Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi — versiyalar orasidagi farq
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi (tahrirlash)
18-Noyabr 2014, 22:08 dagi koʻrinishi
, 6 yil oldinqisqa izoh tahrirlanmadi
k (fixing dead links) |
|||
Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan 1qurultoyi (1925 yil 13—17 fevral)da "Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish toʻgʻrisida deklaratsiya" qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: OʻzSSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi OʻzSSR MIK va OʻzSSR Xalq Komissarlari Soveti — OʻzSSR XKS tuzilgan. OʻzSSR maʼmuriy jihatdan 1925 yilda dastlab 8 ta viloyat (Samarqand, Toshkent, Fargʻona, Xoʻjand, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm) va Tojikiston ASSR (1929 yilgacha OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 22 uyezd va 241 volostga boʻlingan. 1926 yilda maʼmuriy-iqtisodiy r-nlashtirish amalga oshirilgan. 1987 yil da OʻzSSR tarkibiga Qoraqalpogʻiston ASSR (1936 yildan u OʻzSSR tarkibida boʻlgan), 12 ta oblast (Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona, Xorazm, Qashqadaryo), 155 r-n, 123 shahar, 95 ta posyolka hamda Toshkent shahri kirgan. OʻzSSR Butunittifoq sovetlarining 3sʼyezdi (1925 yil 13 may)da SSSR tarkibiga kiritilgan. 1927, 1937, 1978 yillarda OʻzSSR Konstitutsiyalari qabul qilingan.
Resggublika siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925 yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi — OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari — 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, r-n, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi — Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida OʻzSSRdan 1,5 mln. kishi frontga ketgan, ulardan 450 mingdan ortiq kishi jang maydonlarida halok boʻlgan. Fashistlar bosib olgan hududlardan Oʻzbekistonga 1 mln.dan ortiq kishi, jumladan, 200 ming bola evakuatsiya qilindi. Oʻzbek xalqi yana bir bor oʻzining gumanizmi va bagʻri kengligini koʻrsatdi.
Oʻrush yillarida milliy siyosatda kechirib boʻlmas zoʻravonlikka yoʻl qoʻyildi. 1943—44 yillarda qalmoqlar, qrimtatarlar, chechenlar, ingushlar,
Urush tugagach, oradan koʻp oʻtmay OʻzSSR boʻylab yana bir yalpi qirgʻin toʻlqini yelib oʻtdi. 20-asrning 40-y.lari oxiri va 50-y.lari boshidagi qatagʻonlar, asosan, madaniyat va fan arboblariga qarshi qaratiddi. Oʻzbekiston Kompartiyasi MK markazning yoʻlyoʻriklariga tayangan holda dunyoqarashi va ijodi partiya mafkurasidan farq qiladigan ijodiy ziyolilar vakillariga qarshi hujum boshladi. Yozuvchi va shoirlardan Said Ahmad, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat, Maqsud Shayxzoda, Mirkarim Osim, Hamid Sulaymonov, shuningdek, Muhiddin Qoriyoqubov 1951 yilda "sovetlarga qarshi millatchshgik faoliyati" olib borganlikda ayblanib qamoqqa olindilar va 25 yil ozodlikdan mahrum etiddilar. Oʻzbek xalqining faxri xisoblangan Oybek badnom qilindi.
SSSR Bosh proqurori huzurida alohida muhim ishlar boʻyicha maxsus 12 kishilik tergovchilar guruhi tuzilib, 1983 yildayoq OʻzSSRga yuborilgan edi. Ular keyinchalik markazdan respublikaga kelgan "desantchilar"ga tayanib, Oʻzbekistonda navbatdagi qatagʻonni amalga oshirdi.
OʻzSSRda paxta tayyorlash va uni qayta ishlash bilan bogʻliq jarayonlardagi "qoʻshib yozish", "oʻgʻrilik", "koʻzboʻyamachilik", "poraxoʻrlik" va h.k.ni (aslida bunday moliyaviy jinoyatlar va qingʻirliklar butun SSSR hududidagi iqtisodiyotda chuqur ildiz otib kelgan edi) tergov qiluvchi Gdlyan va Ivanov guruhining talabi bilan respublikadagi jamoa xoʻjaliklari raislari va sz direktorlarining 60%, q.x. yetakchi mutaxassislarining 45%, paxtachilik brigada boshliqlarining 35%, shuningdek, koʻplab rahbarlar, viloyatlar va tumanlar partiya
1983—90 yillarda OʻzSSRda "paxta ishi" degan uydirma boʻyicha jami 40 ming kishi tergov qilindi, 5 ming kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila aʼzolari va qarindoshurugʻlari ham qamoqqa tashlandi.
|