Hamza Hakimzoda Niyoziy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (Script) File renamed: File:Orig marka Niiazi SSSR 1989.jpgFile:1989 CPA PC 195 Stamp.jpg File renaming criterion #6: Harmonize file names of a set of images (so that only one part of all names...
Tahrir izohi yoʻq
Qator 54:
* Hamza Hakimzoda ijodi problemalari (toʻplam). T., 1990.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
[[File:Xamza Xakimzoda Niyoziyning sharafiga ta'sis etilgan tanga.png|thumb|left|400px|Xamza Xakimzoda Niyoziyning sharafiga ta'sis etilgan tanga]]
'''Hamza Hakimzoda Niyoziy''' (1889.6.3, Qoʻqon — 1929. 18.8, Fargʻona viloyati Shohimardon qishlogʻi) — shoir, yozuvchi, pedagog , teatr arbobi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1926). Solka-shon mahallasidagi eski maktab va madrasada (1896—1906), keyin qisqa muddat Namangan madrasasida (1908) tahsil koʻrgan. 1909 y. da Kogonda mat-baada ishlagan. Soʻngra Toshkentga kelib, usuli jadid maktablarining oʻquv dasturi bilan tanishgan va shunday maktablarni dastlab Qash-qardarvoza mahallasida (1910), keyin Qoʻqon sh.ning Hojibek guzarida (1911) va Margʻilonda (1914) ochgan. H. keyingi hayoti va faoliyati davomida qisqa muddat Qoʻqondagi rus-tuzem maktabida oʻqituvchi, "Shoʻroi islom" tashkilotining ozuqa shoʻʼbasida mirza, "Kengash" va "Hurriyat" jur.larida muharrir (1917), Fargʻona viloyati madaniy-maorif boʻlimida xodim (1918), Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi ixtiyo-ridagi Oʻlka musulmon siyosiy trup-pasida rejissyor (1919), "Dor ushshafaqa" maktabida mudir (1920), Buxoro viloyati maorif va harbiy targʻibottashviqot shoʻʼbasi qoshidagi teatr truppasida rahbar (1921), Xorazm viloyatidagi kasaba soyuzlarining madaniy-maʼrifiy muassa-salarida mudir (1921—24), Fargʻona maorif qoʻmitasi qaramogʻidagi ong-bilim shoʻʼbasida mudir oʻrin-bosari (1924) singari turli lavo-zimlarda xizmat qilgan. 1926 y.dan erkin ijod bilan shugʻullangan. Ammo rahbar idoralarning topshirigʻi bilan 1928 y. avg .dan Shohimardonda targʻibottashviqot ishlari olib borgan va soʻnggi safari chogʻida halok boʻlgan.