Qozogʻiston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Izzy.neon (munozara | hissa)
Almati ruscha shakli. Olmota O'zbekcha shakli
Qator 1:
{{Qozog`iston_info}}
'''Qozogʻiston''' yoki '''Qozogʻiston Respublikasi''' ({{lang-kz|Қазақстан, Қазақстан Республикасы}}) — Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat, viloyatlar audan (tuman)larga boʻlinadi. Poytaxti — [[Astana]] shahri. [[Birlashgan Millatlar Tashkiloti|BMT]] aʼzosi. Qozogʻistonning katta shaharlari [[AlmatiOlmota]], [[Chimkent shahri|Chimkent]], [[Qaragʻandi]] , [[Taraz]], [[Aqtoʻbe]]. Er maydoni boʻyicha (2 mln 724,9 ming km²) jahonda 9-oʻrinda turadi.
Beshta davlat bilan chegaradosh, Shimol tarafida [[Rossiya]] bilan — 6 467 km, janubida — [[Turkmaniston]] — 380 km, [[Oʻzbekiston]] — 2 300 km va [[Qirgʻiziston]] — 980 km, sharqida — [[Xitoy]] bilan — 1 460 km chegaradosh. Umumiy quruqlik chegarasining uzunligi — 13392,6 km<ref name="Yearbook2011">[http://www.stat.kz/publishing/20111/Kazaxstan%20v%20sifrax%20rus.pdf Kazaxstan v sifrax-2011]</ref>. Gʻarbiy tarafida [[Kaspiy dengizi]] va janubida [[Orol dengizi]] suvlari yuvib turadi<ref name="source1">Qazaqstan Respublikasi Prezidentіnің resmi sayti, http://www.akorda.kz/kz/kazakhstan/general_information/general_information_about_the_republic_of_kazakhstan, 2011-yilning 8-iyul kuni tekshirildi</ref>.
 
Qator 113:
|-
! Respublika ahamiyatiga ega shahar
| [[AlmatiOlmota]] ||451 || 1 480 656 ||
|-
! Respublika ahamiyatiga ega shahar
| [[Astana]] ||710 || 785 674 ||
|-
! [[AlmatiOlmota viloyati]]
| [[Taldiqoʻrgʻan]] ||223 911 || 1 955 849 ||
|-
Qator 164:
|}
=== Katta shaharlar ===
[[File:Modern Almaty.jpg|thumb| alt=A.|[[AlmatiOlmota]]]]
[[File:Soyuz TMA-3 launch.jpg|thumb|alt=A.|Boyqoʻngʻir fazo hududi]]
[[File:Aktobe mosque.jpg|230px|right|thumb|[[Aqto'be|Aqto'be shahri]]]]
Qator 177:
|- align=center
| 1
|colspan=2| [[AlmatiOlmota]]
| 1 422 354
|
Qator 288:
 
