Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
O'zME dan olingan materialni qoldirib, betaraf bo'lmagan ohangda yozilgan mattni o'chirdim
Tahrir izohi yoʻq
Qator 9:
 
M.ning shaklu shamoillari, siyratu sifatlari, insoniy fazilatlari, boshqa paygʻambarlardan farq etadigan xususiyatlari toʻgʻrisida u bilan birga yurgan, suhbatlaridan bahramand boʻlgan sahobalar hamda nikohida boʻlgan ayollari tomonidan nakl qilingan rivoyatlar asosida koʻplab asarlar bitilgan. Ulardan Abu Iso Termiziyning "Shamoili nabaviya", Muhammad Busiriyning "Qasidai burda", Abu Jaʼfar Barzanjiyning "Mavlidin-Nabiy", Muhammad ibn Solihning "Muhammadiya", Mavlono Muʼinning "Siyari sharif", Akbarobodiyning "Nodirul-meʼroj", Sayyid Mahmud Taroziyning "Shirin kalom", "Nurul kalom", "Nurulbasar" va b. koʻplab mu-alliflarning asarlarini misol qilib keltirish mumkin. Imom Termiziyning "Shamoili Muhammadiyya" kitobi ular ichida qadimiyligi va rivoyatlarining sahixligi bilan ajralib turadi. Unda M.ning jismoniy va axloqiy xususiyatlariga batafsil taʼrif berilgan. Mas, ikki kiftlari oʻrtasida "Muhammadun rasululloh" deya bitilgan muhri nubuvvatlari boʻlgani, sochsoqollarining oqu qorasi nechta boʻlganidan tortib, kiyim-kechaklari, oyoq kiyimlari, taqqan uzuklari, qilichqalqonlari, salla-choponlari, yegan va yoqtirgan taomlari, ovqatdan oldin va keyin oʻqigan duolari, suv ichishlari, xushboʻy narsalarni isteʼmol qilishlari, soʻzlashish odoblari, xulq-odoblari, kulish va hazil-mutoyibalari, musiqa va sheʼriyatga munosabatlari, ibodat va riyozatlari, tilovat va munojotlari, yotish-turishlari, tibbiyotga munosabatlari, kundalik tirikchiliklari, nomu laqablari, umrlarining mikdori, xastalik va va-fotlari, qoldirgan meroslari va b. sifatlari toʻgʻrisida alohida-alohida bob va fasllar orqali bayon etilgan. Jismoniy tuzilishlari toʻgʻrisida jumladan shunday nakl qilinadi: "Ul zotning boʻylari unchalik novcha ham, past qam emas, bosh, qoʻl, oyoq va kiftlari yoʻgʻon, yuzlari qizgʻish, koʻzlari katta, oqi juda oq, qorasi oʻta qora, oʻtkir, sochlari quloqlarining yumshoklaritacha yopib, yelkalariga tegibtegmay turar, boʻyinlari sochlari orasidan tovlanib, goʻyo kumush koʻzdek koʻrinib turar, terlasalar, marjondek terlaridan muattar hid taralar, biror kishiga qayrilib qaramoqchi boʻlsalar boshlarinigina burib qaramay, balki butun gavdalari bilan oʻgirilib qarar edilar. Old tomonlarini qanday koʻrsalar, orqa tomonlarini ham shunday koʻrar edilar. M.ning soyasi yer uzra namoyon boʻlmas edi".
PAYG‘AMBARIMIZNING NASABLARI VA TUG‘ILISHLARI
 
Bilmak kerakkim, ummatman degan har bir odam, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni o‘z ota-onasini tanigandek bilishi lozimdur. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlari arab naslidin, Quraysh qabilasi, Bani Hoshim urug‘idin bo‘lib, nomi shariflari Muhammaddir, sollallohu alayhi vasallam.
Tug‘ilgan joylari Arabistonda Makka shahridur. Otalari Abdulloh, Abdullohning otasi Abdulmuttalib, uning otasi Hoshim, uning otasi Abdumanofdur. Ushbu to‘rt otalarini bilishlik har bir musulmonga lozimdur. 11-otalari Quraysh, 21-otalari Adnondur.
