoʻqotiddi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mayda va oʻrta hol dvoryanlarning tabaqalanishiga sabab boʻldi. Kapitalistik munosabatlar shakllanayotgan paytda tyudorlar sulolasining cheklanmagan hokimiyati (1485—1603) qaror topdi. Movut sanoatining rivojlanishi, junga talabning koʻpayishi tufayli ekinzorlar chorva yaylovlariga aylanib ketdi, natijada dehqon xoʻjaliklari xonavayron boʻldi. 16-a.ning 30-y.
 
larida boshlangan reformatsiya harakati natijasida papa hukmronligiga chek qoʻyilib, cherkovga qarashli yerlar burjualashgan yangi dvoryanlarga boʻlib berildi. 16-a. 2-yarmi — 17-a. boshlarida Angliya hukumati mustamlakachilik siyosatini yurita boshladi (Irlandiyada xususiy yerlar musodara qilindi, Shim. Amerikada esa dastlabki ingliz mustamlakalari paydo boʻdsi), qullar bozori va portlar kuchaytirildi. Dengizda hukmronlik uchun kurashda Angliya gʻolib chikdi. 16-a. oxiridan boshlab absolyutizmga asoslangan tuzum inqirozga yuz tutdi, styuartlar (Yakov I, 1603—25; Karl I, 1625—49) ichki va tashqi siyosatining burjuaziya manfaatlariga zid kelib qolishi absolyutizmga qarshi burjua muxolifatini keltirib chiqardi. Bu ziddiyatlar 17-a.dagi ingliz burjua inqilobiga olib keldi. Inqilobda gʻalaba qozongan burjuaziya va yangi dvoryanlar q. x. hamda sanoatda kapitalistik taraqqiyotga toʻsiq boʻlib turgan gʻovlarni yoʻqotdi, i. ch. kuchlarining rivojlanishiga yoʻl ochdi. 17-a. oxirida B. B.da yer va moliya aristokratiyasining siyosiy ittifoqi paydo boʻldi. 18-a. oʻrtalariga kelib manufaktura bosqichidan korxonaishxona tizimiga oʻtish uchun sharoit yaratildi. 18-a.ning 2-yarmida B. B. hukmron doiralari siyosiy jihatdan ajralib, hokim sinflarning 2 partiyasi — tori bilan vigi shakllandi. 19-a. oʻrtalarida shu partiyalar asosida konservatorlar va liberallar partiyasi tashkil topdi.
 
17—18-a.larda B. B. Hindiston, Shim. Amerikada yangi yerlar zabt etdi. Fransiyadan Kanadani tortib oldi. Shim. Amerikadagi mustaqillik uchun boʻlgan urush (1775—83) natijasida Shim. Amerika mustamlakalari mustaqillikka erishdi va mustaqil AQSH davlati tashkil topdi. 18-a. oxiri — 19-a. boshlarida B. B. inqilobga qarshi koalitsiyaning, keyinchalik Napoleon Fransiyasiga qarshi ittifoqning asosiy tashkilotchisi boʻldi. Fransiyaning magʻlubiyatidan B. B. burjuaziyasi oʻz savdo-sanoati va mustamlakachilik hukmronligini mustahkamlashda foydalandi. Vena kongressi (1814—15) qarorlariga muvofiq, Malta, Seylon o.lari, Jan. Afrikadagi Kap mustamlakasi va b. hududlar B. B.ga oʻtdi. Mustamlaka xalqparini talash hamda dehqonlarni yer mulkidan mahrum qilish evaziga sarmoya jamgʻarilib, sanoatda toʻntarish yasashga zamin tayyorlandi.
Qator 40:
 
== Sanoati ==
B. B. eksportining 90 % ni sanoat taʼminlaydi. 2-jahon urushidan keyin sanoat tuzilmasida katta oʻzgarishlar sodir boʻldi: konchilik, qora metallurgiya, yengil va oziq-ovqat sanoati, shuningdek kemasozlik va avtomobilsozlik kabi tarmoklar ulushi kamaydi; energetika, elektr mashinasozligi va kimyo sanoatining ulushi oshdi. Atom, elektron, aerokosmik, neftni qayta ishlash va neft kimyosi tarmoqdari katta ahamiyat kasb etdi. Mashinasozlik — sanoatning muhim tarmogʻi, avtomobil, samolyot, raketalar, kemalar, sanoat korxonalariishxonalari uchun kompleks asbobuskunalar, ilmiy apparatlar va asboblar, radio elektronika va elektronika mahsulotlari i. ch. ayniqsa ajralib turadi. Traktorsozlik, stanoksozlik, neftni kayta ishlash, kimyo (plastmassa va sintetik smolalar, dori-darmonlar, maʼdanli oʻgʻit, boʻyoqlar, kimyoviy tolalar, sintetik kauchuk, sulfat kislota i. ch.), toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning poyabzal tikish, tikuvchilik va b. tarmoqlari boʻyicha yirik korxonalarishxonalar mavjud. Mashinasozlik markazlarining koʻpchiligi Jan. va Markaziy Angliyada joylashgan, ularning eng muhimlari — London, Birmingem, Koventri, Luton, Sheffild sh.larida. Kora metallurgiyaning asosiy markazlari — Jan. Uels, Yorkshir va Hambersayd, Shim. Angliya va Shotlandiyada. Rangli metallurgiya korxonalariishxonalari — Midlend, Jan. Uels, Taynsayd va Londonda. Atom sanoati korxonalariishxonalari Shim.
 
