Tailand: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Izzy.neon (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
Sociologist (munozara | hissa)
OʻzMEda Tailand
Qator 1:
{{Tayland_info}}
 
'''TaylandTailand''' (Thai), TaylandTailand Qirolligi (RatchaRatchaRatcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Jan.Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning markaziy qismi va Malakka ya.o.ning shim. qismida joylashgan davlat. Mayd. 514 ming km2. Axoliyey 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok sh. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Tayland''' (Thai), Tayland Qirolligi (RatchaRatcha Anachak Thai, tailar tilida Pratet-Tai) — Jan.Sharkiy Osiyoda, Hindixitoy ya.o.ning markaziy qismi va Malakka ya.o.ning shim. qismida joylashgan davlat. Mayd. 514 ming km2. Axoliyey 62,4 mln. kishi (2002). Poytaxti — Bangkok sh. Maʼmuriy jihatdan 73 viloyat (changwad)ra boʻlinadi.
 
 
== Davlat tuzumi ==
T. — konstitutsiyali monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1997 y. 27 sent.da qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (1946 y.dan Pumipon Adulyadet). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy Majlisassambleya (2 palatali parlament), ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
 
== Tabiati ==
Qator 13 ⟶ 10:
 
Aholisining 3/4 qismini tay guruqiga mansub xalqlar (siyom yoki kxontay va b.), 1/5 qismini laolar tashkil etadi. Mamlakat jan.da malayyalar, gʻarbi va jan.gʻarbida karenlar, monlar, jan.sharqda kxmerlar yashaydi. Rasmiy til — tay tili. Rasmiy din — buddaviylik. Malayyalar islomga, xitoylar budda va daosizmga eʼtiqod qiladi. Katolik va protestantlar ham bor. Shahar aholisi — 18,3%. Yirik shaharlari, Bangkok, Chiangmay, Chonburi.
 
 
== Tarixi ==
T. hududida odam paleolit davridan yashaydi. Mil. 1—2-a.larda monlarning dastlabki davlati vujudga kelgan. 13-a.da shim.dan kelgan tay qabilalari monlar bilan qoʻshilib ketgan; birinchi yirik tai davlati — Sukotai barpo etilgan (1238). 1350 y.da asos solingan Ayutiya (Siyom) qirolligi uning oʻrnini egallagan. 16 va 18-a. larda Siyom Birma bilan urush olib borgan va biroz vakt unga tobe boʻlib qolgan. Ozodlik kurashiga 16-a.da Naresuan, 18-a.da Taksin boshchilik qilgan. 19-a. oʻrtalarida Siyom Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH bilan teng huquqli boʻlmagan bitimlar tuzgan. 19-a. Oxiri — 20-a. boshlarida yer islohoti va b. islohotlar oʻtkazgan. 1932 y. davlat toʻntarishi natijasida konstitutsiyali monarxiya eʼlon qilingan. 1939 y. mamlakat T. deb yuritila boshladi. 1940 y. T. bilan Yaponiya oʻrtasida doʻstlik va oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzolandi. 1942 y. yanvarda T. AQSH va Buyuk Britaniyaga urush eʼlon qildi. 1943 y.ga kelib mamlakat amalda Yaponiya tomonidan okkupatsiya qilindi. T.da ozodlik kurashi kuchaydi. "Ozod Tay" ommaviy yashirin harakati tashkil topdi. 1945 y. 19 avg .da T. Yaponiyaga karshi urushayotgan koalitsiya davlatlariga sulh taklif etdi. Urushdan keyingi yillarda mamlakatda bir necha marta harbiy toʻntarish boʻlib, notinchlik hukm surdi, hukumatlar almashinib turdi. 1991 y.gi harbiy toʻntarish (1932 y.dan buyen 17toʻntarish)dan soʻng Jamoat tartibini saklash milliy kengashi hokimiyat tepasiga chikdi. T. — 1946 y.dan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 5 dek. — qirol tugʻilgan kun (1927). OʻzR suverenitetini 1991 y. 26 dek.da tan olgan va 1992 y. 6 mayda diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan.
 
