Vizantiya imperiyasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k replacement file @ commons, replaced: CoA of Palaiologos Dynasty.svg → Device of the Palaiologos Dynasty.svg using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 56:
}}
 
'''Vizantiya''' (Vizantiya imperiyasi) — Rim imperiyasi parchalangach, uning iqtisodiy jihatdan rivojlangan sharqiy qismida vujudga kelgan davlat (4—15-a.lar). Eng ravnaq topgan davrida uning tarkibiga Bolqon ya.o.ning katta qismi, Kichik Osiyo, Suriya, Falastin, Misr, Kirenaika, Mesopotamiyaning bir qismi, Gʻarbiy Armaniston va GruziyaGurjiston, Xersones, KiprQibris va Krit o.lari kirgan. Poytaxti — Konstantinopol sh. boʻlgan. Mamlakatning nomi Bosfor sohilidagi yunon polney — Vizantiyizm olingan. Axrlisi — yunonlar, suryoniylar, qibtiylar, armanlar, gruzinlargurjlar va b. Davlat tili 4—6-a.larda lotin tili, keyinchalik yunon tili boʻlgan. Hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanish darajasi, shahar turmushining joʻshqinligi jihatidan oʻsha davrda V. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan ancha ilgarilab kettan edi. Arabiston, Qora dengiz boʻyi, Eron, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq bir oz koʻpaydi. V. geografik jihatdan qulay joylashganligi tufayli Sharq bilan Gʻarb oʻrtasida madaniy-iktisodiy aloqalarning kuchayishiga sabab boʻldi, siyosiy va harbiy markazga aylandi. Imperator Yustinian I hukmronligi davri (527—565)da maʼmuriy va huquqiy islohotlar oʻtkazildi, markaziy davlat mustahkamlandi, kuchli armiya vujudga keltirildi. Bu esa Yustinianga 533—534 y.larda Shim. Afrikadagi vandallar davlatini, 555 y.da Italiyadagi ostgotlar qirolligini, Jan.-Sharqiy Ispaniyani bosib olish imkonini berdi. 6-a.ning soʻnggi oʻn yilligi va 7-a. boshlarida ichki tanazzul va tashqi siyosatda muvaffaqiyatsizliklar roʻy berdi. Armiyada gʻalayon boshlandi, keng xalq ommasi unga qoʻshildi. 6-a. oxiri —7-a. boshlarida V. hududining anchagina qismini slavyanlar ishgʻol etdi. 7-a.ning 70-y.larida V.ning shim.gʻarbiy chegarasida qad. bulgʻorlar davlati — BolgariyaBulg'oriston barpo boʻldi. 636—642 y.larda arablar V.dan Suriya, Falastin, Yukrri Mesopotamiya va Misrni, 693— 698 y.larda Shim. Afrikadagi yerlarni tortib oldi. Italiyadagi langobardlar V. hududining anchagina qismini bosib oldi. 8—9-a.larda V. hududiga slavyanlar koʻchib kelishi munosabati bilan ulardagi hukmron jamoa munosabatlari taʼsirida erkin qishloq jamoalari mustahkamlandi. Biroq 10-a.da yirik yer egaligi kuchayib, V. shaharlari 7—9-a.
 
lardagi tanazzuldan soʻng yana qad rostladi, savdo-hunarmandchilik uyushmalari vujudga keldi, davlat ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatladi. 10-a. oʻrtalarida V. arablardan Yuqori Mesopotamiyani, Kichik Osiyo va Suriyaning bir qismini, Krit va KiprQibris o.larini qaytarib oldi. Armaniston va GruziyadaGurjistonda V.ning taʼsiri kuchaydi. V. Gʻarbiy Bolgar podsholigini bosib oldi (1018). 13a. boshlaridan ichki tarqoqpik avj oldi, markaziy hokimiyat inqirozga yuz tutdi, chet ellik istilochilarning xuruji kuchaydi. Salib yurishi qatnashchilari V. hududining bir qismini bosib olib, Lotin imperiyasita asos soldilar. Shu bilan birga V. yerlarida mustaqil yunon davlatlari: Nikey, Trapezund imperiyalari, Epir davlati paydo boʻldi. 1261 y.da Nikey imperatori Mixail VIII Paleolog V. imperiyasini qayta tikladi. Paleologlar sulolasi (1261—1453) qaror topdi. Biroq V. oʻzining qad. qudratini tiklay olmadi. 1453 y.da Konstantinopol usmonli turklar tasarrufiga oʻtgan. 15-a.
 