Gʻarbiy Angliya va London atrofida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalariishxonalari Katta London, Lankashir, Cheshir, Shim. dengiz va Bristol qoʻltigʻi sohillarida, toʻqimachilik sanoati korxonalariishxonalari Lankashir va Yorkshirda. Shim. dengizda katta neft va gaz zaxiralari mavjud. B. B.da yiliga oʻrtacha 48,2 mln. tonna toshkoʻmir, 121,8 mln. tonna neft, 89,8 mlrd. m3 tabiiy gaz qazib olinadi, 304,5 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi (asosan issiqlik elektr stansiyalarida) hosil qilinadi, 17,5 mln. tonna poʻlat ishlab chiqariladi.
 
Qishloq xoʻjaligidamamlakatdagi mehnatga qobiliyatli aholining 2 % gina band. B. B. qishloq xoʻjaligi intensivlik, mahsuldorlik va mexanizatsiyalashuvning yuksak darajasi bilan ajralib turadi. U mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojining 75 %ini taʼminlaydi. Q. x.ning asosiy tarmogʻi — chorvachilik. B. B.da 12 mln. qoramol, 7,5 mln. choʻchqa, 41,5 mln. qoʻy, 131 mln. parranda bor. Dehqonchiliqda asosiy ekin — gʻalla. Qand lavlagi, kartoshka ham ekiladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Shim. dengiz va Atlantika okeanida baliq ovlanadi.
Qator 88:
18-a. birinchi yarmida paydo boʻlgan Angliya milliy rassomlik maktabining asoschisi Vilyam Xogartdir. U oʻsha davr Angliya jamiyatining turli tabaqa vakillari hayotini real tasvirladi. 18-a. ikkinchi yarmida ijod etgan J. Reynolds, T. Geynsboro, G. Rebyorn kabi rassomlar kishilarning histuygʻularini haqqoniy ifodalovchi portretlar yaratdilar. Shu davrda milliy manzara janri (T. Geynsboro, J. Krom) paydo boʻldi.
 
19-a. birinchi yarmida realistik manzara janri rivojlandi. Peyzaj asarlarida sanoat korxonalariishxonalari bilan toʻla shaharlar, koʻmkoʻk maysazor dalalar, oʻrmonlar, qishloq manzaralarini tasvirlashga keng oʻrin beriladi. Bu davrda J. Konstebl novator sifatida shuhrat qozondi. D. Rossetti, M. Braun, X. Xant, E. ByornJons kabi rassomlar esa, oʻtgan zamonni qoʻmsab oʻrta asr qoʻl mehnati (badiiy hunarmandlik korxonalariishxonalari, kitob bezaklari)ga qaytishni targʻib qildilar. 19-a. oʻrtalaridagi realistik sanʼat X. Xerkomer, S. Xeyden asarlarida namoyon boʻldi.
 
19-a. oxiri, 20-a. boshlarida syurrealizm, abstraksionizm kabi oqimlar paydo boʻldi. Bu sanʼat M. Smit, U. Lyuis, X. Mur va b. rassomlar ijodida oʻz ifodasini topdi. 20-a.ning yirik realist rassomlari F. Brengvin, O. Jon, U. Orpen, P. Xogart, L. Bredshou, K. Rou, E. Midldich, D. Grivzlar oʻz asarlarini insonning mehnat faoliyatiga, tinchlik va adolat uchun kurash mavzulariga bagʻishlagan.
Qator 128:
1994 y.da „Oʻzbekiston havo yoʻllari“ milliy aviatsiya kompaniyasi B. B. transport departamenti bilan kelishib, Toshkent—Manchester—Toshkent oʻrtasida muntazam reyslar bajarish huquqini oldi.
 
„Oʻzyogʻmoytamakisanoat“ uyushmasi xorijiy sarmoya yordamida oʻz korxonalariniishxonalarini yangilab va taʼmirlab, jahon andozalari darajasiga yetkazish maqsadida „Kraun“ kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga binoan Qoʻqon yogʻmoy k-tini ingliz sarmoyasi hisobiga qayta qurib, asbobuskunalarini zamonaviylashtirishga kirishildi.
 