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Qator 23 ⟶ 18:
 
T. mehnat kongressi, 1975 y. tuzilgan; Tay kasaba uyushmalari kongressi, 1982 y. tashkil etilgan.
 
 
== Xoʻjaligi ==
T. rivojlangan agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilikning ulushi 12%, sanoatning ulushi 39%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi — 49%.
 
 
== Qishloq xoʻjaligi ==
Mamlakat hududining 38% ishlanadi, shundan 1/5 qismi (2,6 mln. gektar) sugʻoriladi. Asosiy dehqonchilik yerlari Menam vodiysi va Korat platosida joylashgan. Sholi, makkajoʻxori, tapioka, shakarqamish, dukkaklilar, tariq, batat, yer yongʻoq, kanakunjut, choy, kofe, kanop, kokos palmasi, paxta, tamaki, ziravorlar, sitrus mevalar, mango, ananas va b. yetishtiriladi. Kauchuk olinadigan daraxtzorlar bor, pillachilik va sabzavotchilik rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, fil, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va dengizlarda baliq ovlanadi. Oʻrmonlarda qimmatbaho tur daraxtlar (tik, yang , sal, eben, sandal va kizil daraxt) tayyorlanadi.
 
 
== Sanoati ==
Qator 37 ⟶ 29:
 
T.y. uzunligi — 4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. — 62 ming km. Dare va dengiz transporti rivojlangan. Dengiz portlari: Bangkok, Pxuket, Sattaxin. Bangkokda xalkaro aeroport bor. T. guruch, tapioka, kauchuk, qandshakar, qalay va b. metall rudalari, asil toshlar, gazlama eksport qiladi. Chetdan neft va neft mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyoviy moddalar, kora metall va isteʼmol mollari sotib oladi. Yaponiya, AQSH, Singapur, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo qiladi. T. bilan OʻzRning 2002 y.gi tovar aylanmasi 7,1 mln. AQSH dollarini tashkil qildi. Pul birligi — bat.
 
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 45 ⟶ 36:
 
Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. T.da tay, xitoy, ingliz tillarida oʻnlab gaz. va jurnalilar nashr etiladi, muhimlari: "Bangkok post" ("Bangkok pochtasi", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), "Deyli nyus" ("Kundalik yangiliklar", ingliz tilida chiqadigan kundalik gaz., 1964 y.dan), "Neyshn" ("Millat", ingliz tilida chikadigan kundalik gaz., 1971 y.dan), "Siam rat" ("Siyom mamlakati", tay tilida chiqadigan kundalik kechki gaz., 1950 y.dan), "Siamrat uikli revyu" ("Siyom mamlakatining xafta yangiliklari", tay tilida chiqadigan haftalik), "Sinsyan jibao" ("Yangiliklar", xitoy tilida chiqadigan kundalik gaz., 1946 y.dan), "Tai rat" ("Tay davlati", tay tilida chiqadigan kundalik gaz., 1956 y.dan). T. axborot agentligi (TNA) — milliy axborot mahkamasi, 1977 y. tuzilgan. Radioeshittirish 1938 y.dan, telekoʻrsatuv 1955 y.dan boshlangan. T. milliy radioeshittirish xizmati va T. televideniyesi hukumat nazoratida.
 