ning 60-y.lari boshida V. imperiyasi barham topdi, uning hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga kirdi. V. Rim, yunon va ellinizm anʼanalari taʼsirida vujudga kelgan oʻziga xos madaniyat markazi boʻlgan edi. Maorifi. V.da antik davr taʼlimi anʼanalari saqlanib qoldi va 12-a.gacha maorif Yevropaning boshqa joylariga qaraganda yuqori saviyada edi. Boshlangʻich taʼlim (oʻqish va yozishni oʻrgatish) xususiy maktablarda 2—3 yil davomida amalga oshirilgan. 7-a.gacha oʻquv dasturi majusiy dinlar afsonalariga, keyinroq Bibliya kitoblariga asoslangan. Oʻrta maʼlumot grammatika oʻqituvchisi rahbarligida olingan. Dasturga orfografiya (imlo kridalari), grammatika normalari, talaffuz, sheʼr yozish qoidalari, notiqlik sanʼati, shuningdek hujjatlar tuzish uslubiyati kiritilgan. Falsafa ham oʻquv darslari jumlasiga kirgan. Ayrim maktablar dasturida tarix darsi ham boʻlgan. V. da monastir maktablari ham bor edi. 4—6-a.
Qator 68:
da Nikifor Grigora taqvim (kalendar)ni isloh qilishni taklif etdi, quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Bu taklif va bashoratlar astronomiya kuzatuvlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan.
 
V.da geografiyaning boshlanishiga fem(viloyat)lar, shaharlar, yepiskop boshliq maʼmuriy birliklarning rasmiy tavsiflari asos boʻldi. Taxm. 535 y.da Iyerokl 64 fem va 912 shaharning tavsifini oʻz ichiga olgan "Sinekdem" toʻplamini tuzdi. Bu toʻplam keyingi davrlarda yozilgan geografik asarlar uchun zamin boʻldi. 10-a.da Konstantin Bagryaiorodniy V. femlari tavsifini oʻz davri anʼanalari asosida tuzib chiqdi. Shu bois uning asaridagi koʻp maʼlumotlar oʻsha davrdagi mavjud maʼlumotlarga gshd. Savdogarlar, ziyoratchilarning sayohat tavsiflari ham oʻsha geografik adabiyotlar toifasiga mansub. 4-a.da yozilgan muallifi nomaʼlum sayohatnomada Oʻrta dengiz batafsil bayon qilingan, portlar orasidagi masofalar koʻrsatilgan, muayyan joyda ishlab chiqarilgan tovarlar haqida gapirilgan va h.k. Quyidagilarning sayohat tavsiflari saqlangan: savdogar Kosma Indikoplovning (6-a.) "Xristian topografiyasi" asari (bunda umumkosmologik tasavvurlardan tashqari bevosita kuzatuv taassurotlari, Arabiston, Afrika va b. joylardagi turli mamlakatlar va xalqlar haqida aniq maʼlumotlar mavjud), Ioann Fokning (12-a.) Falastinga, Andrey Livadinning (14-a.) Falastin va Misrga, Kanan Laskarisning (14-a. oxiri yoki 15-a. boshi) GermaniyaOlmoniya, Skandinaviya va Islandiyaga sayohatlari tavsiflari. Vizantiyaliklar geografik haritalar tuzishni ham bilganlar.
 