Oʻzbekistonda tamaki sanoatini rivojlantirish uchun tamaki bargi yetishtirish, uni qayta ishlash va sigareta i. ch. boʻyicha „British Ameriken Tobakko“ kompaniyasi bilan qoʻshmabirlashgan korxonaishxona barpo etish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq 232 mln. AQSH dollari miqsoridagi mablagʻ sarflandi. Bu mablagʻ asosan Toshkent tamaki fkasini, Urgut tamaki fermentatsiyasi fkasini rekonstruksiyalash va modernizatsiyalashga, Samarqand tamaki fkasini qurishga, ijtimoiy tadbirlarga va mutaxassislar tayyorlashgaishlatildi. Toshkent tamaki fkasida „Saraton“ va „Xon“ sigaretalarini i. ch. yoʻlga qoʻyilgan.
 
1996 y. oxirida Surxondaryo viloyatining Xandiz konida rangli metallarni qidirish haqida „Oxus Resonrses Corporation“ korporashyasi bilan dastlabki bitim imzolandi. Bitimga koʻra, B. B. firmasi yil davomida oʻz mablagʻi hisobidan konni uzilkesil oʻrganishi, rangli metallarni kompleks qazib olishni tashkil etishga oid texnikaviyiqtisodiy asoslamalarni tayyorlashi, soʻngra taxm. 100—150 mln. AQSH dollari qiymatiga ega boʻlgan loyiha asosida qoʻrgʻoshin, pyx, mis, kumush qazib chiqaradigan qoʻshmabirlashgan korxonaishxona barpo etishi lozim. 1997 y.ning 10 iyulida B. B.ning mazkur korporatsiyasi bilan Navoiy viloyatidagi Aristantov va Balpantov konlarini oʻrganib, aniklash toʻgʻrisida ham dastlabki bitim imzolandi. Oʻzbekiston gʻarbiy qismida geol. maʼlumotlarini birgalikda oʻrganish borasida ham hamkorlik oʻrnatilgan.
 
OʻzR Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida „Meredit Jons“ kompaniyasi bilan paxta seleksiyasi, uni yetishtirish va qayta ishlashning ilgʻor usullari asosida ishlaydigan agrofirma barpo etish rejasi mavjud. Fargʻona viloyati Yozyovon tumanining 11 xoʻjaligini oʻz ichiga oladigan bu firma paxta hosildorligini koʻpaytirishga, tola sifatini oshirishga va tuproq unumdorligini yaxshilashga olib borishi lozim.
 
„Oʻzbektelekom“ konserni „Jeneral Plassi Telekommunikeyshnz“ („JiPiTi“) kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent uchun zamonaviy raqamli aloqani tashkil etuvchi „Buzton“ qoʻshmabirlashgan korxonasiniishxonasini barpo qildi. Bu loyiha muassislar mablagʻi, shuningdek eksport kreditlarni kafolatlash departamenti sugʻurtasi asosida olingan kredit hisobidan taʼminlandi.
 
OʻzR Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki B. B.ning 5 ta banki bilan va xorijiy banklarning Londondagi 11 ta boʻlimi bilan vakillik munosabatlari oʻrnatdi. „Barklayz Bank“ tijorat toʻlovlari boʻyicha asosiy vakil hisoblanadi. Navoiy viloyatidagi oltin konini oʻzlashtirish boʻyicha „NyumontZarafshon“ loyihasi amalga oshirilishi Milliy bank bilan „Barklayz Bank“ qoʻshmabirlashgan faoliyatining yoʻnalishlaridan biri boʻldi. „Barklayz Bank“ 161 mln. fransuz franki (salkam 32 mln. AQSH dollari miqdoridagi) kreditni „Sosyete Jeneral“ banki bilan birgalikda yangi „Metropol“ mehmonxonasi qurilishi uchun 10 y. mudsatga, ikkinchi kreditni 1,7 mln. AQSH dollari miqaorida Toshkent toʻqimachilik k-tiga B. B.ning „Krosrol“ firmasi yuboradigan asbobuskunalar haqini toʻlash uchun berdi.
 
Toshkent sh. hokimligining kapital qurilish bosh boshqarmasi „Handy Hayl“ firmasi bilan birgalikda diplomatiya korpusi xodimlari, xorijiy firmalarning vakillari yashaydigan 22 ta 2 qavatli kottej qurishni moʻljallagan. Bu yerda kichik supermarket, kafe, bar, 2 ta tennis korti boʻladi (1998).
 
OʻzRda B. B. sarmoyasi ishtirokidagi 115 ta korxonaishxona mavjud, shundan 34 tasida ingliz kapitali 100 % ni tashkil etadi. B. B.ning 36 ta firmasi vakolatxonasi rasmiylashtirilgan.
 
== Adabiyotlar ==