 
== Adabiyoti ==
Tay ogʻzaki va yozma ijodiyotining dastlabki yodgorliklari 13-a. oxiriga oid. Ular toshlarga yozilgan yilnomalardan iborat. Mustaqil badiiy ijodiyot tarzidagi adabiyot oʻrta asrlarda yuzaga keldi. Bu davr adabiyoti hind adabiyotining taʼsirida rivojlandi. Buddaviylikning ijtimoiy hayotdagi hukmronligi adabiyotda ham oʻz aksini topdi. Hukmdorlarni taʼriflovchi madxiyalar va diniy rivoyatlar asosiy oʻrin oldi. 18-a. oxirida dunyoviy mavzuga burilish boshlandi. Dastlabki nasriy asarlar yaratildi ("Rachatirat", 1785 va "Uch qirollik hukmronligi", 1802). 19-a. oʻrtalarida adabiy asarlar tilini xalqqa yaqinlashtirish va taqdidgoʻylikdan voz kechib, milliy adabiyotni kamol toptirish harakati boshlandi. Sunton Pu ijodi bunga misol boʻladi. 20-a.ning 20—30y.larida realistik yoʻnalish yuzaga keldi, shu ruhdagi hikoya, qissa, romanlar paydo boʻldi. 2jahon urushidan keyin adabiyotda oilaviy turmush mavzui ustunlik qila boshladi. Siburapning "Kelajakka tik boqib" (1955), Sena Sauvapongning "Iblis" (1957) romanlari, Suvat Varadilok va Lao Kxamxomning hikoyalarida oʻtkir ijtimoiy muammolar koʻtarildi. Akat Damkeng , Luang Vichit Vatakan, Malay Chupinit, Makat Tyanrayong , adiba Dokmaysot va b. insonning ahvolruhiyatidagi ziddiyatlarni ifodalovchi asarlar yozishdi.
 
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 55 ⟶ 44:
 
Neolit va jez davrlaridan Kvay daryosi vodiysida dahmalarga qoplangan sopollar, qoyalarga ishlangan rasmlar, milodning dastlabki asrlaridagi Buddaning mahobatli haykallari saklangan. Milliy sanʼat 13-a.dan shakllana boshladi. 14—19-a.larda haykaltaroshlik ravnaq topdi. 19-a. oxiridan Yevropa va Amerika sanʼatining taʼsiri sezildi. 20-a.ning 2yarmida ilgʻor sanʼatkorlar (rassomlardan Fua Xarabitak, Tavi Nandakvan, haykaltarosh Xʼyen Yimsari, grafik Manita Pu Ari) zamonaviy anʼanalarga ergashgan holda milliy sanʼat anʼanalarini ham saqlab qolishga intildilar. Amaliy bezak sanʼatining har xil turlari: lokli rangtasvir, charmdoʻzlik, yogʻoch oʻymakorligi, kandakorlik, badiiy toʻquvchilik rivojlangan.
 
 
== Musiqasi ==
Qator 61 ⟶ 49:
 
Teatri va kiiosi. T.ning mumtoz teatri hindlarning "Ramayana" eposidan boshlangan. 15-a.da taylar bu asarning "Ramakiyan" deb atalgan varianti asosida kon, nang , lakon tomoshalarini yaratdilar. Kon — niqobli pantomima teatri boʻlib, barcha rollarni erkaklar ijro etadi. Niqoblarda qahramonlarning qiyofasi tasvirlangan boʻladi (och koʻk rang — Rama, oq rang — Xonuman va t.k.). Aktyorlar gapirmaydi, matn sahna orqasidan oʻqib turiladi. Tomoshalar orkestr va qoʻshiqchilar joʻrligida olib boriladi. Nang — fonus teatri. Ishtirokchilarning gavdalari buyvol terisidan qora va rangdor qilib yasaladi. Tomosha paytida aktyorlar ishtirokchilarning harakatini qiroat bilan tushuntirib boradilar. Aksariyat hollarda turmushdan olingan sahnalar koʻrsatiladi. Lakon — taylarning mumtoz dramasi boʻlib, undagi matnni aktyorlarning oʻzi gapiradi. Kichik xor esa voqealarni izohlaydi, qahramonlarga taʼrif beradi. Bu teatrda raqs asosiy oʻrinda boʻladi. Lakonning like va nora turlari xoz. zamon tomoshalarida yashab kelmoqda. T.da doimiy teatr yoʻq. Nafis sanʼat departamenta huzurida havaskorlar truppasi tashkil etilgan. T.da har yili 50—70 badiiy film yaratiladi. "Sher naʼrasi" (rej. S. Jaruchino) va "Qurollangan kishi" (rej. Yu. Chatri) filmlari shu jumlaga kiradi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Tailand ''' (Tailand Qirolligi) poytaxti — [[Bangkok]] shahri. [[BMT]] aʼzosi
 
{{stub}}