=== Sanoati ===
Sanoatida yonilgʻi-energetika, qora va rangli [[metallurgiya]], oziq-ovqat, [[mashinasozlik]] va [[metallsozlik]], [[kimyo]] va neft kimyosi, yengil, qurilish materiallari sanoati yetakchi tarmoqlardir. Qora metallurgiya sanoati markazlari [[Temirtov]], [[Aqtoʻbe]], [[Qaragʻandi]], Oqsuv shaharlari. Rangli metallurgiya sanoati mis (Balxash va Jezqazgʻan kon-metallurgiya kombinatlari), qoʻrgʻoshin-rux ([[Oʻstkemen]], [[Chimkent]]), [[alyuminiy]] ([[Pavlodar]]) sanoatini oʻz ichiga oladi; titan-magniy ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (temirpress uskunalari, stanok, ekskavator, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari ishlab chiqarish) korxonalari Qaragʻanda, [[AlmatiOlmota]], [[Ostona]], [[Pavlodar]], Oʻstkemen shaharlarida joylashgan. Kimyo sanoati korxonalari mineral oʻgʻit, [[fosfor]], [[plastmassa]], sintetik kauchuk, kimyoviy tola va boshqalar ishlab chiqaradi ([[Qoratov]], Chimkent, [[Taraz]], [[Atirau]]). Atirau, Pavlodar shahalarida neftni qayta ishlash zavodlari bor. Qurilish materiallari sanoatida sement, ohak, gʻisht, temir-beton konstruksiyalari ishlab chiqarish, yengil sanoatning koʻn-poyabzal, terimoʻyna, jun, trikotaj, ip-gazlama ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlangan. Oziq-ovqat sanoatida goʻsht, yogʻ, qand-shakar va konserva ishlab chiqariladi. Toshkoʻmir ([[Ekibastuz]], Qaragʻanda havzalari), [[neft]] va [[tabiiy gaz]] (Mangʻishloq yarim oroli), temir rudasi (Sokolov-Sarbay koni), polimetall, [[mis]], [[uran]], [[xrom]], [[qoʻrgʻoshin]], [[nikel]] rudalari, [[rux]], [[vismut]], [[kadmiy]], [[molibden]], [[boksit]] qazib olinadi. yiliga oʻrtacha 58,6 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi — I (85,7 % issiqlik elektr st-yalarida). Irtish (Oʻstkemen, Buxtarma), Sirdaryo (Chordara), Ili (Qopchigʻay) daryolarida yirik GESlar bor.
 
=== Qishloq xoʻjaligi ===
Qator 297:
 
== Transporti ==
[[File:Air astana plane taking off.jpg|right|thumb|220px|[[Air Astana]] aviakompaniyasidagi [[Boing 757]] AlmatiOlmota Aeroportida]]
Transportida temir yoʻllar uzunligi 13,5 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 87,4 ming km. [[Kaspiy dengizi|Kaspiy]] va [[Orol dengizi|Orol dengizlari]], [[Balxash]], [[Irtish]], [[Ural]], [[Sirdaryo]] daryolarida kema qatnaydi. Truboprovod transporti rivojlangan. „Air Kazakhstan“ havo yoʻllari kompaniyasi mavjud<ref>[http://www.kaz-news.kz/2011/07/30/v-kazahstane-rezko-uvelichilos-kolichestvo-avtomobiley.html Количество легковых автомобилей в Казахстане]</ref>.
 
