Jazoir: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Izzy.neon (munozara | hissa)
podshoh tojikcha so'z. qirol o'zbekcha so'z.
Qator 32:
Rimliklar hukmronligi vaktida lotin tili, 2-a.dan xristian dini tarqaldi. 5-a.da J. xududini vandamar, 6-a.da vizantiyaliklar egallagan. 7-a.da J. Arab xalifaligi tarkibiga qoʻshib olindi. Barbarlar islom dinini qabul qildi. 8-a.ga kelib, Magʻribda bir necha sultonliklar Arab xalifaligidan ajralib chiqdi. Bulardan eng yirigi xorijiylar imomatlpgp edi. Keyinchalik bu yerda fotimiylar, ziyoriylar, hammodiylar davlati vujudga keldi. 11-a.da ikki yirik arab qabilasi (Banu Hilol va Banu Sulaymon)ning J.ga kirib kelishi arablashtirishni tezlashtirdi. Mamlakatning gʻarbiy qismida Al-Murobitun, keyinchalik Al-Muvahhidun davlati paydo boʻldi.
 
16-a. boshlarida J.ning qirgʻoqboʻyi shaharlarini ispanlar bosib oldi. J. zamindorlari mamlakatni himoya qilishda "dengiz qaroqchilari" deb nom chikargan aka-uka Barbarossaaan yordam surashdi. Lekin Xayruddin Barbarossa (1519—46 y.lar xukmronlik qilgan) harbiy tartib oʻrnatib, oʻzini turk sultonining noibi deb eʼlon qildi. 16-a.ning 2-yarmida J. Usmonli turk saltanatining posholigiqirolligi (viloyati)ga aylantirildi. Yuqori tabaqa vakillari tomonidan saylangan dey (yoʻlboshchi) Bobo Ali turklarga boj toʻlamay, mustaqil boʻlib oldi (1711). Yevropa davlatlari J. mustaqilligini tan olib, u b-n shartnoma tuza boshladilar. Lekin fransuzlar dey armiyasini yengib (1830), mamlakat poytaxti — Jazoirni egalladi. Mamlakat ichkarisida amir Abdulkrdir boshchiligidagi kabilalar fransuzlarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. Lekin bu harakat bostirildi. Fransiya hukumati yevropaliklarga J. yerlaridan foydalanishga ruxsat berdi. Mamlakatda yevropalik ishchilar, xizmatchilar va ziyolilar soni orta boshladi. Ammo mahalliy aholining siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari va yevropaliklar tuzgan tashkilotlarga aʼzo boʻlishi man qilingan edi. 20-a. boshlarida yosh jazoirliklar harakati boshlandi. Bu harakat qatnashchilari jazoirliklarga Fransiya fuqarolarining siyosiy huquqlari berilishini talab qildilar. 1-jaxrn urushi yillarida jazoirliklar Fransiya armiyasiga safarbar qilindi, bu esa mahalliy aholi noroziligini yanada kuchaytirdi. Mustamlakachilar hukumati ozodlik harakati tazyiqi ostida ayrim jazoirliklarga (sarmoyador, mansabdor va yer egalariga) oʻzini oʻzi boshqarish organlariga saylovda ishtirok etishlariga rozilik berdi (1919). 1926 y. Fransiyadagi jazoirlik ishchilarning koʻpchiligi "Shimoliy Afrika yulduzi" nomli milliy inqilobiy tashkilotga birlashdi. Lekin bu tashkilot 1929 y.dan Parijda, 1936 y.dan J.da yashirin ishlashga majbur boʻldi. 1931 y. tuzilgan Ulamolar uyushmasi madaniyat va taʼlimning arab tilida olib borilishini talab qilib chiqdi. Natijada mahalliy aholi birmuncha siyosiy erkinliklarga, siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish huquqiga ega boʻldi. Siyosiy tashkilotlar J.ni tinch yoʻl b-n demokratlashtirish tarafdorlari tashkiloti — Musulmonlar Kongressi (1936 y. tuzilgan)ga birlashdi. Ammo 2-jahon urushi boshlanishi b-n mamlakatda reaksiya kuchayib, bir necha partiyalar faoliyati taqiqlab qoʻyildi. Mamlakatda ishsizlar tobora koʻpaydi. Bu esa mustamlaka tuzumiga karshi norozilikni yanada kuchaytirdi. 1947 y. J.ning togʻli joylarida partizan otryadlari (fidoyilar) paydo boʻldi. 1954 y. martda "Birlikda harakat qilish inqilobiy qoʻmitasi" tuzilib, keyinchalik u Milliy ozodlik fronti (MOF)ga aylantirildi. MOF sekin-asta qurolli qoʻzgʻolonga tayyorlandi. 1954 y. 1 noyabr da qoʻzgʻolon boshlandi. Fransiya hukumati qoʻzgʻolonni bostirish uchun J.dagi armiyasining sonini koʻpaytirdi. J.Milliy ozodlik armiyasi (JMOA, 1954 y. tuzilgan) barcha vatanparvarlar b-n birlashib, mustamlakachilarga qattiq qarshilik koʻrsatdi. 1958 y.da JMOA rahbarlari b-n Marokash va Tunis hukmron partiyalari vakillari ishtirokida Tanjer va Tunis sh.laridagi anjumanda tuzilgan J. Respublikasining Muvaqqat hukumatini Osiyo va Afrikaning koʻpgina davlatlari tan oldi. J.dagi milliy ozodlik kurashini bostira olmagan Fransiya xukumati yon berishga majbur boʻddi. 1962 y. 18 martda Evian sh.da tuzilgan shartnomaga muvofiq urush harakatlari toʻxtatilib, Fransiya J.dan oʻz armiyasini, Sahroi Kabirdan harbiy bazalarini olib ketdi. 1962 y. oʻtkazilgan saylovda J. Xalq Demokratik Respublikasi tuzilganligi eʼlon qilindi. Respublikaning birinchi hukumatini Axmad Bin Bella boshqardi.
 
1963 y. avg . konstitutsiyasiga binoan prezidentlik va yakka partiyalik tizimi joriy qilinib, Ahmad Bin Bella prezident deb eʼlon qilindi. Shundan soʻng teskarichi kuchlar qoʻzgʻolon uyushtirdi va bu qoʻzgʻolon vaqti-vaqti b-n 1965 y.gacha davom etdi.