Payg‘ambarimizning yuqorigi otalari Ibrohim Xalilullohdur. Onalarining otlari Ominadur. Payg‘ambarimiz ota-onadin yolg‘iz tug‘ilgan, to‘ng‘ich o‘g‘ildur. Chunki payg‘ambarimiz ona qornida ikki oylik bo‘lgan chog‘larida otalari Abdulloh Shom safariga ketayotib, Madina shahrida vafot topdilar, yoshlari o‘ttizga yetmagan edi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hazrati Iso alayhissalomdin 571 yil keyin tug‘ildilar. U zamonda Eron mamlakatida mashhur No‘shiravon Odil podshoh edi. Odil podshoh zamonida tug‘ildim, degan so‘zlari marviydur. Rabbiul-avval oyining 12-si dushanba kechasi, sahar vaqtida dunyoga keldilar. Ona qornida yotishlari, onadin tug‘ilishlari boshqa bolalardek bo‘lmadi. Chunki onalari Omina og‘ir bo‘y xotunlardek qursoq og‘irligini sezmadi, yuklik xotunlarga bo‘ladurgan badan og‘irchiliklarining hech birini bilmadi.
Ona qornida 6 oylik bo‘lganlarida «Xudoning do‘sti, oxirzamon Payg‘ambariga yuklik bo‘lding, — deb Ominaga tushlarida bashorat bo‘ldi. — Bu muborak o‘g‘il tug‘ilgan so‘ngida oti Muhammad bo‘lsin», deyildi.
Tug‘ilish oy-kunlari tamom bo‘lganda Allohning qudrati bilan hazrati Maryam, Fir’avnning xotuni hazrati Osiyo va boshqa bir necha hur qizlar bilan doyalikka hozir bo‘ldilar. Bola tuqqan xotunlardek odatdagi to‘lg‘oq tortish, qursoq og‘rig‘i, qon kelishiga o‘xshash narsalardin hech biri bo‘lmadi. Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarida poklik, tozalik bilan vujudga keldilar. Shundoqki, sunnat qilingan edilar. Kindiklari kesilgan, badanlari yog‘langan, xush islik narsalar surtilgan holda tug‘ildilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dunyoga kelgan kechasida ul zotning sharaf va hurmatlari uchun Xudoi taolo ko‘p mo’jizalar ko‘rsatdi. Ul zamonda olam hammasi kofiriston edi, o‘tgan payg‘ambarlarning ko‘rsatgan haq dinlaridin odamlar adashgan edilar. Arab mushriklari tarafidin Baytullohga 360 dona but osilgan edi. Arablarning har bir urug‘i o‘zlariga atab, Baytullohga bir donadan but osib qo‘yishni odat qilgan edilar. Mana shu butlar Payg‘ambarimiz tug‘ilgan kechada hammalari yuztuban yiqilib, yerga tushdi. Ertalab kelgan kofirlar bu holni ko‘rib, hayron qoldilar. Va ham ona qornidan yerga tushgan chog‘larida bir nur paydo bo‘ldi, uning yorug‘lig‘idan Shom viloyatidagi Busro degan shaharning saroylari ko‘rindi. Makka shahri bilan buning oralig‘i 50 kunlik yo‘l edi. Hozirgi Eron xalqi u zamonlarda hammalari otashparast kofir edilar. Tutgan dinlari esa majusiylar dini — o‘tparastlik edi. Bularning otashkada, ya’ni ibodatxonalaridagi ming yillab, uzun zamonlardin beri o‘chmay, yonib turg‘on hisobsiz o‘tlari Pay¬g‘ambarimiz ona qornidan tushgan chog‘larida o‘chib qoldi. Yana ul mamlakatda Sova degan bir ko‘l bor edi, shul kechada yerga singib ketib Samova degan cho‘ldan qaynab chiqdi. Ul cho‘l suvga mo‘l bo‘ldi, ko‘lga aylandi. Mana shunga o‘xshash u kechada bir necha turli mo’jizalar paydo bo‘ldikim, agar ularning hammasi bu o‘rinda yozilsa, bir kitob bo‘lur. Endi bu joyda aytganlarimiz daryodan bir cho‘mich, xirmondan bir hovuch misoli bo‘lsa ham qolganlarga ishorat, mo‘minlarga bashoratdur.
Payg‘ambarimiz tug‘ilganlarini anglagach, bobolari Abdulmuttalib hammadin ortiqroq suyundi. Yoshligida o‘lib ketgan bolasi Abdullohdin yodgor qolgan yolg‘iz o‘g‘lim Muhammad, deb ko‘p suyar edi.
== Adabiyot ==
* Hadis (Al-Jomiʼ assahih), 1—4-j.lar (2-nashri), T., 1997; Imom atTermiziy, Shamoili Muhammadiyya, T., 1991; Sogʻuniy A., Tarixi Muhammadiy (1—2-kitob), T., 1997; Hazrati paygʻambar hayoti (2nashri), T., 1997; Hasanov A., Qadimgi Arabiston va ilk islom (1kitob: Joqiliya asri). T., 2001.; Lutfiy Ahmad, Saodat asri qissalari [1-kitob. Intizor kutilgan tong], T., 2003.