Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Tahrir izohi yoʻq
Qator 109:
 
=== Oʻzbekiston urush yillarida (1941-1945 yy.) ===
[[1941-yil]]ning 22-iyunida [[GermaniyaOlmoniya]] hujum qilmaslik toʻgʻrisidagi bitimni buzib Sovet Ittifoqiga qoʻqisdan hamla uyushtirdi. 23-iyun kuniyoq Toshkentda koʻp ming kishilik yigʻin boʻlib oʻtdi. Unda toshkentliklar front va front ortida butun say-harakatlarini [[fashizm]] ustidan gʻalaba uchun safarbar etishga tayyorliklarini bildirishdi. Urushning dastlabki oylarida Oʻzbekistonda frontga joʻnab ketish toʻgʻrisida 32 mingdan ziyod ariza berildi. 1941-yilning [[noyabr]]iga qadar respublikada 14 ta milliy brigada - 9 ta alohida oʻqchi va 5 ta otliq brigada tuzildi. 1941-1943 yillari Oʻzbekiston urush tufayli [[Rossiya]], [[Ukraina]] va [[Belarus]]siyadan evakuasiya qilingan 1 million qochoq, shu jumladan 200 ming bolani oʻz bagʻriga qabul qildi. Harbiy holat front ortini mustahkamlash uchun favqulotda choralarni koʻrishni taqozo etardi. Oʻzbekistonga yuzdan ziyod sanoat korxonalari koʻchirildi. Ular orasida Leningrad toʻqimachilik mashinalari zavodi, Rostselmash, "Krasniy Aksay", Stalingrad kimyoviy kombinati, Moskvaning "Podemnik", "Elektrostanok" zavodlari va boshqa koʻplab korxonalar bor edi. 1941 -yilning oxiriga kelib evakuasiya qilingan 50 dan ziyod korxona ishga tushirildi. [[1942-yil]]ning oʻrtalarida Oʻzbekistonga koʻchirilgan barcha korxonalar toʻla quvvatda ishlab, front uchun harbiy texnika, oʻq-dorilar, kiyim-aslahalar yetkazib bera boshladi. Respublikaning sanoat korxonalari ham urushning dastlabki kunlaridanoq mudofaa mahsulotlarini ishlab chiqarishga qayta moslashtirildi<ref>[http://statoids.com/uuz.html Uzbekistan Regions]. Statoids.com.</ref>.
Jumladan, [[Tashselmash]], parovoz remont zavodi, Chirchiq elektroximiya va boshqalar. 1941-1945 urush yillari davomida Oʻzbekistonda 280 ta ishlab chiqarish korxonalari ishga tushurildi. [[1943-yil]]da umumiy ishlab chiqarish hajmi respublikaning xalq xoʻjaligida 75% ga oshdi. 1942-yilning kuzidan Bekobod metallurgiya zavodining qurilishi boshlandi. Aniqlangan [[volfram]], [[molibden]] va [[mis]] zahiralari asosida rangli metallurgiya sohasi tarkib topdi. Olmaliq mis konidan foydalanish yoʻlga qoʻyildi. 1940-1943 yillar davomida yangi elektrostansiyalar qurilishining hisobiga elektroenergiya ishlab chiqarish 3,5 barobarga ortdi. 1941-yildan [[1945-yil]]gacha sanoatning hamma sohalarini qamrab oluvchi 280 ta yangi korxona qurib bitkazildi. Oʻzbekiston mamlakatning asosiy harbiy salohiyat markazidan biriga aylandi. Frontga 2000 dan ortiq [[samolyot]], 1,7 ming dan ortiq aviamotor, shuncha minamet, 22 million [[mina]]lar, 560 ming snaryad, millionga yaqin granatalar, 330 ming parashyutlar, 5 ta bronopoezd, 100 ming km dan oshiq turli xildagi simlar joʻnatildi. Oʻzbekistonga 22 ta ilmiy-tekshirish instituti, 16 ta oliy talim muassasalari, 2 ta kutubxona koʻchirib keltirildi. 1943-yilning 4-noyabrida Fanlar Akademiyasining tantanali ochilishi boʻlib o‘ʻtdi. Uning birinchi Prezidenti etib T.N. Qoriniyozov saylandi. 1944-yilning oxiriga kelib Fanlar Akademiyasining tarkibiga 22 ta ilmiy muassasalar kirar edi. 1943-yilga kelib esa respublikada 41 ta oliy talim muassasalari faoliyat yuritgan, jumladan 12 tasi koʻchirib keltirilgan, 52 tasi o‘rta mahsus bilim yurtlari edi. Urush yillari davrida ularda 20 mingdan ortiq mutahassislar tayyorlandi. Milliondan ortiq oʻzbekistonliklar urush frontlarida jang qilganlar. Oʻnlab milliy jangovor tuzilmalar tashkil etildi. Ulardan koʻpchiligi ordenlar bilan taqdirlandi va gvardiya unvonlarini oldilar. Oʻzbekistonlik jangchilar Brest qalʼasining (D.Abdullaev, T.Aliev, Isaev, Yusupov, Laenkov F, U. Ataev va boshqalar.) [[Kiyev]], [[Smolensk]], [[Odessa]], [[Sevastopol]] va boshqa shaharlarning himoyasida mardonovor qatnashganlar.