Tibbiyoti. V.da rivojlangan tibbiyot mavjud boʻlgan. 4-a.da pergamlik shifokor Oribasiy tibbiy ensiklopediya yaratgan, shifokor Nikshba jarroxlik boʻyicha darslik yozgan. Konstantinopolda maxsus jarrohlik va ayollar kasalliklari boʻlimlari boʻlgan kasalxonalar tashkil etilgan, ularning huzurida tibbiyot bilim yurtlari ochilgan. Simeon Sif ovqatning xossalari haqida kitob yozgan (11-a.). Nikolay Mireps farmakopeyaga oid qoʻllanma tuzgan (13-a.). Ioann Aktuariy tibbiyotga doir asarlarida oʻzining amaliy mushohadalarini bayon etgan. Falsafasi imperiya qaror topishi va xristianlik tarqalishi tufayli (6—7a.lardan) paydo boʻla boshladi. Uning taraqqiyotida rasmiy cherkov aqidalari 6-n dunyoviy fan, falsafiy fikr vakillarining qarashlari oʻrtasidagi kurashning taʼsiri bor. Yunon cherkovining peshvolari Prokopiy (465—525), vizantiyalik Leontiy (475—543), Ioann Damaskin bu falsafaning oʻtmishdoshlari boʻlganlar. V. falsafasi asosan Platon — Aristotel gʻoyalari hamda asarlarini tushuntirish va tarqatishdan iborat edi; u "Kutubxona" toʻplami (857 y.gacha)ning muallifi Fotiy (820—891)dan boshlanib, Mixail Psell (1018—78) va Nikifor Vlemmid (1272 y. v. e.) ijodida oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Keyin Italiyada Uygʻonish davrida qayta rivojlandi. Bunda V. Vissarion (1403—72), trapezundlik Georgiy (1396—1484) va b.ning xizmati kattadir. V. falsafasidagi irratsional oqim Simeon (1025—92) mistikasi va Nikolay Kavasila (14a.) gʻoyalarida namoyon boʻldi. V. falsafasi oʻrta asr sxolastikasi, Italiya Uygʻonish davri va slavyan mamlakatlari, GruziyaGurjiston, Armanistondagi falsafiy fikrning rivojlanishiga katta taʼsir oʻtkazdi. V.da tarix fani bir muncha rivojlangan. Kesariylik Yevseviy qad. zamonlardan mil. 324 y.gacha boʻlgan dunyo tarixini, jumladan, Shim. Qora dengiz boʻyining tarixini bayon etishga harakat qilib koʻrdi. Kesariylik Prokopiy va Agafiy imperator Yustinian davridagi V. tarixini yoritdilar. 6— 10-a.larda jahon tarixi voqeanavisligi Ioann Malala, Feofan Ispovednik, Feofilakt Simokatta, Georgiy Amartol kabi tarixchilarning asosiy tarixiy janrlari boʻldi. 11—12-a. oʻrtalarida vizantiyalik tarixchilar (Lev Diakon, Nikita Xoniat va b.) oʻzlari shohid boʻlgan voqealarni qalamga olishga intildilar. 13-a.dan V. tarix fani inqirozga yuz tutdi. Huquqshunosligi.V. madaniyatiga xos anʼanaviylik va izchillik V. huquqshunosligida ayniqsa yaqqol koʻzga tashlanadi. Rim huquqini muntazam tartibga solish, fuqarolik huquqi majmualarini tuzish bilan V. huquqshunosligiga asos solindi. Ulardan eng muhimi Corpus juris civilis ("Kanonik huquq majmuasi")dir (6-a.)- V. huquqshunosligi ayni shu majmuaga tayandi, huquqshunoslar vazifasi asosan shu majmuani talqin qilish va qayta bayon etishdan iborat boʻlib qoldi. 6—7a.larda Corpus juris civilis qisman lotin tilidan yunon tiliga tarjima qilindi. Mazkur tarjimalar Vasiliki qurama toʻplamining asosini tashkil etadi, undan koʻpincha hoshiyalardagi izohlari bilan birga qayta-qayta nusxa koʻchirildi. Vasilikilarga ilova tarzida xilmaxil maʼlumotnoma — qoʻllanmalar, shu jumladan "sinopsislar" tuzilgan, ularda maqolalar huquqqa oid ayrim masalalar boʻyicha alifbo tartibida joylashtirilgan. V. huquqshunosligida Rim huquqidan tashqari cherkov soborlarining qaror (qoida)lariga asoslangan cherkov fatvolari huquqi ham oʻrganilgan. Konstantinopolda oliy huquq maktabi tashkil etilgach, 11 -a.da sud qarorlari toʻplami — "Pir" ("Tajriba")da Konstantinopol sudining tajribasi umumlashtirildi. 12-a.da V. huquqshunoslari (Zonara, Aristin, Valsamon) cherkov soborlari qoidalari talqin etilgan bir necha kitob chiqarib, unda cherkov fatvolari huquqi bilan Rim huquqini muvofiqlashtirishga urinishdi. V.da notariat ham tashkil qilingan, 13—14-a.larda ayrim femlarning mahkamalari hujjatlar uchun mahalliy xizmat daftarchalari tuzib chiqqan.
 
Adabiyoti. V. Adabiyoti oʻziga xosligi, yangi shakl va janrlarning boyligi bilan ajralib turadi. Uning tarixi 3 asosiy davrga boʻlinadi. Birinchi davrda (4—6-a.lar) u antik adabiyot anʼanalarini davom ettirdi, ayni vaqtda unga xristian dini mafkurasi taʼsir oʻtkazdi (shoirlar Nonna, 4—5-a.lar, Agafiy, Pavel Silensiariy, 6-a.). Avliyo-anbiyolar qissasi (agiografiya) ni yaratish avj oldi. Ikkinchi davrda (7—9-a.lar) cherkov taʼsirida diniy adabiyot ustunlik qila boshladi (kritli Andrey, Ioann Damaskin, Feodor Studit). Shoirlardan Kassiya, Ioann Grammatik, Ignatiy, patriarx Fotiy dunyoviy asarlar yozishdi. Xalq ijodiyoti rivojlandi. Oxirgi, uchinchi davrda (10—15-a.lar) diniy, dunyoviy, badiiy va ilmiy adabiyotning turli janrlari rivojlandi. Imperator Konstantin VII Bagryanorodniy, Svida, Simeon Metafrasiy va b. shu davrning eng taniqli yozuvchilaridir. Mixail Asell, mitilenlik Xristofor (11-a.), Manuil Olobol, Manuil Fil (13— 14-a.