Gruziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 80:
 
== Adabiyoti ==
Adabiyoti xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalari zaminidayerida paydo boʻlgan. Dahriy Amirani haqidagi epos mil. av. 3-asrdayoq maʼlum boʻlib, uning koʻp nusxalari hozirgacha yetib kelgan. Oʻrta asrlarda „Eteriani“ (shahzoda Abesalomning podachi qiz Eteriga muhabbati haqida), „Areshidze knyazligining mahv etilishi“. „Arsen haqida qoʻshiq“ dostonlari yaratilgan. Mil. 5-asrda cherkov adabiyoti rivojlandi. 10-asrda Georgiy Mechulining avliyolar haqidagi „Grigoriy Dandzteli tirikchiligi“ (951) asari paydo boʻldi. Qadimgi Gurjiston adabiyotida 12-asr taraqqiyot davri boʻldi. Qahramonlik-gʻaroyibot hikoyalari („Ameriani — Daryojaniani“), romanlar („Visramiani“), madhiya dostonlari („Abdul-Messiya“, „Tamariani“) paydo boʻldi. Shota Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ dostoni ham shu davrda yaratilgan.
 
17—18-asrlarda gurj xalqi siyosiy birlashishga intildi. Bu davrda „Afsonalar hikmati toʻgʻrisida“ nomli masallar toʻplamining muallifi Sulxansaba Orbeliani, „Gurjiston musibatlari“ dostonining muallifi David Guramishvili, muhabbat lirikasi ustasi Besarion Gabashvili ijodi salmoqli oʻrin tutadi. 19-asrgacha boʻlgan Gurjiston adabiyotida Sharq, birinchi navbatda fors adabiyoti anʼanalarining taʼsiri kuchli edi. 19-asrning 1-yarmida Gurjiston [[Rossiya]] tomonidan bosib olingach, [[Yevropa]] madaniyati bilan mustahkam aloqa oʻrnatildi. Yosh gurj adiblari romantizm gʻoyasini dadil qabul qildilar. Milliy ozodlik va ijtimoiy adolat gʻoyalarini kuylagan shoir A. Chavchavadze 19-asr Gurjiston adabiyotida romantizmni boshlab berdi. Bu anʼanani Gurjiston Orbeliani, N. Baratashvili davom ettirdi. 19-asrning 2-yarmidan boshlab adabiyotda realizm tamoyillari paydo boʻldi. Komediyalar muallifi, Gurjiston teatrining asoschisi G. Eristavi realizmning taniqli vakili edi. 19-asr 60-yillaridagi ijtimoiy vaziyat adabiyotning ravnaq topishiga imkon berdi. Tanqidiy realizm adabiyotda asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Milliy ozodlik harakati gʻoyalarini I. Chavchavadze kuyladi („Sharpa“, „Yoʻlovchi xotiralari“ dostonlari, „Insonmi u“ qissasi va boshqalar). 19-asr 80-yillarida Gurjiston adabiyotiga A. Kazbegi vaVaja Pshavela kirib keldi. A. Kazbegi qissalarida („Elguja“, „Padarkush“, „Xevisberi Gocha“) togʻlik gurjlar hayoti rang-barang boʻyoqlarda tasvirlangan. Vaja Pshavela dostonlari („Baloxoʻr“, „Mehmon va mezbon“, „Aluda Ketelauri“, „Baxtrioni“), lirikasi va nasriy asarlarida oʻsha davrning falsafiy va axloqiy muammolari oʻz ifodasini topdi. 19-asr 90-yillarida Gurjiston adabiyotida ijtimoiy hayotni qayta qurish masalalari markaziy oʻrinni egalladi. E. Ninoshvili, D. Kladiashvili oʻz asarlarida kambagʻal qishloq hayotining ayanchli manzarasini, dehqonlarning ogʻir hayotini tasvirladilar. [[1917-yil]] oktyabrdagi davlat toʻntarishidan oldingi yillarda realistik adabiyot anʼanalarini Sh. Dadiani va N. Lordkipanidzelar davom ettirdi.