Qator 304:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
19-asr 2-yarmigacha Qozogʻiston hududida faqat musulmon maktab va madrasalari boʻlgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy [[maktab]]lar, xususan, [[1850-yil]] Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab ochildi. [[1864-yil]] Toʻrgʻayda qozoq demokrat-maʼrifatparvar pedagogi N.Oltinsarin tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879—89 yillarda Qozogʻistonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, [[1888-yil]] [[Orsk]]da muallimlar maktabi ochildi. [[1929-yil]] [[lotin alifbosi]] asosida qozoq yozuvi yaratildi. [[1940-yil]] rus alifbosi asosidagi yozuvga oʻtildi. [[1992-yil]]dan taʼlim tizimida islohotlar amalga oshirildi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari kabi oʻrta maʼlumot beradigan [[litsey]], [[gimnaziya]], hunar-texnika maktablari, [[kollej]]lar paydo boʻldi. [[2003-yil]] respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari boʻlgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun moʻljallangan 30 maktab ishladi. 312 hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq oʻquvchi oʻqidi. Qozogʻistonda birinchi oliy oʻquv yurti — Qozogʻiston pedagogika instituti 1928-yil [[AlmatiOlmota]] shahrida ochilgan. 2005-yil Qozogʻistonda 43 davlat oliy oʻquv yurti ishladi. Yiriklari: Qozoq milliy universiteti, [[Yevrosiyo milliy universitetiti]], Qozogʻiston milliy agrar universiteti, Qozogʻiston milliy texnika universiteti, Qozogʻiston milliy konservatoriyasi, Qaraganda universiteti, Olmaota texnologiya universiteti va boshqalar Qozogʻistonda ilmiy tadqiqotlar Qozogʻiston Respublikasi milliy fanlar akademiyasi ilmiy tadqiqot institut va muassasalarida, mamlakat oliy oʻquv yurtlari hamda turli vazirlik, muassasalar ixtiyoridagi soha ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Qozogʻistonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozogʻiston Respublikasi milliy kutubxonasi), klub muassasasi, 12 muzey (yiriklari: Qozogʻiston Respublikasi davlat muzeyi, Sanʼat muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay Qunonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Qator 374:
== Kinosi ==
[[Tasvir:Kazakhstan political map 2000.jpg|thumb|Qozogʻiston siyosiy xaritasi ]]
[[1928-yil]] [[AlmatiOlmota]]da „Vostokfilm“ trestining boʻlimi (kinojurnali tayyorlangan, „Turksib“ hujjatli filmi yaratilgan, 1929, rejissor V.Turin), [[1934-yil]] kinoxronika studiyasi tashkil etilgan. [[1938-yil]] „Lenfilm“ kinostudiyasida qozoq aktyorlari ishtirokida „Omongeldi“ badiiy filmi (rejissor M.Levin) yaratildi. [[1941-yil]] oktyabrda AlmatiOlmota badiiy filmlar studiyasi ishga tushdi, u [[1942-yil]] Qozogʻistonga evakuatsiya qilingan „Mosfilm“, „Lenfilm“ studiyalari bilan birga Birlashgan markaziy kinostudiya nomi bilan ishlay boshladi. [[1944-yil]] „Mosfilm“ va „Lenfilm“ [[Moskva]] va [[Leningrad]]ga qaytgach, [[AlmatiOlmota]]da qolgan studiya kinoxronika studiyasi bilan qoʻshildi (1960-yildan „Qozoqfilm“ kinostudiyasi). [[1950-yil]]larda qozoq kinematografchilari turli janrlarda filmlar yaratdilar. Rejissor E.I.Fayk „Qanotli sovgʻa“ (1956), rejissor V.P.Voytetskiy „Sening doʻstlaring“ (1960), rejissor M.S.Begalin „Notinch bahor“ (1959), „Yerga qaytish“ (1959) filmlarini suratga tushirdilar. „Qozoqfilm“ning eng yaxshi filmlari: „Mening ismim Xoʻja“ (1963, rejissor A.Qarsaqbayev), „Aldar koʻsa“ (1964), „Avlodlar yeri“ (1966, ikkalasining rejissor Sh.Aymanov), „Mashuq toʻgʻrisida qoʻshiq“ (1970, rejissor M.Begalin), „Qiz Jibek“ (1972, rejissor S.Xojikov), „Battol“ (1973, qirgʻiz rejissor T.Okeyev), „Alpamis maktabga boradi“ (1976, rejissor A.Qarsaqbayev), „Transsibir tezyurari“ (1978, rejissor E.Oʻrazboyev). Rejissor A.Haydarov multiplikatsion filmlar, rejissorlar O.Abishev. I.Vereshchagin hujjatli filmlar yaratganlar. Qozoq kinosining yetakchi aktyorlari Ye.Umirzaqov, A.Umirzaqova, K.Kojabekov, F.Sharipova, A.Moldabekov va boshqalar [[1958-yil]] Qozogʻiston Kinematografchilari uyushmasi tuzilgan.
 
== Oʻzbekiston — Qozogʻiston munosabatlari ==
Qator 386:
Astana centr.JPG|[[Astana]]
Astana-kazakhstan.JPG|Astana — Ishimning chap qirgʻogʻidagi yangi tuman
Night Almaty city.jpg|Tungi [[AlmatiOlmota]]
Peak of Khan Tengri at sunset.jpg|[[Xontangri]] choʻqqisi
Kazakhstani-women.jpg|Qozoq xalqaro ansambli
buddatemple1.JPG|Tamgʻali-Tasdagi tabiiy chegara, [[AlmatiOlmota viloyati]]
Kazakh quwyrdaq.jpg|[[Qovurdoq]] — anʼaviy qozoq goʻshtli taomlari
runikakaz.JPG|Qoyadagi petrogliflar