Ismoil Somoniy — versiyalar orasidagi farq

k
Qoʻshimcha maʼlumotlar
(+ {{birlashtirish|Ismoil Somoniy}})
k (Qoʻshimcha maʼlumotlar)
 
[[Movarounnahr]] aholisining mustaqillikka erishib, bu diyorda somoniylar davlatining tobora kuchayib borishi shubhasiz sharqiy viloyatlardan muttasil undirib olinadigan katta boyliklardan mahrum boʻlgan Arab xalifaligini, bir tomondan, nihoyatda ranjitsa, ikkinchi tomondan choʻchitar ham edi. Shu boisdan xalifalik safforiylar bilan somoniylarni toʻqnashtirishga va bu ikki davlatni har ikkisini ham zaiflashtirib, bu boy viloyatlarda, maʼlum darajada, oʻz taʼsirini qayta tiklashga harakat qiladi. [[900|900-yilda]] ular oʻrtasida boshlanib ketgan urush Ismoilning gʻalabasi bilan tugaydi. Butun [[Xuroson]] somoniylar qoʻl ostiga oʻtadi. Noilojlikdan xalifa Ismoilning bunday ulkan davlatini tan olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti [[Buxoro]] shahri boʻlgan zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi. Ismoil Somoniy to [[907]]-iy yil hukmdori qilib oʻldi. Bu davlatni somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha idora qiladilar.
== Qoʻshimcha maʼlumotlar ==
* [http://dic.academic.ru/dic.nsf/sie/6962/ИСМАИЛ/ Исмаил Самани]
* [http://slt.uz/history/gosudarstvo_samanidov.html/ Государство Саманидов]
* [http://www.centrasia.ru/person2.php?&st=1015938566/ Самани]
 
{{Buxoro Amirligi}}
{{commons}}
 
{{stub}}