Biznesni boshqarish: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
"'''Menejment sohasi''' ({{lang-en|Business administration}}) — Biznesni boshqarish, tashkil etish — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisid..." yozuvi orqali yangi sahifa yaratildi |
kTahrir izohi yoʻq |
||
Qator 1:
'''Menejment sohasi''' ({{lang-en|Business administration}}) — Biznesni boshqarish, tashkil etish — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. Menejment sohasining holati i.ch. samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat. Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. M. ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, [[kibernetika]] va b. fanlar bilan aloqadordir. M. dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq
Ayrim [[tadqiqot]]lar Menejment sohasini kishilardan nafli samaralar olish sanʼati, deb hisoblaydilar. Mukammal M.ning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; isteʼmolchiga yaqinlik; unumdorlikni taʼminlashda insonning hal qiluvchi oʻrni; tadbirkorlikni ragʻbatlantiruvchi mustaqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi eʼtibor; hammadan koʻra yaxshiroq tanish boʻlgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda qoʻllash.
Qator 5:
Firmalarning M. tizimi umumiy M., funksional M., moliyaviy M., marketing ishi, xodimlar ishini boshqarish, i.ch. M.i., ilmiy-texnika ishlarini boshqarish va b.ni oʻz ichiga oladi.
=== Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi ===
Menejment nazariyasi va amaliyoti evolyusiyasi turli xil qarashlarda oʻz ifodasini topdi. Mac, 20-a.ning 50—60 y.larida asosiy eʼtibor boshqarishning tashkiliy tuzilishiga qaratilgan boʻlsa, 60—70-y.larda strategik rejalashtirishdan strategik boshqarishga oʻtish davri boʻldi.
|